Qo`l va oyoq yordamida to`pni qaytarish QO’L TO’PI O’YINI TAKTIKASI Reja.
Qo’l to’pi o’yinida o’yin taktikasi.
Qo’l to’pi o’yinida hujum taktikasi.
3. Qo’l to’pi o’yinida himoya taktikasi.
Tayanch iboralar:Qo’l to’pi sport turining taktik tushunchalari: hujum taktikasi, tez yorib o’tish taktikasi, to’pni qisqa masofada uzatib tez yorib o’tish taktikasi, pozision hujum taktikasi, “Qaytar va chiq” taktikasi, “Aldamchi hujum” taktikasi, “Joy almashtirish” taktikasi.
1. Qo’l to’pida o’yin taktikasi. O’yinda muvaffaqiyatga erishish asosan to’g’ri harakat qilishga bog’liq. Shu sababli o’yinni boshqarishda turli xil taktik vositalardan foydalanish lozim.
Taktika deganda, o’yinchilarning raqib ustidan g’alaba qozonishga qaratilgan shaxsiy yoki jamoa harakatlarini tashkil qilinishi, ya’ni, aniq raqib bilan muvaffaqiyatli kurash olib borishga imkon beradigan harakatlarni tushunish kerak.
Taktikadagi asosiy vazifa bu – hujum va himoya harakatlarining maqsadga erishtira oladigan eng qulay vositalari va o’zaro uyg’unlashgan shakllarini belgilashdan iboratdir.
Qo’l to’pi o’yinida taktika bilan texnika bir-biriga uzviy bog’liq bo’ladi. To’pni kimga va qanday uzatishni, to’p bilan himoyani yorib o’tishni, darvozaga qachon to’p otishni hal qilayotgan o’yinchi o’z tafakkuridan, tushunchasidan, bilimidan foydalanadi va harakatini amalga oshirayotganida o’z texnik mahoratini namoyish qiladi. Shu sababli texnika o’yinchining taktik rejalarini amalga oshirish vositasi bo’lib xizmat qiladi.
O’quv-mashg’ulotlar davomida taktik tayyorgarlikka katta e’tibor beriladi. Shunday qilib har bir o’yinchi va jamoa harakatlarning turli variantlarini mukammal egallagan, yaxshi o’zlashtirib olgan bo’lishi kerak.