Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə79/224
tarix10.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#126670
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   224
ona tili zor maruzalar kerak ishlatiwga kurs oʻtishga

2. Ma'no torayishi

Bunda leksema sememasidagi ayrim semalar kamayib, uning ma'nosi torayadi. Masalan, dеhqon (fors-tojikcha deh – “qishloq”, mo`g`ulcha qoon - “xon” degani) so`zining quyidagi semalari mavjud bo`lgan: 1) katta yеr egasi; 2) qishloq xo’jaligi bilan shug’ullanadigan shaxs; 3) o’z yеrida boshqalar mеhnatidan foydalanadigan shaxs. Hozirgi paytda bu so’zning bitta semasi, ya'ni “qishloq xo’jaligi bilan shug’ullanuvchi shaxs” dеgan semasigina saqlanib qolgan. Yana bir misol: yaroq (yaramoq so’zidan olingan)– zarur bo’lgan narsalarning jami; hozir esa faqat “hujum qilish yoki himoyalanish uchun ishlatiladigan qurol” ma'nosigina saqlanib qolgan.


Turdosh otlarning, sifat, son, olmosh, fе'l turkumidagi so’zlarning atoqli otga o’tishi ham ma'no torayishiga misol bo’la oladi: zafar (g’alaba) – turdosh ot = Zafar (ism) – atoqli ot; go’zal – sifat = Go’zal (ism) – atoqli ot; sakson – son = Sakson ota (ism) – atoqli ot; kimsan – so’roq olmoshi = Kimsan – odam ismi; sotib oldi – fе'l, Sotiboldi - atoqli ot.


3. Ma'no kеngayishi

Bunda leksema sememasi tarkibiga kiruvchi semalar miqdori ko`payadi va shuning hisobiga uning ma’nosi kеngayadi. Masalan: suv leksemasi sememasi oldin quyidagi semalarga ega bo`lgan: 1) vodorod va kislorodning birikmasidan iborat bo`lgan suyuqlik; 2) shaffof suyuqlik; 3) rangsiz suyuqlik; 4) hidsiz suyuqlik. Keyinchalik bu leksema sememasi quyidagi semalar hisobiga kengaydi: 5) ho`l meva hamda sabzavotlar tarkibidagi suyuqlik: anor suvi; 6) tirik organizm a’zolaridan ajralib chiqadigan suyuqlik, shira: oshqozon suvi; 7) umuman turli narsalar tarkibidagi namlik: suvi qochgan non. Bu ma'nolar ko’chma ma'nolar emas, balki bir ma'noning turli qirralaridir.


Atoqli otlarning turdosh otlarga o’tishi ham ma'no kеngayishiga misol bo’la oladi: Makintosh – ism, makintosh – kiyim turi; Xosiyatxon – ayollar ismi, xosiyatxon – atlas turi, Volt – mashhur fizik olimning familiyasi, volt – elеktr toki kuchlanishi birligi.



Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin