Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə182/224
tarix10.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#126670
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   224
ona tili zor maruzalar kerak ishlatiwga kurs oʻtishga

GAPNING AJRATILGAN BO`LAKLARI
Ajratilgan bo`laklar haqida umumiy ma’lumot
Sodda gap tarkibida ayrim hollarda ajratilgan bo`laklar ham qatnashishi mumkin. Ajratilgan bo`laklar odatda o`zlari aloqador bo`lgan so`zlarning ma’nosini izohlab, bo`rttirib, aniqlashtirib keladi va boshqa bo`laklardan maxsus to`xtam (pauza) bilan ajratilib, mantiqiy urg`u oladi. Masalan: Soyda, qo`sh yong`oqning tagida, oppoq qorga ko`milib uzoq turdi. (O.Y.). Ish qanchalik qiyin bo`lmasin, biz, ayniqsa yoshlar, ishtiyoq bilan, g`ayrat va shijoat bilan ishlardik. (Ch.Aytmatov).
Birinchi gapda qo`sh yong`oqning tagida o`rin holi o`zidan oldin kelgan soyda so`zining ma’nosini, ikkinchi gapda yoshlar o`zidan oldin kelgan biz so`zining ma’nosini izohlab, asosiy gap bo`laklaridan to`xtam (pauza) bilan ajratilgan. Ajratilgan bo`laklarning har ikkisi ham oddiy gap bo`lagi shaklida qo`llangan.
Ajratilgan bo`laklar oborot shaklida ham bo`lishi mumkin. Masalan: Vohid Mirobidov-ku, uning achchiq kinoyalarini kulgiga olib, qulog`ining yonidan o`tkazib yubordi. (O.Yoqubov).
Keltirilgan gapda uning achchiq kinoyalarini kulgiga olib ravishdosh oboroti kesimdan anglashilgan ish-harakatning qanday holatda bajarilganini ta’kidlab, alohida ohang yordamida ajratilgan.
Demak, ajratilgan bo`laklar ikki xil shaklda: 1) oddiy gap bo`lagi shaklida va 2) oborot shaklida bo`lishi mumkin.
Ajratilgan bo`laklar qaysi gap bo`lagiga oid ekanligiga ko`ra quyidagi turlarga bo`linadi:
1. Ajratilgan to`ldiruvchilar.
2. Ajratilgan aniqlovchilar.
3. Ajratilgan izohlovchilar.
4. Ajratilgan hollar.


Ajratilgan to`ldiruvchilar
Ajratilgan to`ldiruvchilar shakllanishiga ko`ra ikki xil bo`ladi:
1. Ko`makchili qurilma oboroti shaklidagi ajratilgan to`ldiruvchilar.
2. Oddiy gap bo`lagi shaklidagi ajratilgan to`ldiruvchilar.
Ko`makchili qurilma oboroti shaklidagi ajratilgan to`ldiruvchilar kesimdan uzoqda kelib, qaraganda, ustiga, singari, bilan, birga va shu kabi ko`makchilar yordamida shakllanadi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin