Kibernetika metodi. Kibernetika grekcha so‘z bo‘lib, rolni boshqaraman, idora etaman, boshqarish san’ati degan ma’noni anglatadi. Kibernetika ishlab chiqarish, texnika, tirik organizmlar va kishilik faoliyatini boshqarishning umumiy prinsip va vositalarini ishlab chiqadi. Kibernetika mazmunini informatsiya, dasturlashtirish, boshqaruvchi tizimlar, model yasash singari asosiy nazariyalar tashkil etadi.
Pedagogika kibernetika o‘quv-biluv jarayonlarini boshqarishning alohida shakli sifatida o‘ziga xos xususiyatga ega, Chunki pedagogik jarayon bilan ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish o‘rtasida juda katta farq bor.
Sotsilogik metod. Yuqoridagi sanab ko‘rsatilgan metodlarni qo‘llashda tadqiq qilinayotgan o‘quvchilar soni chegaralangan, ularning kamchiligi ham shunda ekanligini bilishimiz kerak. Bunday paytda o‘quvchilarning ko‘pchiligi bilan ommaviy ravishda pedagogika fanining u yoki bu muammosini hal etishda sotsiologik metodni qo‘llash talab qilinadi. Misol uchun maktab o‘quvchilari o‘zlarining bo‘sh vaqtlarini qanday o‘tkazishini aniqlash uchun tezlikda anketa savollari asosida so‘rash ko‘plab o‘quvchilarda o‘tkaziladi va aniq bir xulosaga kelinadi.
Keyingi yillarda pedagogika fanida mamavzutik metod va xususan, statistika materillarini ishlash metodlari keng qo‘llanilmoqda. Masalan, maktablarning birida matematika fani bo‘yicha o‘quvchilar uy ishlarining bajarilishi o‘rganilganda IV sinfda uy vazifalarini mustaqil bajarish 80%, VI sinfda 75%, VIII sinfda 55% ni tashkil qilganligi aniqlangan. Buning asosiy sababi nimada ekanligini aniqlash kerak. Buning sababi ikki tomonlama yuz berishi mumkin. Birinchidan, mazkur matematika fanining o‘quv dasturi murakkablashganligidan yoki shu fanni o‘qitish sifati pastligidan izlash kerak .
Nazariy pedagogik g‘oyalarni tahlil qilish metodi. Bu metod ta’lim-tarbiyaning chuqur muhim masalalarini ilmiy umumlashtirish bilan emas, balki uni amalga oshirishda yangi qonuniyatlarni tajribaga asoslangan (empirik metod) yordamida amalga oshiriladi. Buni quyidagi misol bilan isbotlash mumkin. Shaxsni umumiy maqsadli rivojlantirish, shaxsni har tomonlama rivojlantirish bilan o‘zaro aloqadorlikda amalga oshadi. A.S.Makarenko ta’kidlaganidek, odam organizmi alohida-alohida holda rivojlanmaydi, balki barchasi o‘zaro uzviy bog‘liqlikda bir vaqtda rivojlanadi, degan xulosaga kelgan. Bundan shunday xulosa chiqarish to‘g‘ri bo‘ladi. Tarbiya jarayoni shaxsni har tomonlama rivojlantirishni ta’minlamog‘i kerak.
Modellashtirish, bu – real mavjud pedagogika tizimiga aynan o‘xshash maxsus andoza (model)ni yaratib, unda bu tizimni tashkil qilish va faoliyat ko‘rsatish prinsiplarini takrorlagan holda uning moddiy yoki xayoliy tarzda ishlab ko‘rish demakdir. Modellashtirish yordamida tizimning ushbu aniq holatda muhim bo‘lmagan xususiyatlaridan chetga chiqish mumkin. Tadqiqotchi pedagog bu metoddan foydalanarkan, ayrim xususiyatlar, shakllar va jarayonlarni analitik tarzda o‘rganish o‘rniga nazort qiladigan sharoitlardagi yaxlit tizimlarni sintetik tarzda bilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Turli fanlardan dars beradigan o‘qituvchilar o‘quvchilar bilan ishlashda, o‘z maqsadlariga erishishda o‘ziga xos ilmiy tadqiqot metodlaridan foydalanishadi. Masalan, matematika o‘qituvchisi kibernetika metodidan, fizika o‘qituvchisi o‘quvchilar ijodini o‘rganish metodidan, ximiya o‘qituvchisi anketa metodidan, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi suhbat metodidan foydalanib o‘z maqsadiga erishadi.
Vaziyatni tahlil qiling va ularning ish usullariga baho bering.
1. Siz mutaxassis sifatida o‘z maqsadingizga qanday ilmiy tadqiqot me-todlaridan foydalangan holda erishmoqchisiz?
2. Siz bu muammoni qanday ijodiy hal qilasiz?
Mustahkamlash uchun savollar:
1. Mutaxassislar nima uchun ilmiy tadqiqot metodlarini bilishlari kerak?
2. Pedagogika fani nima uchun ilmiy tadqiqot metodlaridan foydalanadi va u qanday muammolarni hal etadi? Uning qanday metodologik asosi mavjud?
3. Fanning qanday ilmiy tadqiqot metodlari mavjud va ularni pedagogik asoslab tahlil qiling?
4. Har bir ilmiy tadqiqot metodi qanday maqsadni nazarda tutadi va uning boshqa metodlardan farqi nimada?
5. Ilmiy tadqiqot metodlaridan qanday foydalaniladi va ularga qo‘yiladigan talablarni asoslang?
6. Ilmiy tadqiqot metodlarining pedagogikaning rivojlanishidagi amaliy ahamiyati qanday?
7-MAVZU: BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHNING MAQSAD HAMDA VAZIFALARI
Reja:
-
Barkamol avlodning tarbiyasiga qo‘yiladigan talablar.
-
Aqliy tarbiyaning barkamol avlod tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyati.
Tayanch tushunchalar: Barkamol inson, yosh avlod, ajdodlar merosi, ta’limot, jamiyat taraqqiyoti, milliy dastur maqsadi, davlat manfaatlari, komil inson, ongli, mustaqil fikrlaydigan, ma’rifatli, ma’naviy-axloqiy talablar, muqaddas bir fazilat, bebahra, millatparvar, faol inson.
Barkamol avlod tarbiyasining maqsad va vazifalari.
Respublikamizning hozirgi davri, bundan keyingi taraqqiyoti va istiqboli hamda mustaqilligining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, madaniy-ma’naviy qadriyatlarini mustahkamlash uchun yosh avlodga dunyo standartlari darajasida bilim berishimiz hamda milliy ruhda tarbiyalashimiz shartdir. Bu vazifalarsiz ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlay olmaymiz Chunki, jamiyat manfaati yo‘lida o‘zidagi barcha bilim, qobiliyat va iste’dodini baxshida etadigan yetuk insonlar, uddaburon yoshlar, fidoiylar bo‘lmasa, O‘zbekistonni dunyodagi eng ilg‘or davlatlar safiga qo‘shilishi qiyin. Yoshlarni tarbiyalash uchun birinchi galda Sharq mutafakkirlarining ma’naviy meroslari dasturul amal bo‘la oladi. A.N.Forobiy, A.Yassaviy, B.Naqshbandiy, Ismoil Al Buxoriy, A.R.Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Al-Xorazmiy, Al-Farg‘oniy, Firdavsiy, A.Temur, A.Navoiy va Z.M.Bobur singari jahonga taniqli va shular singari boshqa aql egalarining ijtimoiy-siyosiy, falsafiy va ta’lim-tarbiya sohasidagi ta’limotlariga tayanib ish ko‘rilsa, tarbiya ta’sirchanligi yanada mukammallikni kasb etadi. Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinib turibdiki, yoshlarni tarbiyalab yetishtirish – muqaddas burchimiz, or-nomusimiz. Lekin, ma’naviy-axloqiy xislatlarni shakllantirish oddiy ish emas. U kunlar, oylar va hatto o‘n yillab oliy maqsad yo‘lida sabr-toqat, chidam va qa’tiyatlilik, irodali bo‘lishimizni talab etadi.
Jamiyat taraqqiyoti va shaxs kamoloti uchun bo‘lgan ma’naviy va axloqiy poklanish iymon, insof, diyonat, or-nomus, mehr-oqibat, keksalarga hurmat singari milliy fazilatlar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Hammasining zamirida yosh avlodga oilada, maktabda, xalq ta’limining boshqa tarmoqlarida olib boriladigan ta’lim-tarbiya yotadi. Umuman olganda, yuqoridagi barcha tadbirlar O‘zbekiston yoshlarini barkamol, yetuk insonlar qilib tarbiyalash va shakllantirishga qaratilgan hamda shaxsni barkamol qilib shakllantirish milliy tarbiyaning bosh maqsadi etib belgilangan. Bunga shubha qilish aslo mumkin emas.
Umuman, yosh avlodni hozirgi turmushimiz, zamon ruhiga mos, yetuk inson bo‘lib shakllanishi uchun tarbiyaning tarkibiy qismlari (aqliy, axloqiy, siyosiy, mafkuraviy, mehnat, jismoniy, estetik, huquqiy, ideologik, iqtisodiy, ekologik va politexnik ta’lim)ga mos yo‘nalishlariga tayanib ish olib borishni kundalik hayotning o‘zi taqozo etmoqda.
Shaxsni har tomonlama kamol toptirish haqidagi buyuk mutafakkir Y.X.Hojib “Inson faqat jamiyatdagina, boshqa kishilar bilan muloqotda va o‘zaro munosabatda, ijtimoiy foydali mehnatdagina chinakam kamolotga erishadi” degan g‘oyani ilgari surgan. Mashhur rus olimi D.I.Mendelev “Inson ijtimoiy davlat manfaatlariga qanchalik keng naf keltirsa, u shunchalik kamolotga yetishgan bo‘ladi” deb hisoblagan. “Komil inson deganda biz, avvalo onggi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o‘zgalarga ibrat, bo‘ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz” – deb ta’kidlagan. I.A.Karimov. “Bolalarimizga yaxshilikni singdirib o‘stiring, ularga baxtni faqatgina shu fazilat beradi” – degan edi mashhur musiqashunos Betxoven. V.A.Suxomlenskiy: “Biz tarbiyachilarning vazifamiz – ulug‘ va faxrli, har bir tarbiyalanuvchining qalbiga yuksak ideallarni singdirib ilhomlantirish. Shunday qilishimiz kerakki, ularning qalblariga kichkinagina shaklda xalq qiyofasi aks etsin. Buni amalga oshirgan kishi ishonch bilan men tarbiyaviy maqsadga erishdim, deya oladi” – deya ta’kidlagan. Buyuk sohibqiron A.Temur “Har bir kishi millatning dardiga darmon bo‘lishi kerak” – degan g‘oyani ilgar surgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da “Dasturning maqsadi – ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yukasak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yaratish” – deb belgilangan. Bunday kadrlar o‘zlarida barkamol inson uchun zarur bo‘lgan aqliy, axloqiy, mehnat, estetik, jismoniy, iqtisodiy, ekologik, huquqiy tarbiya sifatlarini shakllantirmog‘i kerak. Eng muhimi bundan kadrlar halol, haqgo‘y, adolatli, so‘z va ish birligi ta’minlaydigan ma’naviy kamolotga ega bo‘lgan, faol, ijodkor va vatanparvar bo‘lmog‘i kerak. Al-Buxoriy komil insonni shunday ta’riflaydi: “O‘zi yaxshi ko‘radigan narsani o‘zgalarga ham ravo ko‘rmaguncha, kishi mo‘min va komil bo‘la olmaydi”.
Aqliy tarbiY. Aqliy tarbiya barkamol inson tarbiyasining yetakchi tarkibiy qismi bo‘lib, o‘quvchi yoshlarni tabiat, jamiyat, kishi tafakkuri haqidagi bilimlar tizimini egallab olishi, ularda ilmiy dunyoqarash, yuqori darajada onglilikni ta’minlash barcha fan asoslaridan xabardor qilish, tafakkur, nutq qobiliyati hamda turmush, ko‘nikma odatlarini shakllantirishni maqsad qilib qo‘yadi. Aqliy tarbiyani shunday tashkil etish zarurki, toki yoshlar aql-zakovatli, borliq dunyoni ilmiy idrok etadigan, o‘z oldida turgan barcha vazifalarni ongli bajara oldigan, insoniy qadr-qimmatni ulug‘layligan bo‘lsin. Inson kamolotida ilm egallash ezgu fazilatlardan biri hisoblangan va bugun, erta ham shunday bo‘laveradi. Bu haqda Al-Buxoriy “Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay” – degan edi.
Axloq-odobga oid hadislardan birida “Beshikdan qabrgacha ilm izla” degan hadisi-sharif fikrimiz isbotidir. A.Yugnakiyning “Hibbatul haqoyiq” asarida . “Bilimsiz kishi esa sog‘lom bo‘lsa ham, uning nomi o‘likdir” – degan.
A.Avloniy “Ilm inson uchun g‘oyat va muqaddas bir fazilatdir, ilmsiz inson - mevasiz daraxt kabidir”. A.Navoiy “Farhod va Shirin” dostonida ilm orqali Farhodning aql-idrokli, irodali va e’tiqodli, bilimdon, hunarmand, kamtar, insonparvar inson bo‘lganligini ko‘rsatadi. Demak, yuqorida aytilganidek, yoshlar aqlini rivojlantirish uchun birinchi navbatda ilm olishga da’vat etilishini anglashimiz shart. “Ruhiy ko‘tarinkilik va ilhom qanchalik kuchli bo‘lsa, ongga shunchalik ko‘proq bilim beradi” - degan V.A.Suxomlenskiy. “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur, zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqalarga poymol bo‘lur” - deb e’tirof qilgan Maxmudxo‘ja Behbudiy.
Muhtarram prezidentimiz I.A.Karimov tarbiyaning vazifasi haqida shunday degan edi: “Bilimga chanqoq, iste’dodli yoshlarni topib, ularni Vatanga fidoyi insonlar qilib tarbiyalash muqaddas vazifamizdir”.
Huquqiy tarbiY. Barkamol avlod tarbiyasida huquqiy tarbiya asosiy o‘rinni egallaydi. Hozirgi davrda O‘zbekiston Respublikasida huquqiy demokratik jamiyat qurilayotgan bir sharoitda huquqiy tarbiya benihoyat katta ahamiyat kasb etadi. Bu haqda kadrlar tayyorlashning milliy dasturining uzluksiz ta’limni isloh qilish yo‘nalishlarida “ta’limning barcha darajalarida ta’lim oluvchilarning huquqiy ta’lim-tarbiyasini takomillashtirish” zarurligi ta’kidlangan. Demak, ta’limning barcha turlarida huquqiy ta’lim-tarbiya berish hozirgi davrning dolzarb vazifasidir. Barkamol inson huquqiy tarbiyasiz shakllanmaydi. Bu haqda bobomiz sohibqiron Amir Temur “Qonun hukmron bo‘lgan joyda erkinlik ham bo‘ladi” degan dono so‘zlarni oltin harflar bilan yozib qo‘yishga amir bergan edi. Haqiqatan ham hozir yoshlarni erkin va obod, ozod yashashi uchun barcha huquqiy asoslar yaratilmoqda. Fuqarolarning turmush darajasini ko‘tarish uchun eng avvalo, ularning huquqiy saviyasini oshirish kerak. Bu haqda 2001-yil yanvarda qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rnatishni tashkil etish” to‘g‘risidagi qarori muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston – mustaqil demokratik, huquqiy davlat, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e’tiqodlaridan qat’iy nazar fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlab beradigan davlat. O‘quvchi va yoshlarga tarbiya berishda ularda yuksak fuqarolik his-tuyg‘ularini, sifat va xislatlarini tarkib toptirishda ta’lim-tarbiya birligi muhim rol o‘ynaydi. Ta’limiy va tarbiyaviy vositalar hamda omillar juda ko‘p. Hayotga qadam qo‘yayotgan har bir yosh avlod O‘zbekiston Respublikasining Qomusini bilishi va unga amal qilishi kerak. Buning uchun maktab o‘quvchilarida huquqiy bilim, tasavvur, tushuncha, ma’lumot, ong va madaniyatni tarkib toptirish zarur. Yoshlar ongiga jamiyat manfaatlari yo‘lida halol mehnat qilish, haqgo‘y bo‘lish, adolatsizlikka, tekinxo‘rlikka, ta’magirlikka qarshi murosasiz bo‘lish, qonun meyorlariga hurmat nazari bilan qarashni tarbiyalash nihoyatda muhimdir. Yoshlar ongida huquqiy sifatlarni singdirishda tarbiyaning barcha omil va vositalari, usullaridan oqilona foydalanish, hech shubhasiz, o‘zining samarali natijalarini beradi.
Ekologik tarbiY. Barkamol insonni tarbiyalashda ekologik ta’lim-tarbiya ham asosiy o‘rinni egallaydi. Barkamol inson o‘z salomatligini, hayotini ona zaminsiz, o‘simlik, hayvonot olamisiz, havo, suv va jonsiz narsalarsiz tasavvur qilishi qiyin. Inson tabiat bilan bog‘lanish va uning musaffoligi haqida tarbiya olishi kerak. Bu haqda Prezidentimiz “O‘zbekiston buyuk kelajak sari” asarida: “Keng ko‘lamdagi ekologik tanglik tahdidini barham toptirish respublika aholisi uchun, jismoniy sog‘lom yosh avlodning dunyoga kelishi va rivojlanishi uchun zarur sharoitlar hamda ekologiya jihatidan musaffo hayotiy muhit yaratish imkonini beradi”, - deb ta’kidlagan. Haqiqatan ham insonning barkamol shakllanishida ekologik muhitning ta’siri kuchli. Shuning uchun yoshlar ongida ekologik tushuncha, ma’lumot, ong, madaniyatni va odatni tarbiyalash hozirgi davrning dolzarb masalasidir.
Mustahkamlash uchun savollar:
-
Barkamol avlod tarbiyasining maqsadi haqida Sharq mutafakkirlari qanday g‘oyalarni ilgari surgan?
-
Hozirgi davrda yosh avlod tarbiyasi bo‘yicha qanday pedagogik muammolar qo‘yilmoqda?
-
Barkamol avlod tarbiyasi qanday tarkibiy elementlardan tashkil topgan?
-
Aqliy, huquqiy va ekologik tarbiyalar yosh avlod tarbiyasida qanday o‘rin tutadi va uning ahamiyatini asoslab ko‘rsating?
-
Yosh avlodni tarbiyalashda qanday pedagogik muammolar mavjud va siz ularni qanday hal etish mumkin deb o‘ylaysiz?
8-MAVZU: BARKAMOL AVLOD TARBIYASIDA AXLOQIY, MEHNAT VA ESTETIK TARBIYALARNING O‘RNI VA AHAMIYATI
Reja:
-
Barkamol avlod tarbiyasida axloqiy tarbiY.
-
Barkamol avlod tarbiyasida mehnat tarbiyasi.
-
Barkamol avlod tarbiyasida estetik tarbiY.
-
Barkamol avlod tarbiyasida iqtisodiy, jismoniy tarbiyalarning o‘rni.
Tayanch tushunchalar: ijtimoiy ong, xulq-atvor qonun-qoidalari, tabiatga, yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi, halol va haqgo‘y inson, o‘zini hurmat qilishi, jismoniy rivojlanish, madaniyat, mehnatga tayyorlash, mudofaa, bir joyda istiqomat qilish, atrofni muhofaza qilish, ekologik muvozanat, ekologik madaniyat, tejamkorlik, hisob-kitob.
Axloqiy tarbiya
Axloq – ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, insonlarning o‘ziga, oilasiga, do‘st-u birodarlariga, jamoat a’zolariga va tabiatga bo‘lgan munosabatlarini tartibga soluvchi xulq-odob, qonun-qoidalari majmuasi. Musulmon axloqining asoslari mazmunan boy va rang-barang sifatda o‘zligini namoyon qiladi.
Qur’oni karimdagi va Hadisi sharifdagi axloqqa oid ibratli maslahatlar, hikoyatlar, hikmatlar, maqollar asrlar davomida ota-bobolarimiz hayotida tarkib topgan milliy urf-odatlar, ma’naviyatimiz durdonalari – Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Jomiy, Navoiy, Sa’diy Sheroziy va boshqa siymolar, yozuvchilarning axloq haqidagi fikr-mulohazalari hozir ham qimmatini yo‘qotmagan va yoshlar tarbiyasida manba bo‘lib xizmat qilaveradi.
A.Temur oqil va tadbirli sarkarda sifatida odamlarni ishga tayinlashda ham, vazifasidan ozod qilishda ham, shoshma-shosharlik va adolatsizlikka yo‘l qo‘ymagan, balki yetti o‘lchab bir kesgan. Bobomizning bunday qimmatli fikrlari hozir ham qadr-qimmatini yo‘qotmagan. Imom Al-Buxoriy “Axloqning yaxshi bo‘lishi, taomning pokizaligi, rostlik va omonatga xiyonat qilmaslik – mana shu to‘rt xislatni Olloh Taolo senga bergan bo‘lsa, dunyoviy ishlardan chetda qolgan bo‘lsang ham zarari yo‘qdir” – degan edi. A.Avloniy “Axloq insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi yomonlardan qaytaruvchi bir ilmdir. Yaxshi xulqlarning yaxshiligini, yomon xulqlarning yomonligini dalil va misollar ila bayon qiladurg‘on kitobni axloq deyilur”. Y.X.Hojib “Kimning odobi yaxshi va axloqi to‘g‘ri bo‘lsa, u kishi o‘z maqsadiga yetadi va baxt unga kulib boqadi, zero, “Yaxshi axloq jamiyat yaxshiliklarining zaminidir”va yana “Halol, haqgo‘y, axloq-odobli kishi har qanday qimmatbaho narsadan qimmatlidir,” – deb bejiz ta’kidlamagan.
Axloq kishining xulq-atvorida, e’tiqodida, yurish-turishida, fikr-mulohazasida, mushohada va muloqotida ko‘rinadi. Axloqli odam o‘zini qattiq hurmat qiladi, unda ichki intizom kuchli bo‘ladi. Yuqoridagi fikrlar shundan dalolat beradiki, jamiyatimizning kuchli, fan-texnika taraqqiyoti, moddiy boyligimiz va ma’naviy o‘sishimiz, axloqiy kamolatdandir.
Mehnat tarbiyasi. Mehnat tarbiyasi inson kamolotining asosi va hayot manbaidir. Mehnat tarbiyasidan ko‘zlangan maqsad mehnatning mohiyati, mazmunini anglashdan iboratdir. Mehnat qilgan kishi, o‘zi bajarayotgan mehnatning natijalarini ko‘rsa, undan qoniqsa, rohatlansagina mehnat tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘ladi. Halol mehnat kishi hayotining mazmunini tashkil qiladi. “Insonning tilak va xohishlari mehnat tufayligini amalga oshirilishi mumkin” – deb ta’kidlagan A.R.Beruniy. Donolarimiz: “Mehnat – mehnatning tagi rohat”, “Daryo suvini bahor toshirar, odam qadrini mehnat oshirar”, “Oltin o‘tda bilinar, odam mehnatda”, “Halol mehnat – yaxshi odat, berur senga saodat” deb bejiz aytishmagan. “Buyuk Alloma Bahouddin Naqshbandning “Dilbayoru dast bakor”, degan fikrlari bugungi kunda ham o‘z qadrini yo‘qotmagan. U kishi talabalarni madrasaga qabul qilish paytida “Biror kasbing bormi?” deb so‘rar ekan. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, mehnatsiz kelgan boylik har qanday kishini, har qanday oilani buzadi, har qanday muqaddas narsani qadrsizlantiradi. Mehnat jarayonida kishida do‘stlik, birodarlik, jamoa bo‘lib ishlash, madaniyat, ma’naviyat va barcha tarbiyaviy sifatlar shakllanadi. Eng muhimi, mehnat muhtojlikdan, siqilishdan, axloqiy buzilishdan saqlaydi. “Insonning tilak va xohishlari mehnat tufayligina amalga oshirilishi mumkin” deb ta’kidlagan A.R.Beruniy.
