14. Tilning rivojlanib borish belgilaridan biri noto`g` ri ko`rsatilgan javobni toping. A) o`zbek tiliga xos bo`lmagan bo`g`in turlari paydo bo`ldi B) unli tovushlarning yonma-yon kelish holatlari paydo bo`ldi C) so`z o`rtasida ikkita undoshning yonma-yon kelish holatlari paydo bo`ldi D) ayrim o`zbekcha so`zlarning ma’nolarida o`zgarish yuz berib, ular yangi ma’nolar kasb qilish holatlari paydo bo`ldi. 15. Qaysi lahjada jo`nalish kelishigi qo`shimchasi -ashaklida qo`llanadi? A) shahar shevalarida B) o`g`uz C) qipchoq D) qarluq 16. Ko`pincha so`z oxiridagi g` tovushi o`rnida v aytilishi qaysi lahjada so`zlashuvchilar nutqiga xos?
A) qarluq lahjasida so`zlashuvchilarga B) qipchoq lahjasida so`zlashuvchilarga C) o`g`uz lahjasida so`zlashuvchilarga D) shahar shevalarida so`zlashuvchilarga 17. Xalq shevalari nima? A) qo`llanish doirasi ma’lum hudud bilan chegaralangan umumxalq tilining bir qismi B) adabiy tilning og`zaki va yozma shakllari mavjud bo`lib, uning og`zaki shakli xalq shevalari hisoblanadi C) umumxalq tilining me’yorga solingan shakli D) o`zbek millatining hamma uchun umumiy bo`lgan tili 18. Quyidagi tillardan qaysi biri oltoy tillar oilasiga mansub emas? A) yapon tillari tarmog`i B) barchasi oltoy tillari oilasiga mansub. C) turkiy tillar tarmog`i D) eron tillari tarmog`i 19. Olimlarning hisob-kitobiga ko`ra yer yuzida nechta til mavjud? A) 2000 dan ortiq B) 2000 ga yaqin C) 3000 dan ortiq D) 5000 ga yaqin 20. Quyidagi topishmoqning javobini toping. Og`izdan chiqquncha meniki, og`izdan chiqqani elniki. A) gap B) til C) so`z D) ilm 21. Nima sababdan til ijtimoiy hodisa sanaladi? A) chunki til jamiyatga xizmat qiladi B) chunki til insonlarning o`zaro munosabatga kirishuviga xizmat qiladi C) chunki til jamiyatlar o`rtasidagi aloqa uchun xizmat qiladi D) A, B. 22. Nutq nima? A) so`zlar orqali ma’lum fikr bayon qilish nutq hisoblanadi B) so`zlash orqali ma’lum fikr bayon qilish nutq hisoblanadi C) yozish orqali ma’lum fikr bayon qilish nutq hisoblanadi D) B,C.