Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 430,99 Kb.
səhifə2/6
tarix23.10.2017
ölçüsü430,99 Kb.
#11798
1   2   3   4   5   6

1. Televidenie va radioning kuch­li ta’sir doirasidan foy­da­la­nib­ yoshlarda ma’­na­viy-axloqiy sifatlarini singdi­rish­ hamda de­mok­ra­tik­ qadriyatlar, grajdanlik po­zitsiya­si­ni shakllantirish, yosh­lar­ni vatanparvarlik va umu­min­so­niy­ qadriyatlarga hur­mat­ ruhida tarbiyalashga qa­ra­til­gan­ faoliyatni yo‘lga qo‘­yish.

2. Talabalarga yurtimizdagi dav­lat­ qurilishi, siyosat, iqti­so­diyot, ma’naviyat so­ha­la­ri­da amalga oshirilayotgan islo­hot­lar­ erkin, huquqiy, de­mok­ra­tik­ davlat barpo etish­ga qaratilganini tu­shun­ti­rish

3. Talabalar ongida diniy qadriyatlarimizni tiklash, hayotimizda tarixiy adolat­ni qaror toptirish, yangi jamiyat qurish yo‘lida xalqi­mizning ma’naviy yuksali­shini o‘z oldimizga qo‘ygan oli­janob maq­sadlarga etishda kurash­chanlikni tar­kib toptirish.



  1. O‘zbekistonda siyosiy partiyalar va xarakatlarning vujudga kelishi, turlari va maqsad-vazifalari.

O‘zbekiston Respublikasi milliy mustaqillikka erishgan dastlabki kundan boshlab ko‘ppartiyaviylik va hurfikrlilik tarafdori ekanligini butun dunyoga oshkor qildi. Chunki, ko‘ppartiyaviylik va fikrlar xilma-xilligi jamiyat taraqqiyotining asosiy qonunlaridan biridir. Ko‘ppartiyaviylik qonun ustuvor bo‘lgan va rivojlangan demokratik jamiyatlar faoliyatining tarkibiy qismi va muhim poydevor ko‘rsatkich hisoblanadi. Uning eng muhim va o‘ziga xos belgisi — bu jamiyatda hurfikrlilik, xilma-xil fikrlash asosida tashkil topgan turli siyosiy partiyalarning faoliyat ko‘rsatishidir. Ko‘ppartiyaviylik va erkin fikrlash bo‘lmagan jamiyatda rivojlanish ham, taraqqiyot ham bo‘lmaydi.

Siyosiy partiyalar o‘z harakat dasturlarida fuqarolar turli ijtimoiy guruhlari manfaatlarini ifoda etadilar va uni parlament, davlat hokimiyati, mahalliy vakillik idoralari kabilar orqali ro‘yobga chiqarish va amalga oshirishga harakat qiladilar. Siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, kasaba uyushmalari, xotin-qizlar, yoshlar va bolalar tashkilotlari, veteranlar va nogironlar tashkilotlari ilmiy texnikaviy, ma’daniy – ma’rifiy, fizkultura-sport va boshqa ko‘ngilli birlashmalar, ijodiy uyushmalar, yurtdoshlar uyushmalari, assotsiatsiyalar va fuqorolarning boshqa birlashmalari jamoat birlashmalari deb e’tirof etiladi”1. Darhaqiqat, mustaqillik yillarida mamlakatimizda siyosiy partiyalar, liyushma va harakatlarning erkin faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlar va huquqiy asoslar yaratildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tegishli moddalarida2, O‘zbekiston Respublikasining saylov to‘g‘risidagi qonunlarida, xususan, Oliy Majlisning 1996-yil dekabrda bo‘lgan ettinchi sessiyasida qabul qilingan «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi Qonun bunga yorqin misol bo‘la oladi. Bundan tashqari, mamlakatda ko‘ppartiyaviylik, hur-fikrlilik va oshkoralik muhitini yaratishda O‘zbekiston parlamenti tomonidan qabul qilingan «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi (1992-yil 14-iyun), «Jamoat tashkilotlari to‘g‘risida»gi (1992-yil 15-fevral), «Ommaviy axborot vosita-lari to‘g‘risida»gi (1992-yil 14-iyun), «Kasaba uyushmalari, ular faoliyatining huquqlari va kafolatlari to‘g‘risida»gi (1992-yil 2-iyul) qonunlar ham e’tiborga loyiqdir.

«Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi Qonunda shunday deyilgan: “Siyosiy partiyalar O‘zbekiston Respublikasi fuqorolarini qarashlar manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat xokimiyati vakillik organlarini shakllantirishda jamiyatning muayyan qismining irodasini ro‘yobga chiqarishga intiluvchi hamda o‘z vakillari orqali davlat va jamiyat ishlarini idora etishda qatnashuvchi ko‘ngilli birlashmadir.”1





Bugungi kunda o‘zbekistonda 5 ta siyosiy partiya mavjud:

  • Xalq demokratik partiyasi (XDP) — 1991-yil 1-noyabrda tashkil etil
    gan.

  • «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi (ASDP) — 1995-yil 18-fevralda tashkil topgan.

  • Milliy tiklanish demokratik partiyasi (MTDP) — 1995-yil 3-iyunda tashkil topgan.

  • «Fidokorlar» milliy demokratik partiyasi (FMDP) — 1998-yil 28-dekabrda tashkil topgan.

  • Liberal demokratik partiyasi (LDP) — 2003-yil 15-noyabrda tashkil
    topgan.

Bundan tashqari, «Xalq birligi» jamoatchilik harakati (1995-yil) faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu siyosiy tashkilotlarning jamiyatda tutgan o‘rni va mehnatkashlar ommasi o‘rtasidagi obro‘-e’tibori ular ishlab chiqqan va amal qilayotgan dasturlar nechog‘lik xalq ommasining istak va intilishlarini ifoda etganligi va mazkur siyosiy partiyalarning qay darajada hokimiyatga hamda o‘zaro bir-birlari bilan muxolifatga aylanganliklariga bog‘liqdir.

