Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 87,39 Kb.
səhifə6/9
tarix30.05.2022
ölçüsü87,39 Kb.
#116392
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Erimbetova Komila Alisher qizi

Barmoq teatrlarinisahnalashtirishi. Bolalar о‘z qо‘li bilan yasagan о‘yinchoqlaridan teatr, stol va barmoq teatrini sahnalashtirishda foydalanishi mumkin. Bunda bolalar oddiy tamoshabin, bо‘lib qolmasdan ular mehnat qiluvchi, ijodkorga aylanib, о‘zlaridan kichik guruh bolalariga sahnalashtirish kо‘rsatish bilan ularni hursand qiladilar. Barmoq teatri qahramonlarini qog‘ozdan yasash mumkin. Qog‘ozdan konus va silindr shaklidagi barmoqqa kiyish uchun yasalgan bо‘lib, odam, hayvonlarning tasvirini tayyorlanadi, uzuk shaklida yasalgan qog‘oz halqaga yelimlab, barmoqqa kiyib olinadi. Ertak qahramonlarini kichik qutichalardan ham yasash mumkin. Qutichalarning tag tomonidan barmoqni kirgizish uchun joy tayyorlab, qutichaga xohlagan qiyofa berish mumkin.
Qutichaning qulay tomonidan barmoq sig‘adigan kichik teshikcha qilib qо‘yiladi, masalan: gugurt qutisidan, kublardan, dumaloq shakldagi qutichalardan va boshqalardan. Barmoq teatrlarining sahnalashtirish uchun turli xil gazlamalardan foydalanish ancha keng tarqalgan. Bunda gazlamaning sitilib ketmaydigan xili tanlanadi va uning teskari tomonidan tikib, sо‘ngra о‘ngiga ag‘dariladi, qolgan joyi tikib chiqiladi. Bolalarga andozaning teskari tomonidan yopishtirishni, kо‘z, qosh, burun, og‘iz kabilarni yopishtirish kerakligini aytib, ularni bajarishga undash mumkin. Bolalar mustaqil soch, jiyak, lenta va tо‘rdan bezaklarni о‘zlari yopishtiradilar. Detallarni bolalar о‘zlari tugmacha, jun iplar yordamida jihozlaydilar. Barmoq teatrini qog‘oz quyqasidan ham yasash mumkin.
Bunda qog‘ozdan silindr shaklini yasab, barmoqka mos qilib qog‘oz quyqani silinrga kirgizib, cо‘ng xohlagan shaklni yasash mumkin. Qurigandan keyin bosh qismlarni bо‘yash lozim. Ularga ba’zi detallarni qog‘ozdan qirqib, yelimlab qо‘ysa bо‘ladi. Masalan: quloqlarni, kо‘zlarni esa tugmachadan, matolardan, turli iplardan sochlarni qilish mumkin. Bunday о‘yinchoqlarni katta va tayyorlov maktabgacha yoshdagi bolalar mustaqil bajaradilar. Kartonga chizib qirqilgan shakllardan: qizcha, qushcha, hayvonlar boshining orqa tomoniga kichik karton kog‘oz qoldig‘idan barmoq kiydiriladigan qilib yopishtirib qо‘yish mumkin.
Pahmoq qо‘g‘irchoqlar yordamida ertaklarni sahnalashtirish. Pahmoq qо‘g‘irchoqlar yordamida ertaklarni sahnalashtirishning о‘ziga xos tomoni shundaki‚ kichkintoylar‚ ertak qahramonlarining aynan о‘zini kо‘radilar. Personajlar pahmoq ekranga yopishtiriladi. Ekran tayyorlash uchun balandligi 40 uzunligi 60 sm li qalin karton yoki faner ustiga pahmoq gazlamasi yopishtiriladi.
Personajlar ekranda mana shu pahmoq orqali yopishtiriladi. Bolalar uchun mо‘ljallangan pahmoq qо‘g‘irchoqlar yordamida ertaklarni sahnalashtirish ertak ishtirokchilari, personajlar, dekoratsiyalar, ertak matni, boshlovchi, ertakchi bobo yoki momolardan iborat bо‘ladi. Pahmoq qо‘g‘irchoqlari yordamida ertaklarni sahnalashtirish uchun personajlar quyidagicha tayyorlanadi: personajlar karton qog‘ozdan qirqib olinadi va rangli bо‘yoqda, guashda bо‘yaladi. Tayyor bо‘lgan personajlar ertak matni bilan birga papkaga solib qо‘yiladi.
Quticha qо‘g‘irchoq. Qо‘g‘irchoqning bosh qismi uchun turli–tuman qutichalarni moslashtirish mumkin (qaymoqdan, sutdan bо‘shagan kubik, silindr shaklidagi idishlar).
Asosiysi unga bolaning qо‘li sig‘ishi kerak. Mavzuga mos qutichalardan‚ detallarini esa turli ashyolardan qirqish va yelimlash mumkin. Buning uchun bolalarga jihozlash uslubini kо‘rsatish kerak. Bolalar bilan shunday о‘yinchoqlar rasmlarini kо‘rib chiqish yasashning ikki varianti mavjud: figuraning butun yoki bosh qismini aks ettirish. Bunda bolalar qо‘lga matodan yubka kiyib, mustaqil tika oladilar. Qо‘l barmoqlari quticha ichiga berkitilgan. Bunday qо‘g‘irchoqlardan gapiruvchi qо‘g‘irchoq qilish mumkin.
Bolalarga og‘zini qilish uchun tuynukcha qirqishga yordam berish kerak. Qutichaning ichidan tuynuk oldini kо‘rsatgich barmoq bilan qimirlatsa, guyoki, qо‘g‘irchoq gapirayotganday tuyuladi.
Sakrovchi о‘yinchoqlar. Bunday sahnalashtirish qahramonlarini yasash uchun dumaloq rezina kerak bо‘ladi. Qog‘oz bо‘laklaridan quyuq massa hosil qilish, rezina esa shu quyuq massa ichida qolishi kerak. Bu quyuqadan har–xil qahramonlarning bosh qismini yasash mumkin. Bu о‘yinchoqni yasashda qog‘oz, turli mato, paralon, sim, klyonka kerak bо‘ladi. Bolalar hayotini muhofaza qilish maqsadida elektr simlar‚ tо‘g‘nog‘ich, skrepka, spitsa va hokazo shikastlantiruvchi asboblardan ehtiyot bо‘lish zarur.



Yüklə 87,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin