Noananaviy dars o‘tish” Maktabgacha ta’lim fakulteti tomonidan “Noananaviy dars o‘tish” bo’yicha ko‘rik tanloviga start berildi



Yüklə 15,91 Kb.
tarix24.11.2023
ölçüsü15,91 Kb.
#133768
Noananaviy dars


Noananaviy dars o‘tish”
Maktabgacha ta’lim fakulteti tomonidan “Noananaviy dars o‘tish” bo’yicha ko‘rik tanloviga start berildi.
Mazkur tanlovda o‘qituvchi professorlar o’zlarining bilim, malaka, tajribalarini qay darajada egallaganliklarini namoyon qilishadi.
Tanlovning birinchi bosqichi kafedralarda o‘tkaziladi. 1,2,3 o’rinlar tanlab olinadi va ikkinchi bosqichga tavsiya etiladi. Muddat 20-oktabr.
Tanlovning ikkinchi bosqichi kafedralar aro tashkil qilinadi. 3 ta kafedradan 9 nafar professor o’qituvchilar ishtirok etadi. Bunda 1,2,3-o’rinni egallagan g’oliblar uchinchi bosqichga tavsiya etiladi.
Tanlovning uchinchi bosqichi “Dekan kubigi”. Bunda 3 nafar o’qituvchi professor ishtirok etadi g’olib “Dekan kubigi” bilan taqdirlanadi.
Tanlovda g‘olib deb topilgan professor o‘qituvchilar “Dekan kubigi” hamda pul mukofotlarini qo‘lga kiritishadi.
1-o‘rin uchun: “Dekan kubigi”, 1000000 so‘m pul mablag‘i hamda I-darajali diplom
2-o‘rin uchun: 700000 so‘m pul mablag‘i hamda II-darajali diplom
3-o‘rin uchun: 400000 so‘m pul mablag‘i hamda III-darajali diplom
Ko’rik tanlov o’tkazish tartibi:
Zamonaviy darslar quyidagi talablarga javob bera olishi lozim:
- fanning ilg'or yutuqlari, pedagogik texnologiyalardan foydalanish, darsni o'quv tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari va davlat ta’lim standartlari asosida tashkil etish;
- darsda barcha didaktik tamoyil va qoidalarning optimal nisbatlarini ta'minlash;
- talabalarning qiziqishlari, layoqati va talablarini hisobga olish asosida ular tomonidan bilimlarning puxta o'zlashtirilishi uchun zarur sharoitlarni yaratish;
- talabalar anglab yetadigan fanlararo bog'liklarni o'rnatish;
- ilgari o'rganilgan bilim va malakalari, shuningdek, talabalarning rivojlanish darajasiga tayanish;
- shaxsning har tomonlama rivojlantirishni motivatsiyalash va faollashtirish;
- o'quv-tarbiyaviy faoliyatda barcha bosqichlarining mantiqiyligi va emotsionalligi;
- pedagogik vositalardan samarali foydalanish;
- zarur bilim, ko'nikma va malakalar, fikrlash va faoliyat ratsional usullarini shakllantirish;
- mavjud bilimlarni doimo boyitib borish extiyojini yuzaga keltirish;
- har bir darsni puxta loyihalashtirish, rejalashtirish, tashxis va taxmin qilish.


Mavzu: Bo’lajak maktabgacha ta’lim pedagoglarini kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish.
40 daqiqa- Ma’ruza darsi, 40 daqiqa- Amaliy darsi,
Yüklə 15,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin