Bolalarni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalashda tarbiyachining pedagogik mahorati Mohichehra
1.2 Tarbiya tamoyillari Tarbiya tamoyillari deb, yosh avlodni tarbiyalash maqsadidan kelib chiqadigan va komil insonni tarbiyalashning mazmuni va yo'nalishiga qo'yiladigan eng muhim talablarni belgilab beruvchi asosiy g'oya va qoidalar yig'indisiga aytiladi.
Tarbiya tamoyillari o'qituvchi va tarbiyalanuvchilarga yo'lyo'riq ko'rsatuvchi qoidalar bo'lib, yosh avlodni tarbiyalash, barkamol insonni shakllantirish vazifalariga muvofiq belgilanadi, shuningdek, ular shaxs tarbiyasi borasidagi ilg'or ta'limotlar
g'oyalariga hamda pedagogika fanida erishilgan yutuqlarga
asoslanadi.
Tarbiya tamoyillari tarbiya jarayoni qonuniyatlarini aks ettiradi. Tarbiyaviy jarayonda ilg'or tamoyillarga amal qilinishi tarbiya samarasini ta'minlaydi. Tarbiya tamoyillari quyidagilardan iborat:
- Tarbiyaning maqsadga yo'naltirilganligi va g'oyaviyligi;
- Tarbiyada demokratik va insonparvarlik g'oyalarining ustunligi;
-Tarbiyada izchillik va tizimlilik;
-Tarbiyani ijtimoiy hayot bilan qo'shib olib borish;
-Tarbiyani mehnat bilan bog'lash;
-Tarbiyalanuvchi shaxsini hurmat qilish;
-Tarbiyada o'quvchining yosh va alohida xususiyatlarini hisobga olish;
-Jamoa va jamoa yordamida tarbiyalash;
- Tarbiyada o'quvchi xulqidagi ijobiy sifatlarga tayanib, salbiy tomonlarni yo'qotish;
Tarbiyaning maqsadga yo'naltirilganligi va g'oyaviyligi -
o'qituvchi ijtimoiy tarbiya maqsadi va vazifasini aniq tasavvur etishi va puxta anglab olishi zarur.
Yosh avlodni yuksak g'oyaviylik ruhida tarbiyalash ularning ongiga xalq, millat, yurt, jamiyat manfaatiaridan yuqoriroq manfaat bo'lishi mumkin emasligini singdirishi, ularni vatanga, xalqqa muhabbat ruhida va sadoqatli qilib tarbiyalash demakdir.
Bu sohada mustaqil respublikamiz xalq ta'limi xodimlarining asosiy vazifasi erkin, ijodkor, mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega, yetuk mutaxassis, komil shaxsni tarbiyalashdan iboratdir. Maktabda va maktabdan tashqarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning barchasi ijtimoiy tarbiyaning maqsadini ro'yobga chiqarishga yo'naltirilishi zarur.
O'qituvchi (tarbiyachi) lar jamoasi va har bir o'qituvchi-tarbiyachi tarbiyaning maqsadi har tomonlama kamol topgan mukammal inson shaxsini tarbiyalashdan iborat bo'lishi lozim.Ana shunda mazkur tamoyil o'z vazifasini bajargan bo'ladi.
Tarbiyada demokratik va insonparvarlik g'oyalarining ustunligi - tarbiyada inson shaxsini ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o'smir va o'spirinning betakror va o'ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy xulqi va erkinligini hisobga olish lozim. Tarbiyani demokratiyalash bu – tarbiyani ma'muriy ehtiyoj va qiziqishlardan yuqori qo'yish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o'rtasidagi o'zaro ishonch, hamkorlik asosida pedagogik munosabatlar mohiyatini o'zgartirish demakdir.
Bu tarbiya ishiga jamoatchilikni jalb qilish, uning rivojlanishiga
jamoat omilini kiritish demakdir. O'qituvchi o'quvchiga awalgidek, tarbiya obyekti emas, balki o'zi kabi subyekt deb qarashi darkor. Ya'ni o'quvchini teng huquqli hamkor, hamfikr deb qarash lozim. Umuman, ta’lim va tarbiyani insonparvarlashtirishning pedagogik diqqat hamda e'tibor markazida insonning muhim masalasi va muddaosi, ya'ni bolalarda inson shaxsiga dunyodagi eng yuqori, bebaho boylik sifatidagi munosabatini shakllantirishdek faoliyat yotadi.
Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustunligixalqningko'p asrlik qadriyatlarini, ulkan va boy merosini chuqur bilmasdan milliy o'zlikni anglash, milliy g'urur tuyg'usini qaror toptirish mumkin emas. Shu bois, xalq an'analari urf-odatlari, marosimlari, xalq og'zaki ijodi, milliy o'yinlar va ularda ifodalangan g'oyalarni o'quvchilar ongiga singdirish, ularda ushbu g'oyaga nisbatan hurmatni qaror toptirish lozim. Umumbashariyat uchun qadrli, ardoqli bo'lgan, insoniyat o'tmishi, buguni hamda kelajagi uchun daxldor qadr-qimmatga ega bo'lgan an'analar, urf-odatlar haqida ma'lumotlar berish, ularda mehr-muhabbat tuyg'usini uyg'otish, ularni qo'llab-quvvatlash, ezgu g'oyalar uchun kurashish hissini qaror toptirish
tarbiya jarayonida amalga oshirilishi lozim.
Tarbiyada izchillik va tizimlilik - tarbiyaga yaxlit tizimli yondashish pedagogik harakatning pirovard natijasiga yo'naltirilganlik darajasini belgilab beradi.
Bunday pedagogik maqsad va vazifalar, ularning mazmuni
tarbiyaviy jarayonning barcha qatnashuvchilari tomonidan tan
olinishi shart.
Tarbiyada izchillik juda muhimdir, O'quvchilarga birdaniga ko'p talab va qoidalarni taqdim qilish mumkin emas. O'qituvchilar o'quvchilarga bo'lgan munosabat jarayonida o'zaro bir-biriga zid harakatda bo'lmasliklari, yagona talab qo'yishlari lozim.
Tarbiyalanuvchilarni Vatanimiz qadriyatlari, boy madaniyati bilan tanishtirish, madaniy va diniy bilimlarini egallashga bo’lgan talablarini shakllantirish malakalarini oshirib, tobora boyitish, estetik tushunchalarni shakllantirish juda muhim. Xalqimizning ko’p asrlik qadriyatlarini ulkan boy va madaniy merosini chuqur bilmasdan, milliy o’zlikni anglash, milliy g’urur tuyg’usini qaror toptirish mumkin emas. U yaratgan madaniy boyliklar yoshlar tarbiyasida muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. Buyuk mutafakkirlarning asarlari orqali o’kuvchilar go’zal axloq, baxt, insof, poklik, mehr - shavqat, ota - onani hurmat qilish qoidalari haqida keng tasavvurga ega bo’ladilar. Insoniylik - o’z tarkibiga insonning eng yaxshi axloqiy xususiyatlarini, do’stlik, ota - onaga sadoqatlilik, mehnatsevarlik, diyonatlilik kabi fazilatlarni qamrab oladi. Shu sababli insondagi eng yaxshi fazilatlar avloddan - avlodga ko’chib kelgan.
Tarbiyachi avvaliga bolalardan biror narsani talab qilib, so’ngra o’zi bu talabni unutib qo’ysa, bu hol tarbiyaga yomon ta’sir qiladi. O’qituvchi subutli, o’z lafziga sobit bo’lmog’i kerak. O’quvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishda izchillikka rioya qilish va bir xil talab qo’yish muvaffaqiyat qozonishning eng muhim shartlaridan biridir. Tarbiya uzoq davom etadigan jarayon, unda ota - ona, o’qituvchi, jamoatchilik qatnashadilar.
Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining tarkibiy qismi bo‘lib, tarbiyaviy jarayon mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari hamda uni tashkil etish muammolarini o‘rganadi. Yosh avlodni tarbiyalashda nimalarga e’tibor qaratmoq lozim? Bunday masalalarni hal etishda avvalo mamlakatimizda siyosiy-ijtimoiy sohalarda yuz berayotgan islohatlar mohiyatini chuqur va atroflicha mushohada qilib olishga to‘g‘ri keladi. CHunki davr ham, inson tarbiyasi ham o‘zgarib bormoqda. Ayniqsa, XXI asr insoniyat tarixida kompyuter davri bo‘lib kirib keldi.
Fan-texnika qanchalik jadal rivojlanib, jamiyat hayotida muhim joy olib, ishlab chiqarish jarayonlarini tezlashuviga qanchalik samarali ta’sir etmasin, tarbiya nazariyasida shaxsni komil etib tarbiyalash, bu borada Markaziy Osiyo mutafakkirlari, halq pedagogikasi hamda jahon pedagogikasining ilg‘or fikrlariga tayanib ish ko‘rish zarur bo‘ladi.
Yoshlarni barkamol inson qilib tarbiyalashda birinchi navbatda Sharq mutafakkirlarining qimmatli ma’naviy meroslari muhim dasturil amal ahamiyatiga ega bo‘ladi. Muhammad al-Horazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad al-Farg‘oniy, Imom Ismoil al-Buhoriy, Ahmad YAssaviy, Bahovuddin Nahshband, Amir Temur, Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek, Alisher Navoy va Zahiriddin Muhammad Bobur singari olamga mashhur allomalarining ijtimoiy, siyosiy va falsafiy qarashlari barcha zamonlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Tarbiya natijalari tez sur’atda yaqqol ko‘zga tashlanmaydi. O‘zida insoniyat sifatlarini namoyon eta olgan shaxsni tarbiyalab voyaga etkazishda uzoq muddatli davr talab etiladi. Maktab tarbiyasi shaxs ongi, dunyoqarashini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. CHunki yoshlik yillarida insonda odob tizimi yuqori darajada ta’sirchan hamda beqaror bo‘ladi. SHu bois tarbiya muvaffaqiyati ayni o‘quvchilik yillarida shaxsga to‘g‘ri tarbiya berish lozimligini taqozo etadi. Tarbiya jarayonining yana bir muhim xususiyati uning uzluksizligi sanaladi.
Tarbiya jarayoni o‘quvchilar va o‘qituvchining birgalikdagi uzluksiz, tizimli harakatlari jarayonidir. O‘quvchilarda ijobiy sifatlarni qaror toptirishda yagona maqsad sari yo‘naltirilgan, bir-birini to‘ldiruvchi, boyitib boruvchi, takomillashtiruvchi tarbiyani tashkil etish alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois, oila, ta’lim muassasalari va jamoatchilik hamkorligida tashkil etilayotgan tarbiyaviy tadbirlarni uzluksiz o‘tkazilishiga erishish maqsadga muvofiqdir.