Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə74/224
tarix10.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#126670
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   224
ona tili zor maruzalar kerak ishlatiwga kurs oʻtishga

1. Atash semalari narsa, belgi, harakat, miqdor kabi tushunchalarni nomlaydigan semalardir. Masalan, ruchka, qalam, bo`r, flomaster kabi leksemalar uchun “yozish va chizish quroli “ semasi atash semasi bo`lib hisoblanadi.
2. Ifoda semalari atashdan tashqari tushunchaga munosabatni ifodalaydigan semalardir. Masalan, lab- leksemasidagi “betaraflik” semasi, dudoq leksemasidagi “kitobiylik” semasi ifoda semalariga misol bo`la oladi.
3. Vazifa semalari leksemalarning gapda qanday vazifa bajarishini, ya’ni qanday leksemalar bilan birika olishini belgilaydigan semalardir. Masalan, Bola kitob o`qidi gapidagi leksemalarni tahlil qilib ko`ramiz. Bola- leksemasi sememasida shu gap ichida “harakatni bajaruvchi” semasi bor, shuning uchun bu leksema ega bo`lib kelgan. Kitob- leksemasida “harakat o`tgan narsa” degan sema mavjud, shuning uchun u to`ldiruvchi bo`lib kelgan. O`qi- leksemasida esa “bajarilgan harakat” degan sema bor, shuning uchun u kesim vazifasida kelgan.


Leksemalarda bir ma’nolilik va ko`p ma’nolilik

Til birligi sifatida tan olingan leksemalarda ham bir ma’nolilik va ko`p ma’nolilik mavjuddir. Boshqacha aytganda, bitta leksema bir sememaga, boshqa leksema esa bir necha sememaga ega bo`lishi mumkin.


Til va nutq birliklarini barcha sathlarda farqlay borish lozim. Shunday ekan, bir ma’nolilik va ko`p ma’nolilik hodisalarini ta’riflashda ham shunday yo`l tutish kerak bo`ladi.
Tilshunos olimlar bu o`rinda lisoniy ma’no va nutqiy ma’nolarni farqlaydilar.54 Lisoniy ma’no deganda til birliklariga xos bo`lgan ma’no nazarda tutiladi. Nutqiy ma’no esa leksemaning nutqiy vaziyatdan kelib chiqqan holda ifodalaydigan ma’nosidir. Masalan, Poyida yig'laydi kumush qor yum-yum (Oybek) gapidagi kumush leksemasi til biligi sifatida “oq-ko`kish rangli yaltiroq, asl metall”55 ma’nosini bildirsa, atoqli adibimiz Oybek bu leksemani “oq rangli” ma’nosida qo`llagan.
Shuni ta’kidlash lozimki, nutqiy ma’no leksemaning ko`chma ma’nosi emas, chunki bu ma’no hali til vakillarining barchasi tomonidan tan olinmagan, umumlashmagan ma’nodir.
Shunday ekan, biz bu o`rinda leksemadagi lisoniy ma’noning bitta yoki bittadan ortiq ekanligi haqida so`z yuritamiz.
Agar leksema bittagina ma’noga ega bo`lsa, bunday leksemalarga bir ma’noli leksemalar deyiladi. Bu hodisa tilshunoslikda monosemiya (yun. mono – bir, sema - belgi) deb ham yuritiladi. Masalan, ko`l leksemasining yagona sememasi quyidagi semalarni qamrab oladi: 1) suvga to`lgan havza; 2) atrofi berk suv havzasi; 3) chuqurlikdan iborat tabiiy suv havzasi; Shu leksemaning gap tarkibidagi hosilasi bo`lgan ko`l so`zida ham shu ma’nolar mavjud: Ko`l juda katta edi.
Ko`pincha lmiy atamalar, atoqli otlar, yangilik bo`yog`i o`chmagan leksemalar bir manoli hisoblanadi.
Agar leksema birdan ortiq ma’noga ega bo`lsa, bunday leksema ko`p ma’noli leksema deb ataladi. Bu hodisa tilshunoslikda polisemiya (yun. poli – ko`p, sema - belgi) deb ham yuritiladi.
Masalan, izohli lug`atda og`ir so`zining jami 17 ta ma’nosi keltirilgan56. Shulardan ba’zilarini quyida keltiramiz:
1) vazni katta bo`lgan, tosh bosadigan, vaznli, vazmin (og`ir yuk);
2) o`zini tuta biladigan, sipo, vazmin, bosiq (og`ir, vazmin yigit);
3) muayyan me’yori buzilgan, talabga javob bermaydigan (og`ir havo);
4) yomon oqibatlarga olib borishi mumkin bo`lgan, jiddiy, xavfli (og`ir dard) va h.


Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin