2. 2. Hamid Olimjon ijodida xalq ertaklarining o‘rni Iste’dodli ijodkorlar folklor namunalarini saqlab qolish va keng ommalashtirish bilan birga uni yanada rivojlantiradilar, ba’zan shu asosida o‘z ijod mahsullarini ham yaratadilar. Shu ma’noda Hamid Olimjon ham o‘zbek xalq og‘zaki ijodini chuqur o‘rgangan ana shunday buyuk iste’dod sifatida tan olinadi. Uning bunday darajaga ko‘tarilishida xalq og‘zaki ijodini mukammal bilgan va undagi g‘oyalarni, qarashlarni o‘z farzandi qalbiga singdira olgan onasi ayaning xizmati katta bo‘lgan. Shoir bu haqida o‘zining "Oygul bilan Baxtiyor" ertak dostonida shunday deydi:
Buvimning har qissasi Xar bir qilgan hissasi Mehrimni tortar edi, Xavasim ortar edi.... Qolaversa, shu ertak dostonini muqaddimasidagi kompozitsion xususiyat xalq ertaklari kompozitsiyasiga yaqin. Hamid Olimjon ertaklari ham maxsus boshlanmalar bilan boshlangan va unda xalqona ohang sezilib turadi.
Shoir "Semurg‘ yoki Parizod va Bunyod" adabiy ertagini "Malikai Xusniobod" ertagi asosida yaratgan bo‘lib, ertakda tasvirlangan voqea hodisalar badiiy tasvir vositalari, qiziqarli syujeti bilan o‘quvchilar e’tiborini o‘ziga jalb etadi. Ushbu adabiy ertakning xalq ogzaki ijodi namunalari ta’sirida yaratilganligi voqealar rivojidagi yorug‘lik va zulmat, yaxshilik va yomonlik, ezgulik va qaboxat o‘rtasidagi kurash, insoning yashash va xayot kechirish tarzi motivlaridan ko‘rinib turadi. Undagi yoshiga yetgan qizni turmushga uzatish mas’uliyati insonning yashash va hayot kechirish tarzini ifodalaydi:
O‘z qizidan pushaymon Bo‘lib shuning uchun xon Kecha-kunduz o‘ylaydi, Yoz bilan kuz o‘ylaydi: "El rasmini qilmagan, Sevgi nima bilmagan, Qari qizni netayin? Chiqib kayga ketayin?" Ushbu ertakdagi afsonaviy mifologik obrazlar baxt va saodat ezgulik timsoli bo‘lgan Semurg‘ "Odamlarga baxt bermoq, baxtlilarga gul termoq"ni niyat qilgan Bunyodga yovuz devni yengishda yaqindan yordam beradi.
Shoir ushbu she’riy ertakdagi voqealar tizimini sehrli ertaklardagidek tasvirlab, ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi kurashni asarning kulminatsiyasiga olib chiqadi. Bunda yovuz dev bilan Bunyodning jangi tasvirlanadi. Barcha ertaklar singari bu yerda ham ezgulik yovuzlik ustidan g‘alaba qozonadi.
Ertaklarda ayrim malikalar erka, tantiq, kiborli qilib tasvirlanadi. Ulardagi bu xarakter xususiyat oddiy xalq vakillari bilan malikalar o‘rtasidagi konfliktni yuzaga keltiradi. Parizod ham garchi barcha shartlarini bajarsada, Bunyodga qarata:
“Qancha botir bo‘lsang ham, Zo‘r bahodir bo‘lsang ham, To‘shaging xas deb bildim, Aslingni past deb bildim" degan so‘zlar bilan o‘zining asl qiyofasini ochib beradi. She’riy ertakda xalq donishmandligining namunasi bo‘lgan maqoldan ham keng foydalanilgan:
Sher izidan qaytmaydi Er so‘zidan qaytmaydi U bu zavqli tunlarni bir umr yodda saqlab qoldi va o‘zi yozgan “Oygul bilan Baxtiyor” dostonida bu sehrli tunlarni shunday esga oladi:
Bolalik kunlarimda, Uyqusiz tunlarimda Ko‘p ertak eshitgandim, So‘zlab berardi buvim... Garchi shoir "Oygul bilan Baxtiyor" ertagida onasidan eshitganini aytsa-da, ushbu ertak-dostonning chuqur mazmun-mohiyati, go‘zal satrlari uni badiiy qayta ishlagan shoir mahoratining mevasidir.
Esimda o‘sha damlar, O‘zi uchar gilamlar. Tohir-Zuhra, Yoriltosh, Oyni uyaltirgan qosh. Ozodlikka, hur va erkin yashashga bo‘lgan intilish ushbu xalqning ruhini hech qachon tark etgan emas.
Ertakda Jambildagi ko‘zg‘olonga keksa qul Darhon va uning mardona qizi Oygul boshchilik qilishadi va kuchlar teng bo‘lmagani tufayli qo‘zg‘olonchilar mag‘lubiyatga uchrab, Darxon qizining ko‘z o‘ngida zolim xon tomonidan qatl etiladi.