Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar fakulteti


Hamid Olimjon g‘oyaviy konsepsiyasi va badiiy



Yüklə 204,5 Kb.
səhifə9/20
tarix05.02.2023
ölçüsü204,5 Kb.
#123028
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Hamid Olimjon adabiyotshunoslikdagi tanqidi

1.2. Hamid Olimjon g‘oyaviy konsepsiyasi va badiiy
tasvir vositalaridan foydalanish mahorati
Hamid Olimjon o‘zbek adabiyotida o‘ziga xos ovoz va uslubga ega bo‘lgan shoirlar sirasiga kiradi. U o‘z she’rlarida fikr, his-tuyg‘u, qalb holatini boricha tasvirlashga urinadi.
Hamid Olimjon ijodiy yo‘lining ikkinchi bosqichini urush yillaridagi asarlari tashkil qiladi. Ona Vatanni ardoqlash hamma davrlar adabiyoti uchun mushtarak hodisa bo‘lib, shoir Vatan timsolini yor bilan birga qo‘yadi. Uning ijodida yor, Vatan va jangchi timsollari mushtarak tushuncha sifatida talqin qilinadi. Xususan, uning urush mavzusidagi "Yaqinlik", "Sen tug‘ilgan kun", "Nihol" kabi she’rlari Vatan, yor va jangchi timsoli mushtarakligi asosida yaratilgan. Shoir muhabbat mavzusini yoritganda tabiat lavhalarini jonlantiradi, lirik qahramon tuyg‘ularini baxt-saodat yog‘dulari va ishonch ruhi bilan nurafshon etadi. Hamid Olimjonning "Yaqinlik", "Sen tug‘ilgan kun", "Nihol" kabi she’rlarida tabiat manzaralarini yorqin chizishda va inson ruxiyati bilan bog‘lashda shoir badiiy mahoratining yuksak cho‘qqilariga ko‘tarilganligini ko‘rishimiz mumkin. Hamid Olmjonning urush yillaridagi ishonch va umid ruhi barcha asarlari singari mazkur uch she’rining ham qon tomiriga singdirib yuborilgan. Uning harbiy lirikasiga mansub mazkur she’rlarida ("Yaqinlik", "Sen tug‘ilgan kun", "Nihol") publitsistik jo‘shqinlik tuyg‘ular harorati bilan tutashib ketgan va bu omil urush davri haqiqatining badiiy ifodalanishiga imkoniyat yaratgan. "Yaqinlik", "Sen tug‘ilgan kun", "Nihol" she’rlari yaratilish davri, uslubi va g‘oyasiga ko‘ra bir xil bo‘lib, unda shoir urush davri voqealarini, unga safarbarlik ruhini badiiy aks ettiradi.
Xususan, "Yaqinlik" she’rida shoir jang maydonlari tasvirini muhabbat tuyg‘ulari va ishqiy kechinmalar tasviri orqali beradi.
Shoir nazdida yor, Vatan, jangchi mushtarak timsollardir. Shoir she’rda yor tasvirini mahorat bilan chizadi:


Yigit urushga ketdi,
Orqasida yor qoldi,
Yuragi o‘t ichida
Ko‘zlari xumor qoldi.
Yorning ruhiy holati, iztirob va kechinmalari "yuragi o‘t ichida", "ko‘zlari xumor", "yor bag‘ri loladek qon" kabi tashbeh va mubolag‘a singari badiiy tasvir vositalari orqali ta’sirchan yoritiladi. Shoir she’rda maktub detali orqali yorning vafodorligi samimiy muhabbati izhorini mahorat bilan beradi. Shoir jangchi yigit va yor muhabbatini Vatan ximoyasidek muqaddas burchni ado etishga xizmat qildiradi. Yigit Vatan himoyasini or va nomus bo‘lgan yor himoyasi bilan bir narsa sifatida idrok etadi.
Urush – jangchi yigit va qizning sabru toqati, matolnati, qiyinchiligu alam-iztiroblari evaziga bartaraf qilinuvchi yovuz kuch. Uni esa yigit va qizlarning g‘alabaga bo‘lgan ishonch va umid ruhigina yenga oladi. Bu ruh Hamid Olimjonning "Nihol" she’rining ham qon tomiriga singib ketgan deyish mumkin. Shoir "Nihol" she’rida tabiat manzaralarini so‘z yordamida xuddi rassom mo‘yqalamidek gavdalantiradi va inson qalbi holatlarini yuzaga chiqarishga xizmat qildiradi. Shoir mazkur she’rida nihol timsoli tasviri orqali g‘alabaga ishonch, kelajakdagi orzular ruyobiga umid tuyg‘ularini ifodalaydi. She’rning lirik qahramoni jangga ketgan yorini kutayotgan vafodor ayol. Shoir vafodor yor kechinmalari zamirida jangchi yigit matonati, jasoratini tasvirlaydi.
Sen o‘tkazib ketgan nihol,
O‘sib bo‘yingday bo‘ldi
Novdalari barg chiqardi.
Boshi gulga ko‘mildi.
Shoir nihol tasviri orqali qiz tuyg‘ulari, kechinmalarini mahorat bilan ifodalaydi. Jangchi ekib ketgan nihol juda aziz. Nihol – kelajakka ishonch. U, albatta, o‘z mevasini beradi. Shoir nihol tasvirini jonlantirish tasvir vositasi orkali mahorat bilan chizadi.
Qachon seni ko‘rgim kelsa,
Tikilaman o‘shanga.
Ko‘p narsalar aytgan kabi,
Qarab turadi manga.
Qiz uchun nihol uning qalb kechinmalarini his etuvchi dardkash:

Yüklə 204,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin