Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar fakulteti



Yüklə 204,5 Kb.
səhifə7/20
tarix05.02.2023
ölçüsü204,5 Kb.
#123028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Hamid Olimjon adabiyotshunoslikdagi tanqidi

Faqat azob bordir qismatda, nahot?
Nahotki, sevgiga shudir tamanno?
Nahot go‘zal uchun faqat, faqat dod!
She’rning uchinchi bo‘limida shoir bugundan uzoqlashib, o‘tmishga chekinganday bo‘ladi. Shuning uchun ham dastlabki ikki bandda tasvir maromi bir qadar sokinlik kasb etadi. Lekin xayotning adolatsizligi, hech nimaga hech qanday da’vosi bo‘lmagan sevgining poymol kilinishi shoir tuyg‘ularini yana junbushga keltiradi. SHe’rda chorasizlikdan qiynalib ketgan kishi tuyg‘ulari shunday ifodalanadi:
Faqat netmak kerak, bordir na chora?
Sevguchi yurakni qurshasa balo?
Butun olam ko‘zga esa qorong‘u,


Balolarga Hamlet esa mubtalo? Chindan ham, dunyoning ishlarini tushunib bo‘lmaydi. Olijanob shahzodaning qalbiga shunchalar katta muhabbatni joylagach, uni adoqsiz tashvishlar girdobiga solishning, suyganidan ajratishning nima keragi bor? Lekin odam faqat sevgi bilangina yashay olmas ekan-da! Dunyo biz o‘ylagan va xohlagandan ko‘ra murakkabroq, hayot esa chigalrok, bo‘lsa na iloj? Qabih kimsalarning yovuzliklari tufayli «sevguvchi yurak» balolarga giriftor etilgach, bunday insonning muhabbatdanda kungli sovishi mumkin ekanda.
She’rning keyingi bandi ruhiga ko’ra «Hamlet» tragediyasi darajasiga ko‘tariladi. Unda inson taqdiridagi adoqsiz chigallik, odamga xos aldov, shubha, yo‘lsizlik butun ko‘lami bilan ifodalangan. She’rxon bug‘ilib ketganday, ilojsiz holatga tushganday buladi. She’rda ezgulikka tayanilmagan joyda baxt bo‘lmasligi o‘ta ta’sirchan ifoda etilgan:
Shubha otashida yonar tafakkur,
Dunyo bir g‘amxona, «Doniyo — zindon».
Yo‘qdir yuraklarni yoritgali nur,
Zanjirdadir sevgi, qafasdadir jon.
She’rning keyingi misralarida g‘amgin ruh, umidsizlik hissiyoti yanada kuchayadi. «Hamlet» asari bilan tanish odam biladiki, Ofeliyaning o‘limiga qirolning arvohi bevosita sababchi emas. Lekin she’rda arvoh kuchli yozg‘iriq, cheksiz alam bilan tilga olinadi. Nahotki, shoir otaning begunoh, arvohini ayblayotgan bo‘lsa? Ehtimol, bu to‘rtlikni o‘zgacha izohlash mumkindir?
Hosil bo‘lmas murod, hech narsa nasib,
Qancha yig‘lasangu qancha cheksang oh;
Sevguvchi yigitni solmishdir yo‘lga


Tunda ertak aytgan bir mudhish arvoh. Aslida bu sevgini barbod etgan arvohmi yoki tirik qirolni arvohga aylantirgan yomonlik va yomonlarmi? Bo‘lmasa, shoir nega qirolning arvohini «mudhish» deya atayotir? Sinchiklab qaralsa, she’rda shoir halok bo‘lgan qiz nuqtai nazarini ifoda etgani, shunday go‘zal hilqatning yo‘q qilinganiga achinish tuyg‘usi ulkan bo‘lgani uchun asl haqiqatni payqashni istamagani anglashiladi.
She’rdagi fojiali ruh bandma-band yuksakka o‘rlaydi. Shoir she’rxonni butun asar davomida iztiroblar og‘ushida ushlab turadi va yakunda yana bir marta insoniy azoblarni kuchli darajada tatib ko‘rishga majbur etadi. Shuning uchun she’rning tugallanishi yanada fojiona ohang kasb etadi
Sevgi ko‘klarida uchuvchi lochin
Arshidan yiqildi va ko‘hna dunyo –
Butun armonlarni kul kilgan otash

O‘zi bo‘lib qoldi sevgiga gado. So‘nggi to‘rtlikda sevgi ko‘klarida uchuvchi lochinni halok etib, o‘zi yetim kolgan bu keksa va adolatsiz dunyo o‘z qilmishlarining natijasi o‘laroq oxir-oqibatda «sevgiga gado» bo‘lib qolganligi o‘ta ta’sirli ifoda etilgan. Chunki adolat bo‘lmagan makonda sevgiga ham o‘rin yo‘qdir.


Olam hodisalari faqat sinfiy-partiyaviy nuqtai nazardan ifodalanishi lozim deb qaralgan 30-yillarda Ofeliya fojiasini sof insoniy tuyg‘ular nuqtai nazaridan tasvirlash, boy berilgan sevgi haqida bu qadar g‘amgin, umidsizlikka to‘la she’r yozish H.Olimjonning katta iste’dodi va ijodiy jasoratidan dalolatdnr.
«O‘rik gullaganda» she’rida yorug‘ nur qanchalik ko‘p bo‘lsa, “Ofeliyaning o‘limi”da zulmatga cho‘mgan ruhiyat tasviri shunchalik ustuvor. Oshiq ham, ma’shuqa ham pok, ularning niyatlariga g‘araz, amallariga yovuzlik aralashmagan. Lekin hayot nopok va shafqatsiz, odamlararo munosabatlarda yovuzlik hukmron. Shu sabab sevgi toptaladi, go‘zallik o‘lim topadi. She’rning lirik qahramoni aqlga sig‘mas adolatsizlik oqibatlarini ko‘rib, sarosimaga tushgan kishi holatida qoladi. «O‘rik gullaganda»ni o‘qigan o‘quvchi baxtdan entiksa, bu yerda baxtsizlikdan nafasi qaytadi. Ko‘rinadiki, H.Olimjon faqat shodlikni kuylamagan, balki bir umr baxtga intiltgan insonning bosib o‘tayotgan yo‘lidagi qorong‘i va yorug‘ bekatlarni haqqoniy aks ettirgan ekan.
Shoir lirikasi qiyofasini tayin etishda uning to‘rt baytdan iborat ixchamgina, lekin g‘oyat mashhur g‘azali «Kuygay» ham aloxida o‘rin tutadi.
G‘azal janridagi bu she’r, aslida, to‘rt parda, olti ko‘rinishli «Muqanna» musiqali dramasidagi Muqanna va Guloyin timsollari uchun duet shaklida yozgan. Taniqli xonandalar tomonidan yakkaxon qo‘shiq qilib kuylangan badiiy jihatdan g‘oyat yuksak bu she’rga g‘azal tarzida yondashish maqsadga muvofiqdir. Musiqali drama librettosida she’r quyidagi kurinishda berilgan:
Guloyin

Yüklə 204,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin