1-tomon: Fojea ro`y berishga sabab bo`lganlarga aybnoma e`lon qiladilar.
2-tomon: Qaxramonlarning hatti-xarakatidan kelib chiqib, fojeani oqlashga harakat qiladilar.
3-tomon: Guvoh sifatida qatnashadilar.
Majlisni Xukmdori odil boshqarib boradi.
Hurmatli jamoa! Toshkandning mashxur ayonlaridan bo`lgan Yusufbek xoji xonadonida fojea yuz berdi. Bugun ana shu fojea yuziga bolta urmoq maqsadida yig`ildik. Qoralovchi va oqlovchi tomonlar tayyormi? Qoralovchi:“O`tgan kunlar” ishi bo`yicha Yusufbek xoji o`g`li Otabekni aybdor deb topdik: Otabek ota-ona rizoligisiz marg`ilonlik Mirzakarim qutidor qizi - Kumushbibiga uylandi.
Shuning orqasida o`z farzandlik burchini unutdi.
Otabek ko`ra bila turib, Zaynabga uylandi va bir bechora qizning baxtiga zomin bo`ldi.
Shariat qonuniga ko`ra ikki ayoliga bir xil munosabatda bo`lmog`i, ikkisini ham o`z himoyasiga olmog`i kerak edi. Biroq Otabek bechora Zaynab qarshisida “jonsiz xaykal” bo`lib yashadi. Bir bechora qizning shodligi, dardu xasratiga sherik bo`la olmadi.
Otabek bechora Zaynabga eng so`nggi chorani ko`rishga majbur qildi, o`zi bilmagan xolda Kumushning qo`liga zaxar tutqazdi.
Oqlovchi:Xukmdori odil! Ro`y bergan fojeada Otabeknng aybi yo`qligini isbotlash uchun guvohlarni chaqirishga ruxsat so`rayman. Guvoh chaqirtiriladi. Oqlovchi: Siz Yusufbek Hoji o`g`li Otabek xaqida majlis ahlig`a nima ayta olasiz? 1-guvoh: Meni Otabek bilan Qodiriy domla orqali tanishgan edim. Otabek 24 yoshlarda, og`ir tabiatli, ulug` gavdali, ko`rkam va oq yuzli, mutanosib qora qoshli va egnida chakmon, murti sabz urgan, ilmli va aqlli bir yigit. Oqlovchi: Ayting-chi, guvoh Otabekka bunday yuqori baho berishingizga Qodiriy domlaning maqtovlari sababmi? Guvoh:Aslo, men bu bilan bir majlisda qatnashib, u xaqda ko`pgina aqlli odamlarning maqtov gaplar aytishganini eshitganman. Masalan, Ziyo shohi Otabekni maqtab, “Otasini bolasi” degan bo`lsa, Akrom xoji “agar xon ko`tarish manim qo`limda bo`lsa edi, xon qilib, Otabekni ko`tarar edim”, - deb aytganriga, Mirzakarim qutidor “Otabek xon qizig`a loyiq bir yigit ekan” – deb maqtagan so`zlariga guvohman.