Tyutorlar faoliyatini o‘rganish jarayonida quyidagi kamchiliklar aniqlandi.
Barcha fakultetlar tyutorlar tomonidan bo‘limga tegishli hujjatlar (biriktirilgan guruhlar statistikasi, ish rejalar, hisobot) to‘liq topshirmagan
Vazirlik va bo‘lim tomonidan berilgan topshiriqlarni ijrosini bajarishda barcha fakultet tyutorlari ma’sulyatsizlik bilan yondashgan.
Boshlang‘ich ta’lim, O‘zbek tili va adabiyoti, Tabiiy fanlar, Tarix , Maktabgacha ta’lim, Maxsus pedagogika va inkluziv ta’lim fakultetlari axborot va tyutorlik soati dars jadvallari elektron ro‘yxati topshirmaganlar.
Tabiiy fanlar, O‘zbek tili va adabiyoti,Pedagogika va psixologiya, Maxsus pedagogika va inkluziv ta’lim, Harbiy ta’lim fakultetlari tyotorlari Ijarada yashovchi talabalarning yashash sharoitlarini o‘rganish va ijara xonadonlariga tashriflar uyushtirmagan (universitet ijtimoiy tarmog‘ida faoliyat yoritilmagan).
Harbiy ta’lim fakulteti tyutorlari tomonidan talabalar turar joyida yashovchi talabalarning asoslovchi hujjatlari topshirilmagan
M.Xo‘jayevning axborotlarini tinglab va so‘zga chiqqan yig‘ilish a’zolarining fikr mulohazalari asosida
Q A R O R Q I L I N D I :
3.1. Kun tartibining 3-masalasi yuzasidan M.Xo‘jayevning axborotlari ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3.2. Fakultet dekan o‘rinbosarlariga:
3.2.1. Ijro intizomiga to‘liq amal qilish;
3.2.3. Universitetning tegishli ijtimoiy kanallari orqali beriladigan topshiriqlar ijrosini belgilangan muddatda bajarish;
3.2.4. Odob-axloq va Ichki mehnat tartibi qoidalarining mazmun-mohiyatini talabalarga tanishtirish va ularga amal qilinishini ta’minlash vazifalari yuklatilsin.
3.3. Mazkur qaror ijrosi bo‘yicha nazoratni o‘z zimmamda qoldiraman.
Yig‘ilish raisi: V.Rajapov
Yig‘ilish kotibi: N.Hasanova
Dostları ilə paylaş: |