Estetik tarbiY. Estetika lotincha “estezo – go‘zallikni his etaman” ma’nosini bildiradi. Uning maqsadi va vazifasi o‘quvchilarning tabiat va jamiyatdagi go‘zallikni idrok qilish, uni to‘g‘ri tushunish va fahmlash, qadriga yetishga va shu tarzda shaxsiy hayotning barcha yo‘nalishlarida go‘zallikka o‘rgatishdan iboratdir. Estetik tarbiya axloqiy qiyofa, ijobiy xulq-atvor normalarini tarkib toptirishga katta ta’sir ko‘rsaВВВВВВВВВВҲВtadi. Maktabdagi musiqa, rasm, ashula darslari, adabiyot va boshqa fanlar estetik tarbiyaning vositasi hisoblanadi.
Estetik tarbiya bola tug‘ilgandan boshlab umrining oxirigacha olib boriladi. Shu sababli, u nafaqat maktabda, balki turli xil tadbirlarda o‘z ta’sir kuchini namoyon qiluvchi, yosh avlodga go‘zallikni tushuntiruvchi, tarbiyalovchi vositadir. Dono xalqimiz “Oq bo‘lmasa bo‘lmasin, pok bo‘lsin”, “Pokliging – sog‘liging”, “Sog‘ yuray desang, ozoda bo‘l”, “Sog‘ligim – boyligim” kabi maqollar bilan yoshlarni tabiat va jamiyat go‘zalliklarini ko‘ra bilishga, ularni qadrlashga o‘rgatib kelgan.
Insonnig go‘zallik aql, burch, iymon, insof, kamtarlik, latofat, lafz, mehmondo‘stlik, mehr, poklik, yaxshilik va hokazo sifatlarda o‘zini aks ettiradi. A.Donish o‘z farzandlariga nasihat qilib, “Suratlaringizni emas, g‘ayratlaringizni tuzatinglar” degan edi. Insonning tashqi tomoni har qancha go‘zal va chiroyli bo‘lmasin, uning axloqi buzuq bo‘lsa, u el e’tiborini qozona olmaydi. Rus shoiri A.P.Chexov “Jiddiy mehnatsiz go‘zallik yaratib bo‘lmaydi”, - deb ta’kidlagan. Haqiqatan inson uchun barcha go‘zallik mehnat zamirida hosil bo‘ladi. Komil inson hamma vaqt o‘z hayotiga go‘zallik kiritishga intiladi. Bajarayotgan ishida, xulq-atvorida, kiyinishida, muomalasida go‘zallik qonun-qoidalariga rioya qiladi. A.P.Chexovning asarlarida “Odamning yuzi ham, kiyimi ham, qalbi ham pok bo‘lmog‘i lozim”, - deb juda o‘rinli ta’kidlangan.
Jismoniy tarbiY. Jismoniy tarbiya yosh avlodni jismoniy jihatdan sog‘lom o‘sishlarini, baquvvat bo‘lishlarini va Vatanimiz himoyasi uchun qo‘rqmas, jasur, harbiy ishlar, qurol-aslahalardan foydalanishni biladigan qilib tarbiyalashni o‘zining oliy maqsadi deb biladi. O‘quvchilarga jismoniy tarbiya maktabda harakatli o‘yinlar, gimnastika, sport turizm hamda sinfdan va maktabdan tashqari sport mashg‘ulotlari turlari vositasida olib boriladi. Jismoniy tarbiya vositasida o‘quvchilarga odam anatomiyasi, fiziologiyasi va gigiyenaga oid bilimlar tizimi beriladi, ko‘nikma va malakalar shakllantiriladi.
Jismoniy tarbiya axloqiy tarbiya bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bir-birini to‘ldiradi. Jumladan, bo‘shanglik, o‘z kuchiga ishonmaslik, dangasalik va boshqa axloqiy kamchiliklar kishini qo‘rqoq qilib qo‘yishi mumkin. Mard, jismoniy chiniqqan kishi mehnatda ham o‘zini ko‘rsata oladi. Bunday sifatga ega bo‘lgan kishida haqiqat, qanoat, sabr, ezgulik, vijdon, adolat, diyonat, insofni; nomardlarda esa yomonlik, ojizlik, makkorlik, hasad, adovat, razillik, yuzsizlik, xiyonat, tubanlik, noinsoflik singari illatlarni uchratish mumkin.
Mard bilan nomard orasidagi tafovutni A.Navoiy quyidagicha ifodalaydi: “Mard – “la’l toj ila” bong uradigan xo‘roz. Nomard g‘arazgo‘y, vaysaqi makiyon. Xo‘roz ma’lum vaqtda “nido” tortgandek, mard ham o‘z (vaqtida) paytida gapini aytadi, zaruratga qarab munosabatini bildiradi, mard – maydon odami, u kurashib yashaydi”.
Jismoniy tarbiyaning maqsadi yosh avlodni jismonan tetik, xushchaqchaq, mehnatsevar, jasur, vatanparvar, axloqan pok, ma’naviyatning go‘zal bo‘lishini ta’minlashdir. Ayrim Yevropalik safsatabozlarning “Markaziy Osiy xalqlari sportda, qurol-aslahani eng yaxshi texnologiyalar asosida loyihalash, ishlab chiqarish va zarur bo‘lganda undan mohirona foydalanishi sohasida ojizdirlar” degan bemaza fikrlariga qarshi o‘laroq, dunyo miqyosida o‘zimizni namoyon etishimiz kerak. Buyuk sohibqiron A.Temur “Baqquvvat, tadbirkor shijoatli bir kishi, ming kishidan afzal”, – degan. Ibn Sino “Jismoniy mashq kishini ketma-ket chuqur nafas olishga majbur qiladigan ixtiyoriy harakatdir”, - deb jismoniy mashg‘ulotga ta’rif bergan edi. Ibn Sino quyidagi 7 ta faktordan to‘g‘ri foydalanish sog‘liqni saqlaydi va mustahkamlaydi degan edi:
-
Mijozni mo‘tadil saqlash.
-
Yeyiladigan va ichiladigan narsalarni tanlash.
-
Badanni tuklardan tozalash.
-
Burunga tortiladigan havoni yetarli va yaxshi bajarish.
-
Qaddi qomatni to‘g‘ri tutish.
-
Kiyimlarni qulay qilish.
-
Jismoniy va ruhiy harakatlarni normal qilish.
Politexnik ta’lim. Ishlab chiqarish jarayonlari qonun-qoidalari bilan tanishtiradigan, yosh avlodga ishlab chiqarish qurollaridan foydalanish yo‘llarini o‘rgatadigan ta’limga politexnik ta’lim deyiladi. Politexnika “lotincha – ko‘p texnika (pole – ko‘p) politexnik ta’lim – ko‘p texnikali ta’lim” degan ma’noni bildiradi. Yoki u ko‘p texnikadan xabardor qiladigan fan ham emas, ammo politexnik ta’lim har qanday ixtisosdagi kishi uchun zarur bo‘lgan minimum bilimlar bilan qurollantirishni nazarda tutadi. Politexnik ta’lim fan sifatida o‘qitilmaydi, lekin u barcha fanlar majmuida o‘z ifodasini topadi. Politexnik ta’lim vazifalarini amalga oshirishning asosiy sharti – fan asoslarini puxta egallashdir. Chunki tabiat, fizika, kimyo, matematikaning asoslarini bilmay turib, hozirgi zamon industriyasini bilib bo‘lmaydi.
O‘tmishda ota-bobolarimВВВВВВВВВВВВiz politexnik ta’lim maqsadlariga befarq qarashmagan. Ular bu so‘zni ishlatmasalarda, politexnik ta’lim maqsadlarini turli pand, nasihat, masal, ertak va dostonlar, xalq og‘zaki ijod namunalarida yoritib bergan. Masalan, hozirgi zamon ishlab chiqarish (qurollarini) jarayonlarining eng oddiy ish qurollari bilan tanishtirish iborasini “Yigit kishiga yetmish hunar ham oz”, “Rejasiz ish, qolipsiz g‘isht”, “Sarishtali uy – farishtali uy”, “Sepli qizim bo‘lguncha, epli qizim bo‘lsin”, “Qalovini topsang, qor yog‘ar”, “Qosh qo‘yaman deb, ko‘z chiqarma”, “Zamon senga boqmasa, sen zamonga boq”, “Uddasidan chiqmasang, urinma”.
Dostları ilə paylaş: |