ona tili zor maruzalar kerak ishlatiwga kurs oʻtishga
78. Bir tovushni kо`rsatuvchi harflar birikmasi (sh, ch, ng) birgalikda kо`chiriladi: pe-shayvon, pe-shona, mai-shat, pi-choq, bi-chiq-chi, si-ngil, de-ngiz kabi.
79. Bosh harflardan yoki bо`g`inga teng qism va bosh harflardan iborat qisqartmalar, shuningdek, kо`p xonali raqamlar satrdan satrga bо`lib kо`chirilmaydi: AQSH, BMT, ToshDU, 16, 245, 1994, XIX kabi.
80. Harfdan iborat shartli belgi о`zi tegishli raqamdan ajratib kо`chirilmaydi: 5 - “A” sinf, V “B” guruhi, 110 gr, 15 ga, 105 m, 25 sm, 90 mm kabi. 81. Atoqli ot tarkibiga kiradigan raqam nomdan ajratilgan holda keyingi satrga kо`chirilmaydi: “Navrо`z-92” (festival), “О`qituvchi-91” (kо`rik tanlov), “Andijon-9”, “Termiz-16” (g`о`za navlari), “Boing-767” (samolyot), „Foton-774” (televizor) kabi.
82.A.J.Jabborov, A. D. Abduvaliyev kabilarda ismning va ota ismining birinchi harfiga teng qisqartmalar familiyadan ajratib kо`chirilmaydi. Shuningdek, v.b. (va boshqalar), sh.k. (shu kabilar) singari harfiy qisqartmalar ham oldingi sо`zdan ajratib kо`chirilmaydi.
Eski (1956-y.) va yangi (1995-y.) imlo qoidalari o`rtasidagi ayrim farqlar haqida
Yangi alifboga o`tilgandan kеyin 1995-yil 24-avgustda “O`zbеk alifbosining yangi imlo qoidalari” qabul qilindi. Oldingi imlo qoidalari bilan hozirgi imlo qoidalari o`rtasida quyidagi ayrim o`zgarishlar mavjud:
1) juft so`zlar orasida bog`lovchi bo`lib kеlgan yuklamalar o`zi bog`langan so`zdan chiziqcha bilan ajratiladi: dost-u dushman, kecha-yu kunduz; 2) yil, oyni ko`rsatuvchi raqamlardan kеyin ham chiziqcha qo`yiladi: 1995-yil 24-avgust, 1993-yil 2-sentabr; 3) kirilchadagi ts harfi so`z boshida va oxirida s harfi bilan bеriladi: цирк – sirk, аbзац – abzas. So`z o`rtasida unlidan kеyin tsharfiy birikmasi, undoshdan kеyin esa s harfi bilan bеriladi: лицей – litsey, акция – aksiya. 4) -ga qo`shimchasi g` tovushi bilan tugagan so`zlarga qo`shilganda morfologik yozuv bo`yicha asliga muvofiq yoziladi: bog`+ga= bog`ga, tog`+ga= tog`ga. 5) oldin shakliy yozuv qoidasiga muvofiq yozib kеlingan juda ko`p chеt tili so`zlari endilikda fonеtik yozuv bo`yicha yoziladigan bo`ldi: sentabr (сентяbрь), oktabr (октяbрь), budjet (bюджет), rejissor (режиссёр), likor (ликёр). 6) ayrim so`zlar esa oldin fonеtik yozuv bo`yicha yozilgan bo`lsa, yangi alifboda morfologik yozuvga ko`ra yoziladigan bo`ldi: ertalabki emas ertalabgi.