Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


-BOB Qo‘g‘irchoq teatrining paydo bo‘lishi, tarixiy ildizlari va tarbiyaviy



Yüklə 87,39 Kb.
səhifə7/9
tarix30.05.2022
ölçüsü87,39 Kb.
#116392
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Erimbetova Komila Alisher qizi

2-BOB Qo‘g‘irchoq teatrining paydo bo‘lishi, tarixiy ildizlari va tarbiyaviy
ahamiyati
2.1. Qo’g’irchoq teatri personajlari yasash orqali badiiy ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish mazmuni va qo’g’irchoq yasash usullari
Rasm chizish, loydan buyumlar yasash va applikatsiya - bu tasviriy faoliyat turlari bo'lib, ularning asosiy vazifasi tevarak-atrofni obrazli aks ettirish hisoblanadi. Masalan, yozuvchining she'ri va rassomning asari. Tasviriy faoliyat maktab yoshidagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. Tasviriy faoliyat bolalarni ongli tomondan tarbiyalashda katta ahamiyat kasb etadi. Birorta predmetni chizish yoki yasash uchun albatta u bilan oldindan tanishish yoki kuzatib chiqish, uning shakli, kattakichikligini, qismlarning joylashishi, rangini bilish kerak bo'ladi. Bu jarayonda ko'rish, sezish, qo'l harakatlari ishtirok etmay qolmaydi.
Bolalar predmet va hodisalarni kuzatish va ko'rib chiqish jarayonida predmetni katta-kichik guruhlarga bo'lib, uning shaklini o'zgartirib, rangini turli-tumanligi bilan tasvirlaydilar. Shuningdek, tasviriy faoliyat jarayonida bolalar turli xil material (qog'oz, bo'r, bo'yoqlar) bilan ularning o'ziga xos xususiyatlari, ular bilan ishlash texnikasi bilan tanishadilar, bu esa bolalarning aqlan o'sishiga sabab bo'ladi. Tasviriy faoliyat jarayonida bolalarda fikr yuritish operatsiyalari (tahlil, sintez, taqqoslash umumlashtirish)ning rivojlanishiga imkon beradi, bu, o'z navbatida, bolalarning oqilona o'sishiga olib keladi. Bu jarayonda bolalarning nutqi rivojlanadi. Sensor tarbiyani amalga oshirishda tasviriy faoliyatning ahamiyati katta. Chunki bolalar predmetlar bilan uzviy bog'lanadilar, ularning o'ziga xos sifatlari, shakli, rangi bilan, katta-kichikligi bilan tanishadilar, ularning farqini, o'xshashligini aniqlaydilar, bu esa bolalarni sensor tarbiyalashga, ko'rgazmali, obrazli fikr yuritishga imkon beradi. Tasviriy faoliyat bolalarni axloqiy jihatdan tarbiyalaydi. Chunki bolalar o'z ishlarida bizning hayotimizda, jamiyatda bo'layotgan voqea-hodisalarni aks ettiradilar, ulardan mamnun bo'ladilar, hayajonlanadilar.
Tasviriy faoliyat jarayonida bolalarda irodaning sifatlari -boshlagan ishini oxiriga yetkazish, oldiga maqsad qo'yib, o'shani bajarishga tomon intilish, qiyinchiliklarni yengish, o'rtoqlariga yordamlashish kabi xususiyatlar tarbiyalanadi. Jamoa ishini yaratish jarayonida bolalarda birbiriga yordam, kelishib ishlash kabi sifatlar tarbiyalanadi. Bolalarda, ishni baholash jarayonida, bolalarni o'rtoqlarining ishiga nisbatan real munosabatda bo'lish, to'g'ri baholash, o'z ishidan va o'rtoqlarining ishidan xursand bo`lish kabi axloqiy sifatlar tarbiyalanadi.
Tasviriy faoliyat bu bolalarni o'z oldiga qo'ygan maqsadlarini bajarishda tinmay mehnat qilishga undovchi faoliyat hisoblanadi. Bolalarda mehnat ko'nikmalarini o'stirish, tarbiyalash kerak, faqat navbatchilik orqali ba'zi bolalarda emas, balki, har bir bolada. Tasviriy faoliyat bolalarga estetik tarbiya berishning asosiy vositasi hisoblanadi. Har bir predmetning katta-kichikligini, rangini, shaklini, fazoda joylashishini ajratish, bu estetik sezgining bo'laklari hisoblanadi. Bolalarda estetik sezgining rivojlanishi - bu rangi, ritmi, proportsiyani chuqurroq sezish bilan bog'liqdir. Bolalar rangni, shaklni, uning xilmaxilligini sezsa yoki his etsa, u shunchalik ranglar aralashmasining xilma-xilligidan zavq oladi, bahramand bo'ladi.
Bolalar ongiga milliy urf-odatlarimizni, an’analarimizni singdirishda‚ ularga shu aziz Vatan barchamizniki ekanligini uqtirish, har tomonlama ma’naviy barkamol qilib tarbiyalashda‚ tevarak-atrofda bо‘layotgan voqea hodisalarni, о‘zini odobidagi ahloqiy kamchiliklarini, tabiatni asrab avaylash, unga mehr uyg‘otishda qо‘g‘irchoq teatrlarini sahnalashtirish ahamiyati kattadir. Chunki sahnalashtirishda tomoshabinlar tomoshalarni faqat kо‘rib, tinglabgina qolmay balki unda mustaqil ishtirok etadi. Bolalar ertaklarni sahnalashtirishini kо‘rganlaridan sо‘ng, qahramonlarning harakati, axloqi, odobini birgalikda muhokama qilish, bola qalbida ezgulikka‚ xayrli ishlar qilishga, odamlarga yaxshilik qilishga intilish tо‘yg‘usini tarbiyalaydi. Bolalar bilan birgalikda ertaklarni sahnalashtirish orqali ertak qahramonlarining (“Oltin tarvuz”, “Zumrad va Qimmat”) о‘ziga xos xususiyatlari aniqlanadi, ularga mos xatti-harakatlarni ijroda qanday aks ettirish kerakligi haqida fikrlanadi, sahna nutqini (ifodali,aniq talaffuz), sahnada harakat erkinligi, sо‘z va harakat uyg‘unligi tarbiyalanadi.
Turli janrdagi badiiy asarlar qurilishi, uslubi jihatidan о‘ziga xos xususiyatlarga ega bо‘lib, ularning bolalarga ta’siri ham har xil bо‘ladi. Tabiiyki, har bir janrga oid asar matni lingvistik jihatdan ham о‘ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, she’riy asarlar matni hikoya matnidan, ertak matni she’r matnidan, ilmiy-ommabop maqola matni masal janriga taaluqli asarlar matnidan tubdan farq qiladi. Topishmoq predmet, voqea-hodisalar о‘rtasidagi о‘xshashlikni taqqoslash orqali о‘zlashtirilsa, maqollar mazmuni hayotiy misollar vositasida sharhlashni taqozo etadi.
Shunga kо‘ra, turli janrdagi badiiy asarlarni о‘qishda tarbiyachidan unga mos usullar tanlash talab etiladi.
Xalq og‘zaki ijodidan ertak janri bolalar tomonidan yaxshi qabul qilinib, qiziqib о‘qilishining sabablaridan biri ertak tilining ta’sirchanligi, о‘tkirligi, ma’nodorligi va xalq tiliga yaqinligidir. Ertaklarning kо‘pchiligida real hayot tasviri sarguzasht elementlar bilan qо‘shilib ketadi. Ertakning о‘tkir maroqli syujeti, voqea rivojidagi favqulodda ajoyib vaziyat bolalarni maftun qiladi, undagi mard, kuchli, topqir, dovyurak, chaqqon qahramonlar, ertakning g‘oyaviy yо‘nalishi, unda ezgulik kuchining - yaxshilikning doimo g‘alaba qilishi bolalarni о‘ziga tortadi. Ertakda qabul qilingan hikoya qilish shakli bir xil sо‘z va iboralarning qayta-qayta takrorlanib turishi, ohangdorligi, tilining ta’sirchanligi, ifoda vositalarining jonliligi, bolalar uchun juda qiziqarlidir. Ertakda qatnashuvchilar kо‘pincha rahmdil, saxiy, adolatli hamda ularning aksi bо‘lgan yovuz, baxil, ochkо‘z obrazlarga bо‘linadi. Ertakning pedagogik qiymati shundan iboratki, bolalar unda tо‘g‘rilik, halollik g‘alaba qilganidan, kambag‘al kishilar qiyinchilikdan qutilganidan, ya’ni yaxshilik, ezgulik rо‘yobga chiqqanidan va yomonlik, yovuzlik mahkumlikka uchraganidan quvonadilar. Ular hayotda ham doimo shunday bо‘lishini istaydilar. Masalan, «Halollik» ertagida asosiy fikr kambag‘allarga yordam kо‘rsatish, о‘z mehnati bilan hayot kechirish bо‘lib, bu hatto butun xalq istagi ekanligi g‘oyasi ilgari surilgan. Bunday g‘alaba maishiy ertaklardan tashqari, sehrli ertaklarda ham ifodalangan. Ertak bolalarda qahramonlarning xatti-harakatini muhokama qilib, baholash kо‘nikmasini о‘stirishi bilan birga yaxshilikning doimo g‘alaba qozonishiga ishonch uyg‘otadi. Bolalar ertakni tahlil qilish jarayonida «Kishilardagi qanday sifatlar sizga yoqdi? (yoki yoqmadi?) Nima uchun?», «... nima uchun jazolandi? (yoki rag‘batlantirildi?)», «Nima uchun ertakdagi ba’zi qahramonlarga hatto tabiat kuchlari ham yordam beradi? (yoki ba’zilaridan yuz о‘giradi?)» kabi savollarga javob topish jarayonida mushohada qiladilar, muhokama qilib, xulosaga keladilar. Maktabgacha ta’lim muassassalarida hayvonlar haqidagi ertaklar kо‘proq tanishtiriladi. «Bо‘rining tabib bо‘lgani haqida ertak» (Anvar Obidjon), «Kо‘zacha bilan tulki», «Olapar, Mosh, Musicha» kabi ertaklar aniq hayotiy hikoyalar tarzida о‘qitiladi va tahlil qilinadi. Ertak matni ustida ishlashda savollarga javob berish, bolalarning о‘zlari ertak mazmuniga oid savollar tuzib, javob berishlari, reja tuzish, qayta hikoyalash, ijodiy davom ettirish, ertak aytish, qahramonlarni grafik asvirlash kabi ish turlaridan foydalaniladi. Bunday ertaklarda hayvonlarning odatlari tahlil qilinadi, ammo ularni kishilar harakteriga taqqoslash tavsiya qilinmaydi.
Maktabgacha ta’lim tajribasidan ma’lumki, kichik yoshdagi bolalar ertakdagi hayvonlar gapirmasligini, tulki va turna bir-birinikiga mehmonga bormasligini yaxshi biladilar, ammo ertaklar dunyosini hayotiy hikoya kabi qabul qiladilar. Ertakni tahlil qilganda, barcha ishlar uning mazmunini yaxshi idrok etishga, syujet rivojini, qatnashuvchi personajlarning xatti- harakati, о‘zaro munosabatlarini tо‘g‘ri tasavvur etishga yо‘naltiriladi. Bunda tanlab о‘qish va qayta hikoyalashning ahamiyati katta. Bunday ertaklarni tahlil qilish badiiy hikoya tarzida uyushtiriladi. Tarbiyachi, bolalar rahbarligida ertakda qatnashuvchilarning xulq - atvori, ayrim xatti-harakatlarini baholaydilar, ularning bir-birlariga bо‘lgan munosabatlarini aytadilar va shular asosida ayrim obrazlar haqida xulosalar chiqaradilar, ertak rejasini tuzadilar, ertakni rollarga bо‘lib о‘qiydilar. «Davlat» ertagi oddiy turmushga tegishli hodisalarni tasvirlovchi ertakdir. Ertakni о‘qishga tayyorlash uchun ota-bobolarimiz atrofni, tabiatni, borliqni qanday tasavvur etishlari haqida suhbat о‘tkaziladi. Bunday suhbat ertakdagi badiiy obrazlarni, ularning о‘zaro munosabatlarini, xulq- atvorlari, harakterlarini tо‘g‘ri tushunishga yordam beradi.
«Davlat» ertagi matni ustida ishlash jarayonida bolalar «Dehqonning xonadoni qanday hayot kechirar ekan?», «Nima uchun Davlat dehqonning xonadonidan ketishni istamaydi?» kabi savollarga javob topish orqali ertak qahramonlarini baholaydilar, ahil va inoq bо‘lib, halol mehnat qilish lozim degan xulosaga keladilar.

Yüklə 87,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin