Nizomiy nomidagi


TANAFFUS VAQTIDA O‘YNASH UCHUN TAXMINIY O‘YINLAR



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə12/13
tarix20.12.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#121511
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
HARAKATLI O`YINLAR MUSTAQIL ISH

TANAFFUS VAQTIDA O‘YNASH UCHUN TAXMINIY O‘YINLAR
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida o‘quvchilar o‘rganib olgan ko‘proq harakatli o‘yinlardan foydalanish mumkin. 1—2-sinf o‘quvchilari uchun quyidagi o‘yinlarni kiritish mumkin: «O‘ylab top, bu kimning ovozi?», «Kim yaqinlashdi?», «Hamma o‘z bayroqchasiga», «Bo‘sh o‘rin», «Sakrab-odom chumchuqlar», «Polizdagi quyonlar», «Taqiqlangan harakat» va boshqalar.
3—4-sinf o‘quvchilari uchun: «Guruh, tik tur!», «Xo‘rozlar jangi», «Qorovul va izlovchilar», «Chiqib ketish bilan qarmoqchi» o‘yini.
5—9-sinf o‘quvchilari uchun: «Juft-juft bo‘lib tortishish», «Doiraga tort», «Taqiqlangan harakat» va hokazo.
. MAKTAB SEKSIYALARIDA SPORT TURLARI BO‘YICHA O‘TKAZILADIGAN O‘YINLAR
Harakatli o‘yinlar, estafeta o‘yinlari va maktab sport seksiyasida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Harakatli o‘yinlar basketbol, futbol, voleybol, qo‘l to‘pi, yengil atletika va boshqa seksiyalarda ko‘proq qo‘llaniladi. Shuningdek, gimnastika, yengil atletika va suzish seksiyalarida ham harakatli o‘yinlardan foydalaniladi.
Seksiyalarda har xil o‘yinlardan muntazam ravishda o‘rinli foydalanish o‘quvchilarning jismoniy jihatdan o‘smirlarga orttirgan malakalarning takomillashuviga anchagina yordam beradi.
O‘quvchilarda zaruriy xislatlarni taraqqiy ettirish uchun jismo­niy tarbiya darslarida ilgari o‘tilgan o‘yinlarni qaytarib turish mumkin. Bunda ilgari o‘tqazilgan o‘yinni yangi qoidalar asosida yangi variant- larda o‘tkazish lozim. Ko‘proq tayyorgarlik ko‘rgan guruhlarda o‘yinlar kamroq o‘tkaziladi. Bizning respublikamizda bahor, yoz, kuz fasllarida ayniqsa voleybol, basketbol, futbol, qo‘l to‘pi, tennis va yengil atletika seksiyalari ishlab turishi lozim. Bunday vaqtlarda «Chillak» o‘yini, «Qoziq» o‘yini, «Oqtosh» o‘yini singari milliy xalq o‘yinlaridan foydalanish mumkin. Turli harakatli o‘yinlar va sport harakatlaridagi o‘yinlardan, shuningdek, har xil yengil atletika mashqlaridan foydalanish paytida o‘quvchilarda musobaqalarga qiziqish uyg‘otish lozim.


Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin