8
metodlari, manbalar, dastlabki ma’lumot qisqacha tavsiflanadi. Kirish
qismining so‘nggi varianti ishning boshqa qismlari tayyor bo‘lganidan
keyin
yoziladi.
4. Bitiruv malakaviy ishining bosh qismida mavzuning asosiy masalalari
bo‘yicha nazariy ma’lumotlar bayon etiladi, ilmiy maktablar mualliflarining
qarashlari tahlil qilinadi va umumlashtiriladi, ko‘rib chiqilayotgan soxada olib
borilgan tadqiqotlar guruhlashtiriladi, turli metodik yondashuvlar baholanadi.
Bitiruvchining o‘z qarashlari, kontseptsiyasi belgilanadi,
bular asosida
ta’kidlovchi va shakllantiruvchi tajribaga tayyorgarlik ko‘rish uchun metodik
yondashuv tanlanadi. Mazkur qism mazmunini bayon etish jarayonida muallif
nazariy bilimlardan pedagogik amaliyot tahliliga, xususiy hodisalar tahlilidan
nazariy umumlashtirishga o‘tipshi zarur.
5. Tahliliy qismda o‘quvchilarga maktabgacha ta’lim muassasasida,
o‘quvchilarga maktab, pedagogik kollejda ta’lim-tarbiya berishning, ularni
rivojlantirish, maktabgacha ta’limni tashkil
etishni boshqarishning ahvoli,
bunda qo‘llanayotgan metodlar va b. tahlil qilinadi. Tadqiqotning
metodologiyasi asosida maktabgacha yoki o‘rta maxsus ta’limda vujudga
kelgan vaziyat tahlil qilinadi, ishning maqsad va vazifalariga muvofiq tanlab
olingan hamda shakllantiruvchi tajriba-sinovni o‘tkazish metodikasini va
mazmunini ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar tadqiq qilinadi va
qayta ishlanadi.
6. Tajriba qismi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: o‘quvchilarning ta’lim-
tarbiyasini takomillashtirish metodlari, mazmuni bo‘yicha ishlanmalar, ishlarni
olib
borish metodikasi; qo‘yilgan masala va vazifalarni xal etish yo‘llari;
olingan natijalarni ta’lim muassasalariga joriy etish bo‘yicha metodik
tavsiyalar. Shu maqsadda ilmiy qarashlar negizida, shaxsiy tajriba va
pedagoglar tajribasining tahlili asosida mazkur ta’lim muassasasida
o‘rganilayotgan hodisaning dinamikasi va hozirgi axvoli yoritilishi kerak
(avval axvol qanday edi, muayyan vaqt ichida nima o‘zgardi,
nimaning
natijasida yutuqqa erishildi, miqdor va sifat o‘zgarishlari nimalarda namoyon
bo‘ldi, qanday qiyinchiliklar duch kelindi va ular qanday bartaraf etildi va
x.z.).
7. Xulosa qismida talabalarning tadqiqot ishini olib borishdagi
pozitsiyasini ko‘rsatuvchi bajarilgan ish natijalari bo‘yicha xulosalar beriladi.
Shuningdek, tahlil natijalari o‘quvchilar bilan boshlang`ich sinf o‘qituvchilari
bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar, ushbu tavsiyalarni
joriy etish yo‘llari ko‘rsatiladi.
Dostları ilə paylaş: