Soni.Doim kam bo‘lgan keyingi o‘n yil davomida yanada qisqarib ketdi.
Yashash tarzi.Yarim otkinchi baliq, 3-4 yoshida voyaga yetadi.Urchishi martning oxiri mayning boshi. Serpushtliligi daryolarda 5-10 ming, ko'l va suv havzalarida 30 ming uvildiriq tashlaydi.Suv hasharotlarining lichinkalari, qisqichbaqasimonlar, molluskalar va osimliklar uruglari bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar. Orol dengizi sathining pasayishi va suvining shorlanishi, daryolar oqimining suniy tartibsizlanishi; yashash va kopayish sharoitlarining yomonlashuvi.Kopaytirilmagan.
Muhofaza choralari. Boday-To'qay qo'riqxonalarida muhofaza qilinadi. Turning yashash joylarida maxsus muhofaza tartibini joriy qilsh lozim.
Toshkent yonsuzari(8-rasm) Sirdaryoning zaif, qisqarib borayotgan, lokal tarqalgan endemik turi. Tarqalishi. Chirchiq, Ohangaron daryolari havzalarinnng orta va quyi qismlari. O'zbekistondan tashqarida Qozog'istonda uchraydi.Yashash joylari. Daryo qirgoqlaridagi sayoz joylar, oqar suvli qo'ltiqlar.Soni. Oxirgi on yil ichida keskin kamayib ketgan.
Yashash tarzi. O'tkinchi baliq, 7-8 yoshda jinsiy voyaga yetadi. Urchishi aprelning oxirlaridan to avgustgacha. Serpushtliligi 180-900 ming uvildiriq atrofida.
8-rasm.Toshkent yonsuzari Suv hasharotlarinnig lichinkalari, mollyuskalar o'simliklarning, meva va urug'lari bilan oziqlanadi.Cheklovchi omillar. Daryo oqimining suniy tartiblanishi natijasida Orol dengizi hamda unga quyiladigan daryolarning tabiiy suv rejimi o'zgarishi (suv sathining pasayishi va sho'rlanishi) va suvining ifloslanishi; turning qayta ko'payishi sharoitlarining yomonlashishi, brakonerlik. Ko'paytirish mumkin.
Muhofaza choralari. Ovlash taqiqlangan. Boday-Toqay, Qizilqum va Surxon qo'riqxonalarida muhofaza qilinadi. Nukus baliqchilik korxonasini turni kopaytirish ishlarini davom ettirish, yashash joylarida mahsus muhofaza tartibini joriy qilish.