Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə63/224
tarix10.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#126670
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   224
ona tili zor maruzalar kerak ishlatiwga kurs oʻtishga

Asos va qо`shimchalar imlosi


33. Qо`shimcha qо`shilishi bilan sо`z oxiridagi unli о`zgaradi:
1) a unlisi bilan tugagan fe’llarga -v, -q, -qi qо`shimchasi qо`shilganda a unlisi o aytiladi va shunday yoziladi: sayla-saylov, sina-sinov, aya-ayovsiz; sо`ra-sо`roq, bо`ya-bо`yoq; о`yna-о`ynoqi, sayra-sayroqi kabi;
2) i unlisi bilan tugagan kо`pchilik fe’llarga -v, -q qо`shimchasi qо`shilganda bu unli u aytiladi va shunday yoziladi: о`qi - о`quvchi, qazi - qazuvchi, sovi - sovuq kabi. Lekin i unlisi bilan tugagan ayrim fe’llarga -q qо`shimchasi qо`shilganda bu unli i aytiladi va shunday yoziladi: og`ri-og`riq, qavi-qaviq kabi.
Eslatma:
1) undosh bilan tugagan barcha fe’llarga -uv qо`shiladi: ol-oluv, yoz-yozuv kabi;
2) undosh bilan tugab, tarkibida u unlisi bor fe’lga -uq qо`shiladi: uz - uzuq, yut - yutuq kabi.
Lekin uyushiq, burushiq, uchuriq (shuningdek, bulduriq) kabi so`zlarning uchinchi bо`g`inida i aytiladi va shunday yoziladi.
34. k, q undoshi bilan tugagan kо`p bо`g`inli sо`zlarga, shuningdek, bek, yо`q kabi ayrim bir bо`g`inli sо`zlarga egalik qо`shimchasi qо`shilganda k undoshi g undoshiga, q undoshi g` undoshiga aylanadi va shunday yoziladi: tilak - tilaging, yurak-yuragim, kubok-kubogi, bek-begi; tayoq-tayog`i, qо`shiq-qо`shig`i, yaxshiroq-yaxshirog`i, yо`q-yо`g`i kabi. Lekin kо`p bо`g`inli o`zlashma sо`zlarga, bir bо`g`inli ko`pchilik sо`zlarga egalik qо`shimchasi qо`shilganda k, q tovushi aslicha aytiladi va yoziladi: ishtirok-ishtiroki, ocherk-ocherki, erk-erki, huquq-huquqim, ravnaq-ravnaqi, yuq-yuqi kabi.
35. Quyidagi qо`shimchalar qо`shilishi bilan sо`zning tarkibida tovush tushadi yoki ortadi:
1) о`rin, qorin, burun, o`g`il, bо`yin, ko`ngil kabi ba’zi sо`zlarga egalik qо`shimchasi qo`shilganda, qayir, ayir kabi fe’llarga nisbat shaklini yasovchi -il qо`shimchasi qо`shilganda, ikki, olti, yetti sо`zlariga -ov, -ala qо`shimchalari qo`shilganda ikkinchi bо`g`indagi unli aytilmaydi va yozilmaydi: o`rin-о`rnim, qorin-qorni, burun-burning, о`gil-о`g`ling, kо`ngil-kо`ngli, yarim-yarmi; qayir-qayril, ulug` - ulg`ay, sariq-sarg`ay, ikki-ikkov, ikki-ikkala, yetti-yettov kabi;
2) u, bu, shu, о`sha olmoshlariga -da, -dan, -day, -dagi, -da, -gach, -cha qо`shimchalari qо`shilganda n tovushi qо`shib aytiladi va shunday yoziladi: unda, bunday, shunda, о`shancha kabi; bu olmoshlarga egalik qо`shimchalari quyidagicha qo`shiladi: buningiz, о`shanisi kabi;
3) o, о`, u, e unlilari bilan tugaydigan sо`zlarga egalik qо`shimchalari quyidagicha qо`shiladi:
a) kо`pchilik sо`zlarga egalik qо`shimchalari -m, -ng, -si; -miz, -ngiz, -si (yoki -lari) shaklida tovush orttirmay qо`shiladi: bobom, bobong, bobosi; bobomiz, bobongiz, bobosi (yoki bobolari); orzum, orzung, orzusi; orzumiz, orzungiz, orzusi kabi;
b) parvo, obrо`; mavqe, mavzu, avzo sо`zlariga I, II shaxs egalik qо`shimchalari qo`shilganda bir y tovushi qо`shib aytiladi va shunday yoziladi: parvoyim, parvoying; parvoyimiz, parvoyingiz; obrо`yim, obrо`ying; obrо`yimiz, obrо`yingiz kabi; III shaxs egalik qо`shimchasi parvo, avzo, obrо` ; mavqe so`zlariga -yi shaklida, xudo, mavzu so`zlariga esa -si shaklida qо`shiladi: avzoyi, mavzusi kabi (dohiy kabi y undoshi bilan tugagan sо`zga ham III shaxsda -si qo`shiladi: dohiysi kabi);
4) men, sen olmoshlariga -ni, -ning, -niki qо`shimchalari qо`shilganda qо`shimchadagi n tovushi aytilmaydi va yozilmaydi: meni, mening, meniki; seni, sening, seniki kabi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin