Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali


-MA’RUZA GAPNING UYUSHIQ VA AJRATILGAN BO`LAKLARI



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə177/224
tarix10.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#126670
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   224
ona tili zor maruzalar kerak ishlatiwga kurs oʻtishga

31-MA’RUZA
GAPNING UYUSHIQ VA AJRATILGAN BO`LAKLARI.


Reja:

  1. Uyushiq bo`laklar haqida umumiy ma’lumot

  2. Uyushiq qator a’zolarining o`zaro aloqaga kirishuvi

  3. Uyushiq bo`lakli gaplarda umumlashtiruvchi birliklar

  4. Ajratilgan bo`laklar haqida umumiy ma’lumot

  5. Ajratilgan to`ldiruvchilar

  6. Ajratilgan aniqlovchilar

  7. Ajratilgan izohlovchilar

  8. Ajratilgan hollar

  9. Ajratilgan bo`laklarda tinish belgilarining ishlatilishi



Uyushiq bo`laklar haqida umumiy ma’lumot

Gapda bir xil so`roqqa javob bo`lib, bir xil sintaktik vazifasini bajaradigan, o`zaro teng aloqaga kirishgan, bir umumiy bo`lakka bog`lanadigan gap bo`laklari gapning uyushiq bo`laklari deyiladi. Masalan: Odamning eng shirin, lazzatli va halol taomi o`z mehnati, qo`l kuchi bilan topgan rizqidir. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»). Mazkur gapda eng shirin, lazzatli va halol hamda o`z mehnati, qo`l kuchi bilan guruh so`zshakllari uyushib kelgan. Bunda birinchi guruhdagi so`zshakllar bir xil so`roqqa - qanday? degan so`roqqa javob bo`lib, sifatlovchi vazifasini bajargani holda, taomi so`zi orqali ifodalangan umumiy bo`lakka – egaga bog`langan; ikkinchi guruhdagi so`zshakllar ham bir xil so`roqqa - qanday? so`rog`iga javob bo`lib hol vazifasida kelib, topgan umumiy bo`lagiga – sifatlovchiga bog`langan. Har bir guruhdagi so`zshakllar o`zaro teng aloqaga kirishgan.


Bunday teng aloqadagi so`zshakllar soni ikkita va undan ortiq bo`lib, keyingi paytlarda ular tilshunoslikda uyushiq qator, tenglanishli qator deb yuritilmoqda. Tenglanishli qatorda ikkidan tortib o`n, hatto undan ko`p so`zshakl qatnashishi mumkin: Saroytoshning ikki tomonida qad ko`targan dara sohillari, undagi archazorlar, soy bo`yida o`sguvchi yulg`unzoru bizning uyimiz yaqinidagi eski chashma, chashma atrofida ko`karib yotadigan nilufarlar, yana qishloqning tor, egri-bugri ko`chalari, muyulishda do`mpaygan go`ng to`dalari, atrofdan eshitilib turadigan kakliklar sayrog`i, oqshom tushganida uylar ayvonida yonuvchi chiroqlar, chiroqlar tevaragida qur tutib suhbatga berilgan odamlar – bularning hamma-hammasi biz uchun aziz, qadrdon edi. (Sh.Xolmirzayev).
Uyushiq qator quyidagi uyushiq bo`laklar o`rnini egallaydi:

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin