Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə81/224
tarix10.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#126670
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   224
ona tili zor maruzalar kerak ishlatiwga kurs oʻtishga

Omoformalar va ularning turlari


Omoformalar grеkcha homos – “bir xil”, forma – “shakl” dеgan ma'nolarni ifodalab, faqat ayrim grammatik shakllari bo`yicha teng keladigan leksemalar guruhidir.
Omoformalar har xil turkumlar doirasida mavjud bo`ladigan leksemalardir. Bularni nechta turkumga oid leksemalar ishtirok etishiga ko`ra quyidagi turlarga ajratish mumkin:
1) ikkita turkum doirasidagi omoformalar:
a) ot va sifat turkumi doirasida: issiq (yoz issig`i) - issiq (issiq non);
b) ot va son turkumi doirasida: yigirma (marosim) – yigirma (miqdor);
d) ot va fe’l turkumi doirasida: yoy (kamon) – yoy (yoymoq);
e) ot va ravish turkumi doirasida: burun (a’zo) - burun (avval);
f) olmosh va fe’l turkumi doirasida: siz (2-shaxs, ko`plik) – siz (sizmoq);
h) ot va taqidiy so`z turkumi doirasida: shart (shart qo`ymoq) – shart (shart uzmoq);
i) fe’l va taqlidiy so`z turkumi doirasida: taq (taqmoq) – taq(tovushga nisb.);
k) fe’l va sifat turkumi doirasida: to`la (to`lamoq) – to`la (to`liq);
l) sifat va taqlidiy so`z turkumi doirasida: chars (qo`rs) – chars (tovushga nisb.);
m) ot va modal so`z turkumi doirasida: lozim (kiyim)- lozim (zarur).
n) fe’l va ravish: o`ta-o`ta;
2) uchta turkum doirasidagi omoformalar:
a) ot, sifat va fe’l turkumlari doirasida: bez (yog` bezi) – bez (bezbet) – bez(moq);
b) fe’l, modal so`z va hisob so`zlari doirasida: bor (moq)bor (mavjud) – bor (marta);
d) ot, fe’l va ravish turkumlari doirasida: kech (vaqt) – kech(moq)kech (kelmoq);
e) ot, sifat va ravish turkumlari doirasida: sira (tartib) – sira (ochiq) – sira (aslo);
f) ot, fe’l va son: uch (yuqorisi) – uch(moq)uch(ta);
h) ot, undov so`z va taqlid so`z turkumlari doirasida: chuv (pona) – chuv (chuh) –chuv (qiy-chuv);
i) ot, fe’l va taqlid so`z turkumlari doirasida: qiy (go`ng) – qiy (kes) – qiy (qiy-chuv);
k) ot, son va fe’lturkumlari doirasida: qirq (marosim) – qirq (miqdor) – qirq (kes);
l) sifat, fe’l va ravish turkumlari doirasida: qoq (quruq) – qoq(moq) - qoq (ayni);
3) to`rtta turkum doirasidagi omoformalar:
a) ot, sifat, fe’l va ravish turkumlari doirasida: quv (oqqush) – quv (ayyor) –quv(moq)quv (butunlay);


Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin