Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali


Gapning birinchi sо`zi bosh harf bilan boshlanadi: Yer tagidan Muqaddasga bir qarab oldim. Eslatma



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə69/224
tarix10.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#126670
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   224
ona tili zor maruzalar kerak ishlatiwga kurs oʻtishga

73. Gapning birinchi sо`zi bosh harf bilan boshlanadi: Yer tagidan Muqaddasga bir qarab oldim.
Eslatma:
1) kо`chirma gapdan keyin kelgan muallif gapining birinchi sо`zi (agar u atoqli ot bо`lmasa) kichik harf bilan yoziladi: “Bu men”, – qо`rqibgina javob berdi kо`laga (O.Yoqubov);
2) xatboshiga gapning sanaluvchi qismlari chiqarilganda bunday qismlar oldidan chiziq qо`yiladi va ular kichik harf bilan yoziladi:
Ma’muriy huquqbuzarlik tо`g`risidagi ishni kо`rishga tayyorlash vaqtida tegishli organ (mansabdor shaxs) quyidagi masalalarni:
mazkur ishni kо`rib chiqish uning huquq doirasiga kirish-kirmasligini;
ma’muriy huquqbuzarlik tо`g`risidagi protokol va ishga oid boshqa materiallar tо`g`ri tuzilgan-tuzilmaganligini ... hal qiladi;
3) gapning qismlari qavsli raqam yoki qavsli harf qо`yib sanalsa, bunday qismlar ham kichik harf bilan yoziladi:
Hozirgi о`zbek adabiy tilining lug`at boyligi asosan besh manba negizida tarkib topgan:
1) umumturkiy sо`zlar; 2) о`zbekcha sо`zlar; 3) tojik tilidan kirgan sо`zlar; 4) arab tilidan kirgan sо`zlar; 5) rus tilidan kirgan sо`zlar (“О`zbek tili” darsligidan).
74. Tarkibli nomlarning bosh harfidan iborat qisqartmalar, atoqli ot bо`lmagan ba'zi birikmalarning qisqartmalari bosh harf bilan yoziladi: AQSH (Amerika Qо`shma Shtatlari), BMT (Birlashgan Millatlar Tashkiloti), AES (atom elektr stansiyasi) kabi. Qisqartma tarkibida bо`g`inga teng qism bо`lsa, uning birinchi harfigina bosh harf bilan yoziladi: ToshDTU (Toshkent davlat texnika universiteti) kabi.


Kо`chirish qoidalari


75. Kо`p bо`g`inli sо`zning oldingi satrga sig`may qolgan qismi keyingi satrga bо`g`inlab kо`chiriladi: tо`q-son, si-fatli, sifat-li, pax-ta-kor, paxta-kor kabi. Tutuq belgisi oldingi bо`g`inda qoldiriladi: va’-da, ma’-rifat, mash’al, in’-om kabi.
76. Sо`zning bosh yoki oxirgi bо`g`ini bir harfdan iborat bо`lsa, ular quyidagicha kо`chiriladi:
1) sо`z boshidagi bir harfdan iborat bо`g`in yolg`iz о`zi oldingi satrda qoldirilmaydi: a-badiy emas, aba-diy, e-shikdan emas, eshik-dan kabi;
2) sо`z oxiridagi bir harfdan iborat bо`g`in yolg`iz о`zi keyingi satrga kо`chirilmaydi: mudofa-a emas, mudo-faa, matba-a emas, mat-baa kabi.
77. О`zlashma sо`zlarning bо`g`inlari chegarasida kelgan ikki yoki undan ortiq undosh quyidagicha kо`chiriladi:
1) ikki undosh yonma-yon kelsa, ular keyingi satrga birgalikda kо`chiriladi: dia-gramma, mono-grafiya kabi.
2) uch undosh yonma-yon kelsa, birinchi undosh oldingi satrda qoldirilib, qolgan ikki undosh keyingi satrga kо`chiriladi: silin-drik kabi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin