2. 1. Shoir dostonlarining g‘oyasida xalq og‘zaki ijodining uyg‘uunlashuvi.
Hamid Olimjon xalq og‘zaki ijodini o‘zbek adabiyotining rivojlanishini tezlajtirgan to‘rt qudratli manbadan biri deb hisoblangandi. Bundan u dunyoda folklordan oziqlanmagan adabiyot yo‘q degan qoidadangina kelib chiqmagan edi. Tug‘ri, Hamid Olimjon dunyoga shon-shuhrati keng yoyilgan so‘z san’atkorlarining yurak tomirlari xalq ijodiga borib mustahkam tutashganligini va shu xalq ijodi ularning ijodiy parvozida bir qanot bo‘lib xizmat etganini yaxshi biladi.
Hamid Olimjonning folklorni ulug‘lashi ostida adabiyotni xalqqa yanada yaqinlashtirish, bir so‘z bilan aytganda, uni xalqchil qilish niyati yotadi. Adabiyot xalq xayotiga, uning qalbiga qanchalik chuqur kirib borsa va bularni Qanchalik mukammal, haqqoniy va ta’sirli tasvirlay olsa, u shuncha qudratli bo‘ladi. U xalq ruhini fikr-tuyg‘ulari va istaklarini uning tushunarli, sodda va go’zal tilida ifodalash – ya’ni haqiqiy soddalikni sevadi. Hamid Olimjon hayotda ham sun’iylikni yoqtirmagan, o‘zini nihoyatda samimiy, tabiiy va oddiy tutgan. U soxta, bo‘yama go‘zallikning dushmani, azaliy tabiiy go‘zallikning oshig‘i bo‘lgan: shoir insonni tabiatning bir bo‘lagi, uning farzandi degan tushunchadan kelib chiqib, o‘zini «bu tabiatda bir chevar shoir» («Neva xotiralari») deb ataydi. Uning «Javob berib ko‘r-chi, nomard tabiat, bunchalik go‘zalni nechun yaratding» misralarining («Ofeliyaning o‘limi») ostida ham shu ma’no bor. Hamid Olimjon “Kuychining hayoli” she’rida esa ona yurtimizdagi go‘zal hayotni «juvon hayot» deb ta’riflaydi. Yoki uning O‘zbekistonni «chiroylidir go‘yo yosh kelin» («O‘zbekiston») deb ulug‘lashidan va «Oqar edi dara, soylarning qizligini saqlagan yori» («Mizimta daryosi») misrasida yotgan fikrlardan shoirning azaliy va tabiiy go‘zallikni, musaffolik va tiniqlikni naqadar qadrlashini anglash mumkin. Haqiqiy san’atni shunda deb bildi. Ushbu misralarga diqqat qiling. Shoir Chimyonni tasvirlar ekan, shunday yozadi:
Qoyalarda asrlik doston, Daralarda- oppoq, mangu qop, Cho‘qqilarda otash saraton, Yon bag‘irlar binafsha bahor. Hamid Olimjonning she’rlarida xalq ijodining ta’siri kuchli bo‘lsa-da, ular shoirning shaxsiyatini, uning «Men»ini— hamidona ovoziny ko‘mib ketmagan. Aksincha, halk, ijodi uning halq hayotini va ruhini o‘rganishida, dunyoqarashining shakllanishida, estetik prinsipining vujudga kelishida, sodda uslubining voyaga yetishida yaqindan yordam berdi. Folklordan o‘rganish Hamid Olimjon uchun ham, uning o‘z so‘zlari bilan aytganda «ayrim bir tasodifiy hodisa emas, balki bir muayyan yo‘l, ish prinsipi edi».
Ma’lumki, Hamid Olimjon to‘rt yoshga kirganda otasidan judo bo‘ladi. Komila opa kun kechirish nihoyatda mushkul bo‘lib turgan bir paytda otadan ay-rilgan o‘g‘lini ovutish maqsadida yaxshi,baxtiyor hayot, ozod va adolatli tuzum to‘g‘risida hikoya qiluvchi ertaklar, afsonalarni aytib berardi. Baxt izlagan baxodirlar jasorati va ularning o‘z orzusi yo‘lidagi intilishiga ko‘maklashgan semurg‘larning olijanobligi uni qoyil qoldirar, xayolan uni uzoq-uzoqlarga yetaklab ketar edi. Ehtimol, unda ijod tuyg‘usini uygotgan kuch ham shu ertaklardir. Zotan, uning o‘zi shu «bolalik kunlarida eshitgan ko‘p ertaklari fikrini tortganini, havasini orttirganini» so‘zlaydi. «Oygul bilan Baxtiyor» dostonida, «Abdulhamid yoshligidan boshlab cho‘pchaklarni, ertaklarni tinglagani tinglagan, o‘zi ham nimalarnidir to‘qigani to‘qigan edi, - deb eslaydi Komila opa. - Uning qistovi bilan men kechalari ertak aytganim aytgan edi. U men aytgan ertaklarga miriqmay uxlay olmasdi. Xalqning g‘aroyib ertaklariga u juda qoyil qolar, unga alohida manzur bo‘lgan ertak-larning gashti bilan necha kunlar xayolda yurar edi»