Darhaqiqat, «Muxolifat» deganda biz nimani tushunamiz? Arabcha «muxolifat» — «kelishmovchilik», teskarilashish», «qarama-qarshilik», «ziddiyat» kabi ma’nolarni anglatadi. Muxolifat turli o‘rinishlarda sodir bo‘lishi mumkin: a) Parlament doirasidagi muxolifat; b) Parlament doirasidan tashqaridagi muxolifat; d) Siyosiy partiyalar saflaridagi o‘zaro ichki partiyaviy muxolifat.

Parlament doirasidagi muxolifat mamlakatda bo‘lib o‘tgan saylovlar davomida turli xil g‘oyaviy-siyosiy va mafkuraviy qarashlardagi siyosiy partiyalar vakillaridan parlamentga saylangan deputatlar guruhi bo‘lib, ular parlamentda hukumatga, hukmron partiyaga muxolifat bo‘lib alohida fraksiyaga uyushadilar. Mazkur frak-siyalar ijtimoiy-siyosiy masalalarda mamlakatda hukmron siyosiy partiya va huku-mat yuritayotgan siyosatga qo‘shilmasligi va o‘zining ayricha, undan farq qiluvchi yo‘lini — dasturini ilgari surishi mumkin.

Parlamentdan tashqaridagi muxolifat esa mamlakat Oliy organi — parlamentga saylovlar davomida o‘z vakillarini o‘tkaza olmagan, ammo ijtimoiy-siyosiy masalalarda mamlakatni boshqarayotgan hukumat va siyosiy partiyaga muxolifat-da bo‘lgan siyosiy partiyadir.

Ichki partiyaviy muxolifat esa muayyan partiya rahbariyatining rasmiy siyosati-ga, ish uslubiga, yo‘1-yo‘rig‘iga qo‘shilmagan, undan norozi bo‘lgan partiya a’zo-lari guruhidir.

Taraqqiy topgan barcha demokratik mamlakatlarda muxolif siyosiy partiyalar mayjud va ular faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar. Turli partiyalarning bu xildagi qutblashuvi odatda parlament doirasidagi muxolifat shaklida ko‘zga tashlanadi.

Kommunistik partiyaning yakkaboshchilikdan iborat boshqaruv tizimi hukmron bo‘lgan SHo‘ro tuzumi davrida biror bir muxolifatdagi kuchning bo‘lishi mumkin emas edi. SHu bois ham jamiyat inqirozga uchradi. Jamiyatni tang holat-dan olib chiqish va uning yangi taraqqiyotiga yo‘1 ochish niyatida M.S.Gorbachev hukumati 80-yillarning o‘rtalaridan boshlab ma’lum ma’noda demokratiyaga, hur-fikrlilikka va muxolifatga yo‘l berdi va birin-ketin KPSSga muxolifatda bo‘lgan siyosiy partiyalar va xalq harakatlari vujudga kela boshladi.

O‘zbekistonda ham bunday siyosiy jarayon o‘ziga xos davom etdi. SHaxsan Prezident I.A.Karimov homiyligida ko‘chalarda baqir-chaqir qilib yurgan «siyosatchi»larga qonuniy imkoniyat berildi. Rasman 1989-yilning 28-mayida vujudga kelgan «Birlik» xalq harakati va 1990-yil 30-aprelda tashkil topgan «Erk» demokratik partiyasi shular jumlasidandir. Ular o‘z maqsad va intilishlari bilan mavjud mustamlakachilikka asoslangan tuzumga qarshi edilar. O‘zbekistonning milliy davlat mustaqilligi, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi va boshqa bir qator talablarni o‘rtaga qo‘yib chiqqan edilar. Ammo, «Birlik» xalq harakati va «Erk» demokratik partiyasi rahbarlarining fojiasi shunda ediki, ular jamiyat taraqqiyotining obektiv rivojlanish qonunlarini tushunmas yoki tushunishni istamas edilar. Jumladan, ular SHo‘rolar mustamlakachiligi davrida qanday kurash yo‘lini tanlagan bo‘lsalar, O‘zbekiston mustaqillikka erishgan va mamlakatda ijobiy demokratik o‘zgarishlar amalga oshirilayotgan davrda ham o‘z eski usuldagi kurash yo‘llarini o‘zgartirmadilar. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston hukumatining har qanday faoliyatini o‘jarlik bilan faqat qora bo‘yoqlarda ko‘rsatishdan nariga o‘tmadilar.

Siyosiy partiyalar Mustaqillik yillarida qabul qilingan rasmiy hujjatlarda huquqiy maqomlari ko‘ppartiyaviylik tizimi qonuniy asoslanishi bilan birga siyosiy partiyalarning huquqiy maqomlari ham o‘zining yuridik intihomini topdi. Odatda, rivojlangan demokratik mamlakatlarda siyosiy muxolifatdagi partiyalar saylovlarda g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilgan raqiblariga rasmiy dasturlari asosida hokimiyatda faollik ko‘rsatishlariga to‘sqinlik qilmaydilar. Hokimiyat uchun kurash asosan saylov kompaniyasi davrida olib boriladi. Bu demokratik jarayon qaror topgan jahondagi ilg‘or mamlakatlarda hayot sinovidan o‘tgan tajriba. O‘zbekiston Respublikasi ham ana shu yo‘ldan borishni o‘z taraqqiyotining asosiy mezoni qilib olgan va bu borada amaliy qadamlar qo‘ymoqda.

Albatta siyosiy partiyalar jamiyatda amal qilishlari lozim bo‘lgan huquqiy maqomlarni bilmasalar, harakat dasturlari nechog‘lik olijanob bo‘lmasin, uni amalga oshirib bo‘lmaydi. SHu ma’noda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 25-dekabrda qabul qilgan «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi Qonuni katta ahamiyat kasb etadi. Unda ko‘ppartiyaviylikning asosiy mezonlari, siyosiy partiyalar faoliyatining huquqiy asoslari har tomonlama ko‘rsatib berilgan.

Albatta, siyosiy partiyalar o‘z harakat dasturlari asosida xilma-xil qarashlarni ilgari suradilar va rivojlangan huquqiy demokratik jamiyatni barpo qilishga hissa qo‘shadilar. Ammo siyosiy partiyalar milliy istiqlol mafkurasi tamoyillarini o‘z harakatlarining bosh mezoniga aylantirmoqlari lozim. Milliy istiqlol g‘oyasiga zid dasturni ilgari suruvchi partiyalar faoliyatiga yo‘l qo‘yish mumkin emas. CHunki, «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasida qayd etilganidek: «...Xalq manfaatlari, istiqlol g‘oyalari qaysi siyosiy va mafkuraviy kuch-ga mansubligidan qat’iy nazar barcha yurtdoshlarimiz uchun muqaddasdir»1. SHu boisdan ham O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 57-moddasida ko‘zda tutilgan masalalar diqqatga loyiq2.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasidan: 12-modda. Konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib qo‘yuvchi, respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsiz ligiga, fiiqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiluv-chi, xalqning sog‘ligi va ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek har-biylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy par-tiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati taqiqlanadi. Maxfiy jamiyatlar va uyushmalar tuzish taqiqlanadi.

Shuningdek, «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi Qonunning 13-moddasida siyosiy partiyalar Respublika Oliy Majlisiga saylangan o‘z vakillari ishtirokida alo-hida fraksiyaga uyushish huquqiga ega ekanliklari ham aniq va ravshan belgilab qo‘yilgan (11-ilova).

Partiyalar fraksiyalari har bir partiya fraksiyasi rahbarining bergan tegishli arizasi va ta’sis hujjatlariga asosan Oliy Majlis tomonidan ro‘yxatga olinadi. Siyosiy partiya fraksiyasining rahbari Oliy Majlis Kengashi tarkibiga kiradi.

Fraksiyalarning faoliyatiga tashkiliy, texnikaviy va boshqa xizmatlar ko‘rsatish o‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining kotibiyati tomonidan ta’minlanadi. Bundan tashqari, mazkur Qonunda siyosiy partiyalarning demokratik tamoyillar asosida tashkiliy va amaliy jihatdan shakllantirish va ular faoliyatining qonuniy yo‘nalish va asoslari belgilab berilgan.

O‘zbekiston Respublikasi milliy mustaqillikka erishgandan keyingi-yillarda 5 ta siyosiy partiya vujudga keldi va ular faoliyat ko‘rsatmoqda. o‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi (XDP) 1991-yil 1-noyabrda Toshkentda bo‘lib o‘tgan ta’sis Qurultoyida Nizomi va dasturi qabul qilindi va 1991-yil 15-noyabrda o‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatga olindi.

Xalq demokratik partiyasi mamlakatda adolatli jamiyat qurish uning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash, o‘zbekiston xalqlari o‘rtasida tinchlik, osoyishtalik, fuqarolar totuvligini ta’minlash, har bir mehnatkashning moddiy va ma’naviy turmushini yaxshilash, fuqarolar-ning teng konstitutsiyaviy haq-huquqlarini himoya qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. o‘zbekiston XDPning oliy organi — Qurultoy 5 yilda bir marta chaqiriladi. Unda partiyaning rahbar organlari saylanadi. O‘zbekiston XDP parlament partiyasidir. o‘z a’zolaridan Oliy Majlis va mahalliy hokimiyat organlariga saylovlar paytida nomzodlar ko‘rsatib davlat hokimiyati organlarining barcha bo‘g‘inlarida ishtirok etadi. o‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 24-fevraldagi qarori bilan partiyaning 69 kishidan iborat Oliy Majlis deputatlari fraksiyasi ro‘yxatga olindi. 1999-yil 5- va 19-dekabr kunlari o‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisiga say-langan deputatlardan 48 nafari XDP vakilidir. o‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tarkibida 218 ta viloyat, shahar va tuman kengashlari,13 ming 665 boshlang‘ich, jumladan, 3952 hududiy tashkilotlar ish olib bormoqda. Uning 420 mingga yaqin a’zosi bor. XDP ning «O‘zbekiston ovozi», «Golos Uzbekistana» gazetalari va «Muloqot» jurnali mavjud. o‘zbekiston milliy istiqloli yillarida siyosiy kuch sifatida shakllangan partiyalardan yana biri — «Vatan taraqqiyoti» partiyasidir (VTP). U 1992-yil 24-mayda Toshkentda bo‘lib o‘tgan ta’sis Qurultoyida tuzilgan. Ushbu Qurultoyda uning Nizomi va dasturi qabul qilinib, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1992-yil 10-iyulda ro‘yxatga olingan.



«Vatan taraqqiyoti» partiyasining asosiy maqsadi mustaqil O‘zbekiston Respublikasida yashayotgan barcha millat va elatlarning umumiy manfaatlariga mos keladigan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy demokratiya prinsiplariga asoslangan, yangi ijtimoiy munosabatlar qaror topgan adolatli fuqarolik jamiyatini qurish edi.

Partiya o‘zining a’zolarini Oliy Majlisga, mahalliy hokimiyat organlariga saylovlar vaqtida nomzod etib ko‘rsatdi va davlat hokimiyati organining faoliyati-da ishtirok etdi.

1995-yil 24-fevralda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasida partiyaning 14 kishidan iborat Oliy Majlis deputatlari fraksiyasi ro‘yxatga olindi. o‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi (ASDP) 1995-yil 18-fevralda Toshkentda o‘z ishini borgan I ta’sis Qurultoyida tuzilgan. Qurultoyda uning Nizomi va dasturi qabul qilingan va o‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1995-yil 18-fevralda ro‘yxatga olingan.

«Adolat» sotsial-demokratik partiyasining asosiy maqsadi mustaqil o‘zbekiston Respublikasida barcha millat va elatlarning umumiy man-faatiga mos keladigan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan etuk, demokratiya tamoyillariga asoslangan adolatli fuqarolik jamiyat qurishda

faol ishtirok etishdan iboratdir.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 24-fevraldagi qarori bilan ushbu partiyaning 47 kishidan iborat Oliy Majlis deputatlari fraksiyasi ro‘yxatga olindi. 1999-yil 5- va 19-dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga say-langan deputatlardan 11 nafari «Adolat» sotsial-demokratik partiyasiga mansub a’zolardir. O‘zbekiston «Adolat» SDP safida 30 mingdan ortiq a’zo bor. Qoraqalpog‘iston Respublikasida, barcha viloyatlarda, shuningdek 175 shahar va tumanlarda partiya Kengashlari tuzilgan. Joylarda 1000 dan ortiq boshlang‘ich partiya tashkilotlari ish olib bormoqda. Partiyaning «Adolat» nomli ijtimoiy-siyosiy haftalik gazetasi mavjud.

O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi (MTDP) 1995-yil 3-iyunda Toshkentda bo‘lib o tgan ta’sis qurultoyida tuzilgan. Ushbu Qurultoyda partiya Nizomi va dasturi qabul qilingan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1995-yil 9-iyunda ro‘yxatga olingan. O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasining bosh maqsadi milliy manfaatlar milliy yakdillikni ta’minlash, huquqiy davlatni barpo etish va O‘zbekistonni jahonning etakchi davlatlari safiga olib kirish uchun xalqni safarbar qilish. MTDP millatning o‘z-o‘zini anglashi, fiiqarolarda Vatanga sadoqat va muhabbat tuyg‘ularini to‘la shakllan-tirish, bozor munosabatlariga asoslangan yangi jamiyat qurish, milliy tik-lanish yo‘lidan rivojlanishga erishish, milliy meros va an’analarni ro‘yobga chiqarish, millatni ilmiy, texnikaviy salohiyatini yuksaltirish va demokratik jamiyat qurish uchun kurashadi. 1999-yil 5- va 19-dekabr kunlari o‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga say-langan deputatlardan 10 nafari Milliy tiklanish demokratik partiyasiga mansub a’zolardir. o‘zbekiston MTDPning oliy organi 5 yilda chaqiriladigan qurultoy bo‘lib, unda rahbar organlar saylanadi. Hozirda joylarda partiya tashkilotlari va bo‘g‘inlari ish olib bormoqda. Uning 6 mingga yaqin a’zosi bor.

MTDP ning «Milliy tiklanish» haftalik gazetasi faoliyat o‘rsatmoqda. o‘zbekiston «Fidokorlar» milliy demokratik partiyasi 1998-yil 28-dekabrda bo‘lib o‘tgan I ta’sis Qurultoyda tuzilgan. Qurultoyda uning Nizomi va dasturi qabul qilinib, Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 4-yanvarda ro‘yxatga olingan.

Partiyaning vujudga kelishi va faoliyat ko‘rsatishidan bosh maqsad — ko‘p ukladli iqtisodiyotga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayangan fuqarolik jamiyatini qurish jarayoniga hamda unga xizmat qiladigan demokratik-huquqiy davlatni barpo etish ishiga hissa qo‘shishdir.

Ushbu bosh maqsadni ro‘yobga chiqarish uchun hozirgi vaqtda joylarda mazkur partiyaning 2000 boshlang‘ich hududiy tashkilotlari, 202 ta tuman va sha-har partiya tashkilotlari hamda 14 ta viloyat maqomiga ega partiya tashkilotlari faoliyat ko‘rsatyapti.

1999-yil 5- va 19-dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga say-langan deputatlardan 34 nafari Fidokorlar milliy demokratik partiyasiga mansub a’zolardir.

2000-yil 9-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Prezidentlikka saylovda Islom Abdug‘anievich Karimovning o‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodi ham aynan Fidokorlar milliy-demokratik partiyasidan ko‘rsatildi. Xalqaro miqyos-da umume’tirof etilgan demokratik tamoyillarga to‘liq rioya qilingan holda xorijiy va mahalliy kuzatuvchilarning nazorati ostida odilona tarzda, muqobillik asosida o‘tkazilgan mazkur saylovda Fidokorlar partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Islom Karimovning o‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanishi respublika tarixi muhim voqeadir.

2000-yil 14-aprelda «Vatan taraqqiyoti» partiyasi va «Fidokorlar» milliy demokratik partiyasining qo‘shma qurultoyi bo‘ldi. Unda har ikki partiya harakati, faoliyat dasturi yakdilligi muhokama qilindi va ular birlashib ishlash maqsadga muvofiq degan xulosaga keldilar. Partiyalar birlashib, Vatan taraqqiyoti yo‘lida xiz-mat qilishga qaror qilindi. Birlashgan partiyaning nomi «Fidokorlar» milliy demokratik partiyasi deb ataldi.

Partiyalar Oliy Majlisdagi fraksiyalarini ham birlashtirdilar. Natijada FMDPning Oliy Majlisdagi fraksiyasi a’zolari soni 54 taga etdi. Partiyaning «Fidokor» nomli ijtimoiy-siyosiy gazetasi mavjud.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbe- kiston Liberal-demokratik partiyasi (LDP) 2003-yil 15-noyabrda Toshkentda bo‘lib o‘tgan ta’sis qurultoyida tuzilgan. Qurultoyda uning Nizomi va dasturi qabul qilinib, Adliya vazirli-gi tomonidan 2003-yil 3-dekabrda ro‘yxatga olindi.

LDP mamlakatimizda davlat va jamiyat tizimi rivoji va yangilanishida, Vatan taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlarning jadal sur’atlar bilan amalga oshirilishida faol ishtirok etadigan yangi siyosiy kuch sifatida maydonga chiqdi.

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining asosiy vazifasi mam- | lakatimizning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy hamda jamiyatimiz taraqqiyotining boshqa sohalarini erkinlashtirish, davlat va jamiyatni demokratik asosda yangilash, islohotlarni yanada chuqurlashtirish, inson huquq va erkinliklarini, tadbirkorlar va ishbilarmonlar manfaatlarini himoya qilishga yo‘naltirilgan dasturni hayotga tatbiq qilishdan iborat. Partiyaning «XXI asr» nomli ijtimoiy-siyosiy gazetasi mavjud.

O‘zLiDeP umummilliy siyosiy tashkilot sifatida mulkdorlar qatlami kichik va o‘rta biznes vakillari tadbirkor va ishbilarmonlar, fermerlar, jamoat tashkiloti vakillari va tadbirkorligi va tashabbuskorligini rivojlantirish evaziga xalq faravonligiga erishishga xarakat qilayotgan ijodkorlar va olimlarning manfaatlarini ifodalash maqsadida yuzaga keldi.1

O‘zbekiston «Xalq birligi» harakatining asosiy maqsadi ko‘p millatli mamlakatda millatlar birligini yanada mustahkamlash, fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan huquq va kafolatlarini to‘la-to‘kis amalga oshirish va fuqarolik, vatanparvarlik tuyg‘ularini rivojlantirishdan iborat.

«Xalq birligi» harakatining oliy organi — Qurultoy 4 yilda bir marta chaqiri-ladi. Unda rahbar organlar saylanadi. o‘zbekiston «Xalq birligi» harakatining «Birlik» va «Edinstvo» haftalik gaze-talari mavjud.




  1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlarida siyosiy partiyalar ma’naviy-ma’rifiy faoliyatining aks etishi.

Bugungi qunda demakratik huquqiy davlatni siyosiy partiyalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Demakratik jamiyatda siyosiy partiyalar jamiyat siyosiy tizimining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, ular bevosita davlat faoliyatining ustuvorligi yo‘nalishlarini belgilashda ishtirok etadi. O‘zbekiston Respublikasida siyosiy partiyalar faolitining tashkiliy-huquqiy asoslarini 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida bo‘lsada, lekin unga qadar qabul qilingan “Jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi qonuni bu boradagi qonunlarning dastlabkisi hisoblanadi. 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan ushbu qonunning 1-moddasida “o‘z huquqlari, erkinliklarini hamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniylikni birgalikda ro‘yobga chiqarish uchun birlashgan fuqorolarning hohish irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilma jamoat birlashmasidir. Siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, kasaba uyushmalari, xotin-qizlar, yoshlar va bolalar tashkilotlari, veteranlar va nogironlar tashkilotlari ilmiy texnikaviy, ma’daniy – ma’rifiy, fizkultura-sport va boshqa ko‘ngilli birlashmalar, ijodiy uyushmalar, yurtdoshlar uyushmalari, assotsiatsiyalar va fuqorolarning boshqa birlashmalari jamoat birlashmalari deb e’tirof etiladi”1 deb ko‘rsatib o‘tilgan.

Asosiy qonunimizda siyosiy partiyalar tashkiliy huquqiy asosining ustuvor yo‘nalishlari belgilangan bo‘lib, uning siyosiy partiyalar huquqiy maqomi belgilanishi bilan bir qatorda, fuqorolarning siyosiy partiyalarga uyushishi huquqlari ham belgilangan (34-modda). Siyosiy partiyalar muhim konstitutsiyaviy institut sifatida konstitutsiyamizning XII jamoat birlashmalari bobi 60-moddasida “siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o‘zlarining demakratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali davlat xokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar. Siyosiy partiyalar O‘zbekiston faoliyatining moliyaviy ta’minlash manbalari haqida Oliy Majlisga yoki u vakil qilgan belgilangan tartibda oshkora tartibda xisobotlar berib turadilar.”2

Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning jami 13 ta moddasida partiyalarga doir qoidalar keltirilgan. Asosiy qonunimiz bo‘lgan Konstitutsiyada siyosiy partiyalarga doir bu qadar e’tibor respublikamizda siyosiy partiyalarni muxim konstitutsiyaviy institut ekanligidan dalolat beradi.

“Siyosiy partiyalarning jamiyat hayotidagi o‘rni va roli hamda ular faoliyatining bunday konstitutsiyaviy-huquqiy jixatdan mustaxkamlanishi zamonaviy konstitutsiyaviy qonunchilikda quyidagi bir necha yondashuvlar mavjud ekanligini ko‘rsatadi.

Birinchi yo‘nalish, konstitutsiyalarda siyosiy partiyalar to‘g‘risidagi so‘z bormaydi,

Ikkinchi yo‘nalish, Konstitutsiyalarda to‘la yoki qisman siyosiy partiyalarning roli va siyosiy partiyalarning ayrim tamoyillari haqida qoidalar mavjud,

Uchinchi yo‘nalish, Konstitutsiyalarda yagona, boshqaruvchi va rahariy partiyalarning mavjud bo‘lishini nazarda tutadi va boshqa partiyalarning faoliyati taqiqlanadi,

To‘rtinchi yo‘nalish, barcha partiyalar ta’qiqlanadi va shu sabali siyosiy partiyalar to‘g‘risida so‘z bormaydi,

Beshinchi yo‘nalish, aniq ko‘rsatilgan partiyalarga yoki muayyan soxadagi partiyalarga ruxsat beriladi va boshqa partiyalar ta’qiqlanadi.”1

Mamlakatimiz Konstitutsiyasida siyosiy partiyalarga doir qoidalarning sezilarli darajada mavjudligi Konstitutsiyamizni ikkinchi guruhga taalluqli ekanligini ko‘rsatadi va Konstitutsiya belgilab bergan ustuvor yo‘nalishlar asosida siyosiy partiyalar faoliyatini aniq yo‘nalishlarini tartibga solishga maqsadida qator qonunlar qabul qilindi.

1996 yil 26 dekabrda Oliy Majlis tomonidan “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonunda siyosiy partiya tushunchasi, siyosiy partiyalarni tuzish va ularni faoliyat qo‘rsatish prinsiplari, ular faoliyatining qafolatlari, siyosiy partiyalar ustavi va dasturi, siyosiy partiyalarga a’zolik, siyosiy partiyalarni ro‘yxatga olish, siyosiy partiyalarning huquqlari, siyosiy partiyalarning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyalari, Qoraqolpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda maxalliy xokimiyat vakillik organlarigi partiyalar guruxlari, siyosiy partiyalar mulki, siyosiy partiyalarni mablag‘ bilan ta’minlashga oid qoidalar belgilangan. Qonunning 1-moddasida siyosiy partiyaga ta’rif berilib, uni quyudagicha izohlanadi: “Siyosiy partiyalar O‘zbekiston Respublikasi fuqorolarini qarashlar manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat xokimiyati vakillik organlarini shakllantirishda jamiyatning muayyan qismining irodasini ro‘yobga chiqarishga intiluvchi hamda o‘z vakillari orqali davlat va jamiyat ishlarini idora etishda qatnashuvchi ko‘ngilli birlashmadir.”2

O‘zbekiston Respublikasi “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi qonuni ayrim yo‘nalishdagi siyosiy partiyalarni tuzishni man etadi. Ular quyudagilar:

Birinchidan, konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qiluvchi,

Ikkinchidan, O‘zbekiston Respublikasi suveriniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqorolarning qonstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi,

Uchinchidan, urishni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiluvchi,

To‘rtinchidan, xalqning sog‘ligi va ma’naviyatigi tajovuz qiluvchi,

Beshinchidan, milliy va diniy ruxdagi partiyalar.

Bu yo‘nalishlarni ayrim tadqiqodchilar toraytirib yoki kengaytirib yuboradilar. Jumladan I.Bekov o‘z ilmiy ishida bu ro‘yxatga kasbiy yo‘nalishdagi partiyalarni ham qonunchilikka kiritishni tavsiya qilib, bir kasb egalari manfaatlparini ko‘zlaydigan siyosiy partiyalarning jamoat birlashmasidan farqi qolmasligini dalil sifatida keltiradi.1

Prezidentimiz I.A.Karimov ba’zi buzg‘unchi, mamlakatda demakratik tuzumni ag‘darish bilan yo‘g‘rilgan g‘oyalarni ilgari suruvchi partiyalar faoliyatni ta’qiqlash masalasiga atroflicha yondoshar ekan shunday fikrlarni bildiradilar: “Ayni zamonda mavjud konstitutsiyaviy hokimiyatni kuch bilan ag‘darishni maqsad qilib olgan partiyalar va harakatlar, shuni aniq aytishim kerak, ta’qiqlab qo‘yilishi kerak. Respublikasi chegaralari daxlsizligi va xavfsizligiga qarshi kurashuqchi, fashizm, irqchilik, zo‘ravonlik, milliy va diniy nizolarni targ‘ib qilivchi, demakratik erkinliklar va xalqning ma’naviyatiasoslariga tajovuz qiluvchi xar qanday partiyalar va jamoat harakatlari qonunga xilof deb e’lon qilinishi lozim.”2

Siyosiy partiyalar faoliyatda uning ustavi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, har bir partiya ustavida partiyaning faoliyat yo‘nalishi, rejasi, uning siyosiy taktikasi belgilangan bo‘ladi. Partiyalar ustavlarini shartli ravishda partiyalarning pasporti deb xisoblasak bo‘ladi. Chunki Ustavda partiyaning nomi, maqsad va vazifalari, partiyaning tuzilishi, partiya a’zoligiga qabul qilish va undan chiqish shartlari, partiya a’zolaring huquq va majburiyatlari, partiya tashkilotlari raxbpr organlarining vakolatlari, ularni vakolatlari, partiya mablag‘lari shakllantirish manbalari, partiya rahbar organi manzili, partiya faoliyatini qayta tashkil etish va tugatish, shuningdek partiya faoliyatiga oid boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tish uchun ustav qabul qilingandan so‘ng bir oydan kechiktirmay zaruriy xujjatlarni taqdim etadi. Adliya vazirligi bir oy ichida xujjatlarni ko‘rib chiqib ro‘yxatdan o‘tkazadi va partiyalar yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi.

Siyosiy partiyalar to‘g‘risidagi qonunning 9-moddasida siyosiy partiyalarni ro‘yxatga olishni rad etish tartibi belgilangan, unga ko‘ra “Agar siyosiy partiyaning ustavi, maqsadlari, vazifalari va faoliyat uslubi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya, ushbu qonunga hamda boshqa qonun hujjatlariga zid bo‘lsa yoki oldinroq xuddi shunday nomdagi siyosiy partiya yoki jamoatchilik harakati ro‘yxatga olingan bo‘lsa, bu partiya ro‘yxatga olinmaydi.”1

Bundan tashqari Respublikada faoliyat yuritayotgan biror-bir siyosiy partiya O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya, siyosiy partiyalar to‘g‘risidagi qonun yoki O‘zbekiston ustavini buzgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi buzilgan normani xisobga olgan xolda partiyaning raxbar organiga yozma xabar yuborib bunday buzilishlarni bartaraf etish uchun muddat belgilaydi. Agarda belgilangan muddatda davomida buzilishlar bartaraf etilmasa, Adliya vazirligi yoki O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi siyosiy partiyaning faoliyatining olti oygacha to‘xtatib quyishi mumkin.

Siyosiy partiyaning faoliyat ushbu xalatlarda butunlay tugatiladi: ­­­­­­­­­­­­­­­­partiyalarning o‘z ustaviga muvofiq tarqalib ketishi orqali, bu haqda partiya oliy organi uch kunlik muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ga xabar qiladi;

Partiyalar siyosiy partiyalar to‘g‘risidagi qonunning 3- moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan xatti-xarakatlarni sodir etgan xollarda yoki o‘zfaliyati to‘xtatib qo‘yilgandan so‘ng bir yil muddat ichida o‘sha xatti xarakatlarni takror sodir etgan xollarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining qarori bilan. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining siyosiy partiyaning faoliyati to‘xtatilganligi to‘g‘risidagi qarori ommaviy axborot vositalaridagi e’loni siyosiy partiyalar faolitini yakunlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi siyosiy partiyalarning rivojlanish tarixida partiyalarning tugatilishi va birlashishi jaroyoni bir necha marta sodir bo‘ldi. Lekin ikki palatali professional parlamentimiz shakllangandan beri partiyalarning faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turilishi yoki tugatilishi holatlari sodir bo‘lmadi. Shu o‘rinda “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi qonunda siyosiy partiyalar faoliyati vaqtincha to‘xtatilganda yoki tugatilgandagi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiya xuquqiy xolati ko‘rsatib berilish masalasi ochiq qoldirilgan. Ushbu holatlar sodir bo‘lganda siyosiy partiya fraksiyaning qanday tartibda faoliyat yuritilishi qonunda aniq belgilab qo‘yilishi maqsadga muvofiqdir.

Shu o‘rinda aytish lozimki, partiyalarning ijtimoiy-siyosiy xayotda faoliyat ko‘rsatishlarining kafolati, bu ularning uzliksiz moliyaviy asoslarga ega bo‘lishlaridir. “Hozirgi davr qonunchiligi siyosiy partiyalar faoliyatining barcha yo‘nalishlaridagi moliyaviy mablag‘larini aniqlashtirib, ularning partiyalar faoliyati turlariga qo‘ra taqsimlanish, partiyalarning aniq manbalardan mablag‘ olish shartlari va ishlatish tartibini xuquqiy jixatlarini mustaxkamlab bermoqda. Bu faoliyatdagi turli cheklovlarni, ya’ni xayriya berish me’yorlari xarajatlar kabilarni muvofiqlashtirishga doir huquqiy asoslar ishlab chiqilgan. Siyosiy partiyalar belgilangan shartlarni bajarmasliklari yoki ularni buzishlari huquqbuzarlik sifatida talqin etilib, partiyalarga turlicha to ularni tarqatib yuborishga qadar sanqsiyalar berishning huquqiy amaliyoti ham o‘rnatilgan.”1

Bugingi kunda Evropa, Shimoliy Amerika, Yaponiya, Avstraliya, Janubiy Koreya va Hindiston kabi demakratik mamlakatlarda siyosiy partiyalar faoliyati kengayishi va bu soxada ularning sarf-xarajatlari yildan-yilga kengayib borishi natijasida ularning serqirra faoliyatini davlat tomonidan ta’minlash muommolari kelib chiqmoqda. Partiyalarning rivojlanish tarixidan ma’lumki, partiyalar uzliksiz keladigan moliyaviy mablag‘larsiz o‘z maqsadlarini to‘liq bajara olmaganlar. SHu munosabat bilan dunyoning ko‘plab mamlakatlari qonunchiligi partiyalarni davlat tomonidan moliyalashtirishga axamiyat bera boshladi. Demakratik xuquqiy mamlakatlar qonunchiligiga e’tibor bersak, siyosiy partiyalarni ta’minlashga bog‘liq uch xil yondashuvga guvox bo‘lamiz.

Birinchi guruh, partiyalarni xususiy mablag‘lari ya’ni partiyaga kirish va a’zolik badallari, partiya tadbirlaridan ( ko‘rgazmalar, ma’ruzalar va boshqa mab.) olinadigan tushumlar va tadbirkorlik faoliyati va mulkdan keladigan daromadlar.

Ikkinchi guruh, partiyalarni qisman moliyalashtirish. Bunda davlat siyosiy partiyalarni ayrim faoliyatlarini moliyalashtiradi.

Uchinchi guruh, partiyalarni davlat tomonidan moliyalashtirish.Bu moliyalashtirish siyosiy partiyalar to‘g‘risidagi hozirgi davr qonunchiligining asosiy tamoyillaridan biriga aylanmoqda.

Respublikamizda ham siyosiy partiyalarni moliyaviy mustaqilligini mustaxkamlash maqsadida, 2004 yil 30 aprelda “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi qonun ishlab chiqildi. Ushbu qonunda partiyalarni davlat tomonidan moliyalashtirish, partiyalarning moliyaviy manbalari va ularning qanday foydalanishlari to‘g‘risidagi normalalar kiritilgan. Qonunnin 2- moddasida “Siyosiy partiyalar, agar u O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonuniniga muvofiq Qonunchilik palatasida siyosiy partiyalar fraksiyani tuzish uchun zarur miqdorda deputatlik o‘rinlarini olgan bo‘lsa, o‘zining ustavida nazarda tutilgan faoliyatni moliyalashtirish uchun davlat mablag‘larini olish huquqiga ega bo‘ladi”1 deb belgilab qo‘yilgan. Demak mamlakatimizdagi qonunchiliq siyosiy partiyalarni davlat tomonidan moliyalashtirishni sharti sifatida Oliy Majlis Qonunchilik palatasida fraksiya tuzish uchun zarur bo‘lgan deputatlik o‘rinlarini ( 9 nafar) talab etadi.

Saylov yakunlariga ko‘ra zarur deputatlik o‘rinlariga ega bo‘lgan siyosiy partiyalar ustavida nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablag‘larining yillik xajmi shu mablag‘lar olinishi uchun mo‘jallangan yildan oldingi yilning 1 yanvar holatida belgilangan eng kam ish haqining ikki foizini Qonunchilik palatasiga o‘tkazilgan oxirgi saylovda saylovchilar royxatiga kiritilgan fuqorolar soniga ko‘paytmasi o‘z deputatlari soniga mutanosib belgilangan mablag‘lardir. Bugunda mavjud siyosiy partiyalarimizning faoliyatini kengayib turli yangi yo‘nalishlar ochilayotganini va bozor munosabatlariga tortilayotgani sababli ulaning yanada samarali faoliyati uchun ushbu moddadagi miqdorni ko‘paytirish lozim. Siyosiy partiyalarga bugungi kunda fuqorolar orasiga yanada chuqurroq kirib borishi va boshqa aniq maqsadli vazifalarining amalga oshirish uchun davlat mablag‘larining yillik xajmi shu mablag‘lar olinishi uchun mo‘jallangan yildan oldingi yilning 1 yanvar holatida belgilangan eng kam ish haqining ikki foizini to‘rt foizga qadar oshirilishi maqsadga muvofiq deb xisoblayman.

Shu o‘rinda siyosiy partiyalarning moliyalashtirishga doir ayrim cheqlovlarga ham to‘xtalib o‘tish lozim. “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi qonkunning 5-moddasida siyosiy partiyalarga xayriya yordamini cheklashga doir normalar ko‘rsatilgan.Unga ko‘ra siyosiy partiyalarga pul va boshqa ko‘rinishdagi mablag‘larni:

- Chet davlatlarning yuridik shaxslari, ularning vaklatxonalari va filiallari,

- Xalqaro tashkilotlar, ularning vaklatxonalari va fqiliallari

- Chet el investitsiyasi asosidagi korxonalar,

- Chet el fuqorolari,

- Fuqoroligi bo‘lmagan shaxslar1 tomonidan berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Qonunchilikdagi bunday cheqlovlarning mavjud bo‘lishi siyosiy partiyalarning ba’zi xorijiy “xayrixohlar”dan halos etib, mamlakat barqarorligi va mavjud xokimiyatning samarali faoliyati uchun zaruriy jarayondir. Oxirgi yillarda Ukraina. Gruziya va qo‘shni Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan “rangli inqiloblar” da asosiy xarakatlanuvchi kuchlar turli jamoat tashkilotlari, jumladan, siyosiy partiyalar eqanligi bu cheklovlarning mavjudligi ijobiy xol ekanligini isbotladi.

“Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi qonunining 13, 14 moddalaridagi O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslarining xayriya yordamlarining miqdorini ham ko‘rib chiqilishi lozim. Qonunda siyosiy partiyaning yil davomida bir yuridik shaxs tomonidan olinadigan xayriya yordami yilning birinchi yanvardagi holatiga ko‘ra belgilangan eng kam ish haqining besh ming barobaridan, O‘zbekiston Respublikasining jismoniy shaxslarining xayriya yordamlarining miqdori besh yuz barobaridan oshmsligi belgilangan. Ushbu miqdorni siyosiy partiyalar faoliyatini yanada faollashtirishni nazarda tutgan holda ikki barobarga O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari uchun o‘n ming barobargacha, jismoniy shaxslar uchun ming barobargacha oshirish maqsadga muvofiqdir.

Siyosiy partiyalarning moliyaviy jihatdan barqarorligining oshishi ularning faoliyatining jonlanishini, raqobatdoshligini oshiradi, saylovlar oralig‘idagi ishlash mexanzlarinining ham taqomillashishiga, partiyalarning joylardagi bo‘linmalarini kengayishiga olib keladi. Shu bilan birga partiyalarning yillik xisobotlariga jamoatchilikning e’tibori oshishiga xizmat qiladi.

Ma’lumki siyosiy partiyalar respublikamizda jamoat birlashmalari sifatida ko‘rsatiladi. SHu o‘rinda siyosiy partiyalarning jamoat birlashmalaridan farqli jixatlarini anglab olish zarur. Nemis olimi doktor Raynxard Krumm bu borada qarashlarni bayon etib, “birinchidan partiyalarni nodavlat notijorat tashkilotlari bilan aralashtirib yubormaslik, ikkinchidan bir semantik tushuncha ostida siyosiy partiyalarning har xil turlari umumlashtirmasligi uchun ushbu tushunchaning semantik doiralarini xaddan tashqari toraytirib qo‘ymaslik zarur.”1

Muallif partiya tushunchasi quyudagi mezonlarga javob berishini nazarda tutadi: jamoatchilik fikrini shakllantirishga ta’sir o‘tkazish, tashkilish tuzulmalarning ochiq oshkoraligi, jamoatchilikning keng qatlamlari uchun ochiqlik va ular bilan o‘zoro xamkorlik qilishdan manfaatdorlik. Muayyan miqdorda partiya a’zolaring bo‘lishi kerakligi va nihoyat faqat saylov kompaniyasi davrida emas, faoliyati davomida faoliyatining tartibga solinishi.

Mamlakatimiz siyosiy hayotida siyosiy partiyalarning qanchalik muhim ahamiyat kasb etishi, ularga yaratilgan huquqiy bazaning nechog‘lik mustaxkamligigi bog‘liqdir. Respublikamizda tadrijiy ravishda rivojlanib borayotgan bu soxaga oid qonunchilik siyosiy partiyalar uchun jamiyatda o‘z tarafdorlarini manfaatlarini ifodalash, saylovlar jarayonidagi halol siyosiy raqobatga kirishish va davlat xokimiyatini shakllantirishda erkinlik yaratmoqda. SHu bilan birga siyosiy partiyalarga oid qonunchilikni xorijiy tajribalar asosida doimiy ravishda rivojlanib borishi ham zaruriy va tabiiy jarayon bo‘lishi darkor deb xisoblayman. YUqorida ko‘rsatilgan qonunchilik doirasida, o‘zlariga tegishli bo‘lgan vakolatlar doirasida partiyalar o‘zlarining turli chiqishlarida, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarida quyidagi vazifalarga ustuvor vazifalar sifatida qarashlari zarur deb hisoblayman:



  • yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy va axloqiy madaniyatini oshirish, axloqiy fazilatlarning milliy mustaqillik, yuksak insoniy fazilatlar bilan chambarchas bog‘liq ekanligini talabalar tomonidan ongli va puxta o‘zlashtirishiga erishish;

  • yoshlarda fidoyilik, xamjihatlik, tinchliksevarlik, or-nomuslilik, sodiqlik, mardlik singari fazilatlar tizimi vositasida vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish va rivojlantirish;

  • ularda odoblilik, olijanoblik, halollik, rostgo‘ylik, sabrlilik, bag‘rikenglik, vijdonlilik, odillik, o‘z-o‘zini anglash kabi fazilatlar vositasida axloqiylikni shakllantirish, doimiy uyg‘oq vijdon bilan yashyashga o‘rgatish;

  • yoshlarda tirishqoqlik, tashabbuskorlik, intizomlilik, jo‘shqinlik, qat’iyatlilik kabi xislatlar yordamida mehnatsevarlik tuyg‘ularini shakllantirish;

  • ularda ezgulik, andishalilik, rahmdillik, sahovatlilik, kamtarlik, insoflilik, bolajonlik, mehmondo‘stlik yovuzliklarga murosasizlik kabi xislatlar vositasida insonparvarlik tuyg‘ularini kamol toptirish.

  • yoshlarda tahdidlarga nisbatan doimo ogoh, sezgir va xushyor bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirish;

  • hushyorlikning turmush tarzida, ta’lim olishda, tarbiya sohasida qanday namoyon bo‘lishini tahlil eta olishiga erishish;

  • yoshlarda milliy-madaniy merosimizga, buyuk allomalarimiz ijodlariga, milliy qadriyatlarimizga katta qiziqish bilan qarash, ularni muntazam o‘rganib borish uchun shaxsiy intilishlarini shakllantirish;

  • yoshlarda madaniyatimiz, adabiyotimiz va san’at ilmiga oid yodgorliklarning asl mohiyatini to‘g‘ri anglash, talqin qilish va izohlay olishga doir ko‘nikma va malakalarni shakllantirish;

  • adabiyot va san’atga doir masalalarni, milliy-ma’naviy qadriyatlar mazmuni va mohiyatini ilmiy-mantiqiy jihatdan bilish, ulardagi yuksak insoniy g‘oya va tuyg‘ularni his eta olish, turli dunyoqarash va saviyaga ega bo‘lgan yoshlarning mulohaza bildirish, bahs yurita olishlariga erishish;

  • yoshlarni g‘aflatdan saqlanish, befarqlik, loqaydlik, beparvolikka qarshi jamoaviy kurashchanlikni shakllantirish, dahldorlik tuyg‘usi bilan yashashga tayyorlash, ularni olib borilayotgan siyosatningfaol ishtirokchilariga aylantirishga erishish va shu kabilar.


Yüklə 430,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin