O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
Maktabgacha ta’lim fakulteti 51118000 - “Maktabgacha ta’lim yo’nalishi” 3- kurs 302- guruh talabasi Nishonova Diyora Iskandar qizi
Mavzu: “Ilk qadam davlat o'quv dasturi asosida maktabgacha ta'lim yoshdagi bolalar shaxsini barkamol qilib tarbiyalashda milliy urf odatlardan foydalanish” KURS ISHI Ilmiy rahbar: _________p.f.f.d Dotsent v.b D.A.Choriyeva
Taqrizchi: _____________
Toshkent-2022 Mundarija:
KIRISH…………………………………………………………………………….3-4
I BOB. Ilk qadam davlat o'quv dasturi asosida maktabgacha ta'lim yoshdagi bolalar shaxsini barkamol qilib tarbiyalash 1.1 Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda rivojlantiruvchi muhitning ahamiyati………………………………………………5-10
1.2 Ilk bolalik davrida bolalar shaxsining rivojlanishi…………………………….11-15
II BOB. Ilk qadam davlat o'quv dasturi asosida maktabgacha ta'lim yoshdagi bolalar shaxsini barkamol qilib tarbiyalashda milliy urf odatlardan foydalanish 2.1 “Ilk qadam” davlat o’quv dasturi……………………………………………….16-19
2.2 Maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilarida milliy urf odatlarni tarkib toptirish shakllari........................................................................................................20-26
Xulosa………………………………………………………………….…………..27-28
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………………29
Kirish Mavzuning dolzarbligi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “Zamonaviy maktabgacha ta’lim sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishda muhim o‘rin tutadi” deya ta’kidlaydi.
Respublika Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori hamda, 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi nizomi maktabgacha ta’limga bolalarni sifatli tayyorlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida moddiy texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish va shu orqali maktabgacha ta’limga bola qamrovini oshirish va sohaga ilg‘or xorij tajribalarini tadbiq qilish imkononi beradi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayoni ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari va “Ilk qadam” davlat dasturi asosida rejalashtiriladi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotining davlat o'quv dasturi (quyida: «MTM davlat o'quv dasturi») O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlantirish borasidagi Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan me'yoriy-huquqiy hujjat bo'lib, unda maktabgacha ta'lim muassasasining maqsad va vazifalari, o'quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g'oyalari ifodalangan, shuningdek, bolaning ta'limning keyingi bosqichiga o'tishidagi asosiy kompetentsiyalari belgilangan.
Davlat o'quv dasturi O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta'lim
muassasalarida qo'llash uchun majburiy:
• davlat maktabgacha ta'lim muassasalari;
• maktabgacha ta'lim sohasida xizmat ko'rsatuvchi nodavlat muassasalari;
• maktabgacha guruhlarga ega bo'lgan «Mehribonlik» bolalar uylari;
• maktabgacha va boshlang'ich ta'limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlari.
Davlat o'quv dasturi variativ o'quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch hujjat hisoblanadi.
Ta'lim muassasalari Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan variativ o'quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega.
Ta'lim muassasasi Davlat o'quv dasturi asosida o'zining MTM ishchi o'quv dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta'lim muassasasining ishchi o'quv dasturi muassasa pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladi va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadi