Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati………….……………44



Yüklə 51,1 Kb.
səhifə2/11
tarix09.05.2022
ölçüsü51,1 Kb.
#115659
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi,innovatsiya va integratsiya” fa

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati………….……………44

2

KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng barcha sohalarda tub islohotlar amalga oshirildi, shuningdek, ma’naviy-madaniy merosimiz, milliy qadriyatlarimiz tiklanishiga alohida e’tibor qaratildi.

Qaysi bir bilim sohasini olib qaramaylik, uning taraqqiyoti ko‘p jihatdan o‘tmish tajribasiga mustahkam bog’liq bo‘lganligining guvohi bo‘lamiz. Bu ayniqsa, pedagogika fani taraqqiyoti uchun xosdir. Bu masalada biz milliy-madaniy meros va uni o‘zlashtirishga tayanib ish ko‘ramiz. Chunki o‘tmish progressiv tajribalariga, metod va usullariga tayanmasdan turib, yosh avlodni yuksak axloqli qilib tarbiyalash mumkin emas. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, «Tarix millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlari tarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi fuqarolik ongini shakllantirmoqda. Axloqiy tarbiya va ibrat manbaiga aylanmoqda».

Sharq xalqlari ko‘p asrlarga borib taqaluvchi madaniyatga ega ekanligi hammaga ayon. Ana shu madaniy yodgorliklar inson qo‘li, aqli, mahorat va malakasi, o‘tmishdan qabul qilib olgan hayotiy tajribasi natijasidagina milliy hamda umuminsoniy

3
qadriyatlarga, san’at va adabiyot asarlariga aylangan, demak, madaniyat o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolmay, ko‘p darajada ta’lim va tarbiya mevasi sifatida shakllangan.

XI asrda Xorazmda ilm-fan taraqqiy etadi. Xorazm shohi Ma’mun II o‘z saroyiga zabardast olimlarni taklif etadi. U tashkil etgan ―Bayt-ul-hikma -Donishmandlar uyi tarixda ―Ma’mun akademiyasi deb nom qoldirgan. Bu akademiyaning rivoj topishida Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, tarixchi Miskavayx, riyoziyotchi Abu Nasr ibn Iroq, faylasuf Abu Sahl al-Masixiy, tabib Abulxayr Xammor kabi olimlar ilmiy ijod bilan shug’ullanganlar.

Movarounnahr va Xurosonda IX asrlarga kelib ma’naviy ko‘tarilish Sharq Renessansi – Uyg’onish davrining boshlanishga olib keldi.

Movarounnahrda ilm-fan va ma’rifat sohasida o‘z xizmatlari bilan dunyoga mashhur bo‘lgan faylasuf va munajjim, matematika, fizika, tibbiyot, tarix, til va adabiyot, pedagogika sohasida ilmiy merosi bilan nom qoldirgan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad al-Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi qomusiy olimlar faoliyat olib bordilar. Qomusiy olimlar o‘z ilmiy merosida ta’limiy-axloqiy asarlar yaratishga ham katta e’tibor berib, bu asarlarda ilgari

4

surilgan g’oyalar insonning ham aqliy, ham axloqiy, estetik va



jismoniy jihatdan kamol topishida, pedagogik fikr taraqqiyotida katta ahamiyatga ega bo‘ldi.

Shuningdek, Sharq uyg’onish davrida sof pedagogik asarlar ham yaratilib, ta’lim-tarbiyada inson takomilining xususiy va umumiy metodlari haqida o‘lmas ta’limoti bilan nom qoldirgan tarbiyashunos olimlar ham maydonga chiqdi.

Yuqorida tilga olingan mutafakkirlar va ularning o‘lmas ma’naviy-madaniy merosi yosh avlodni yuksak axloqli, mehnatsevarlik, ilmga chanqoqlik, sof vijdonlilik, ota-onaga va Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash jarayonida muhim ahamiyatga egadir.


Yüklə 51,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin