Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə190/224
tarix10.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#126670
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   224
ona tili zor maruzalar kerak ishlatiwga kurs oʻtishga

Shaxsi noaniq gap. Kesimi, odatda, fe’l bilan ifodalanib, harakatni bajaruvchi shaxsni aniq ko`rsatib turmaydigan bir bosh bo`lakli gap shaxsi noaniq gap deyiladi.
Shaxsi noaniq gapning kesimi uchinchi shaxsga qaratilgan bo`lsa ham, bajaruvchisi noaniq bo`ladi.
Shaxsi noaniq gapning kesimi quyidagicha ifodalanadi.
1. Aniqlik (ijro) maylidagi fe’l bilan:
1) o`tgan zamon fe’l shakllari bilan: Axtargan topar, deb bejiz aytmaganlar. (J.Abdullaxonov). Xuddi shu kunning ertasiga kimdir uni qidirib yurganini aytdilar. (J.Abdullaxonov). Baribir to`y-hashamlarda, gap-gashtaklarda uni goh Aleksandr Sergeevich Pushkin. goh Alisher Navoiy ... deb chaqirishardi. (S.Ahmad).
2) hozirgi zamon fe’li bilan: Yong`oqni suv ombori deyishadi. (J.Abdullaxonov). Mehr ko`zda deb bekor aytmadilar. (F.Musajonov).
3) kelasi zamon fe’li bilan: Ularni yarashtirishga urinishmoqchilar. (P.Qodirov).
2. Buyruq-istak maylidagi fe’l bilan: ... mayli, mehnatimdan qirsinlar. (A.Qahhor).
3. Shart maylidagi fe’l bilan: Bir oydan beri uchovidan birortasini ko`rsatarmikin deb ko`zim to`rt bo`lib qarayman. Hechki ko`rsatishmasa! (P.Qodirov).
Shaxsi umumlashgan gap. Kesimi fe’l bilan ifodalanib, umumga qaratilgan bir bosh bo`lakli gap shaxsi umumlashgan gap deyiladi. Bunday gaplarda hayotiy xulosalar, hayotiy tajribalar, umumiy qoidalar, umumlashgan mulohazalar ifoda qilinadi.
Shaxsi umumlashgan gapning kesimi ko`pincha buyruq-istak maylining ikkinchi shaxs shakli bilan ifodalanadi.
Maqollar ko`pincha shaxsi umumlashgan gap shaklida bo`ladi: Bilmagan ishga urinma, urinib tuzoqqa ilinma. (Maqol). Tulkining tavbasidan qo`rq, mug`ambirning - yig`isidan. (Maqol). Kattani katta bil, kichikni –kichik! (Maqol). Tilingni botir qilma, o`zingni botir qil (Maqol).
Shaxsi umumlashgan gapning kesimi ba’zan buyruq-istak maylining birinchi shaxs ko`plik shakli orqali ham ifodalanishi mumkin. Masalan: Xushmuomalali bo`laylik, bu go`zal sifat baxt-saodatning tuganmas xazinasi ekanini unutmaylik. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»). Qarilikning yuzimizdan ko`ra aqlimizda ajinlar hosil qilishdan ehtiyot bo`laylik. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»).
Shaxsi umumlashgan gapning bosh bo`lagi ot kesim shaklida ham qo`llanishi mumkin. Masalan: Kattaga xizmatda bo`l, kichikka izzatda bo`l. (Maqol). Salobatli bo`lma, sabotli bo`l. (Maqol).

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin