N.Ye.Shukurovaning “Tarbiyasi qiyin” bo’lgan bolalar bilan ishlash mazmuni quyidagicha: a) bolalar ongida qo’zg’alishni uyg’otish orqali “O’z ongini” va o’quvchilarning o’zaro hurmatini shakllantirish. b) mehnatni ilmiy asosda tashkil etish - bu o’quvchilarning ta’lim-tarbiyasiga eng yuqori natijaga erishishda o’qituvchining vaqtdan samarali foydalanishiga tushuniladi. Tajribasiz tarbiyachi tarbiyaviy ishni tashkil etishda uning mazmuni bilan band bo’lib, ilmiy-pedagogik asosda tashkil qilishni o’z vaqtida bajara olmaydi. Tajribali o’qituvchi unday tarbiyani olib borishda sharoiti, sinf jamoasining tarbiyalanganligini, olib borilayotgan tarbiyaning maqsadini oldindan rejalashtirib olishi zarur. Yosh tarbiyachi, tajribani faqat tashkil etishni va uni o’tkazishni nazarda tutadi. Mohir tarbiyachi esa, uni konkret vaqtda, bir necha ta’lim-tarbiyaviy maqsadni amalga oshirishda reja asosida ishlab yuqori natijani qo’lga kiritadi. Pedagogik jarayonda vaqtni tejaydi, vosita va mavjud imkoniyatdan maksimal foydalanadi. Masalan: jamoa bo’lib kinofilm ko’rishni tashkil qilish va h.k. c) tarbiya natijasini hisobga olish. Tarbiya natijasi o’quvchining xulq-atvoridagi o’zgarishlar bilan o’qishga ya’ni mehnatga bo’lgan munosabatlarida o’z ifodasini topadi. Tarbiyaviy faoliyatning samaradorligini aniqlash juda qiyin va murakkab ishdir. Bolalarning tarbiyalangan darajasini aniqlashda ular bilan olib borilgan tadbirlar soni bilan emas balki natijasi bilan xulosa qilish to’g’ri bo’ladi. Tarbiyaviy ishlarda baho berishning asosiy mezoni o’quvchilarning tarbiyalanganlik darajasidir. O’quvchilar tarbiyalanganlik darajasini qanday sifatlar belgilaydi? Ilmiy tadqiqotchilar V.A.Yurikov, M.N.Plaxovlarquyidagilarga diqqatni qaratadi: 1. Bolalarining o’qishga, o’quv mashg’ulotiga qiziqish va ilmga intilish darajasi va hokazo. 2. O’quvchining mehnat faoliyatiga, mehnat topshiriqlarini sifatli qilib bajarishni foydali mehnatda qatnashishi va hokazo. 3. O’quvchining bir-biriga, o’rtog’iga, o’zaro hamkorligi, sinf jamoasiga, do’stlariga, maktabda o’qituvchilarga munosabatlariga va hokazo.