Norboyev Anvarning "Personalni boshqarish"



Yüklə 361,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix25.11.2023
ölçüsü361,93 Kb.
#134602
  1   2   3   4
Personalni boshqarish 1



Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti 
Inson resurslarini boshqarish fakulteti 401- guruh talabasi 
Norboyev Anvarning “Personalni boshqarish” fanidan 
 
 
Mustaqil ishi 
 
 
Mavzu: 
Personalni boshqarish va ishlab chiqarishning o‘zaro aloqadorligi 
 
 
 
 
 
 
 
Samarqand-2023 


Reja: 
1.1.
 
Personalni boshqarish maqsadlari
 
1.2.
 
Personalni boshqarish yoki personal menejmenti
 
1.3.
 
Personalni boshqarish va ishlab chiqarish vazifalarining o’zaro aloqadorligi
 
1.4.
 
Boshqaruv rivojlanishining bosqichlari
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


1.1.
 
Personalni boshqarish maqsadlari 
Mamlakatimizda bozor munosabatlariga oo'tishi xodimlarni 
boshqarish tizimida bir qator vazifalarni amalga oshirilishini 
taqozo etadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona va 
tashkilotlarning o’z mavqelarini saqlab qolishi,ularning 
raqobatbardoshligini ta’minlash va ishlab chiqarish 
samaradorligini oshirish maqsadida xodimlarni boshqarish 
sohasida amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar ilmiy va 
amaliy usullarni to’gri tanlashni talab etadi. Avvallari 
korxona va tashkilotlardagi kadrlarni boshqarish bo’yicha 
asosiy tarkibiy bo’linma kadrlar bo’limi bo’lib, unga 
kadrlarni ishga qabul qilish va bo’shatish, shuningdek, 
o’qitish, malakasini oshirish va qayta tayyorlash sohasidagi 
vazifalar yuklanar edi. Shu sababli ham kadrlar bo’limi 
xodimlarni boshqarish va ularga yetarli ish sharoitlari yaratib 
berishni ta’minlash sohasidagi bir qator vazifalarni 
bajarmasdi. Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti chuqur ildiz 
otib borayotgan hozirgi davrda xodimlarni boshqarish 
sohasida. «Kadrlar tayyolash milliy dasturi»ga muvofiq bir 
qator talablar yuzaga keldi. Ular orasida eng muhimlari: 
ijtimoiy psixologik diagnostika; guruhlarga o’zaro shaxsiy 
hamda rahbarlik munosabatlarini tahlil qilish va tartibga 
solish; ishlab chiqarish hamda ijtimoiy ixtiloflarni hamda 
stresslarni bartaraf etish; kadrlarni boshqarish tizimini 
axborot bilan ta’minlash; ish bilan bandlikni boshqarish; 
yuqori lavozimlarga nomzodlarni tanlash va baholash
kadrlar patensialini va xodimlarga bo’lgan ehtiyojlarni tahlil 
qilish; kadrlar boshqaruvi; xizmat martabasini rejalashtirish 
va nazorat qilish;xodimlarning kasbiy va ijtimoiy-psixologik 
moslashuvi; mehnat jarayonidagi motivlar va sabablarni 


boshqarish; mehnatning huquqiy munosabatlarini tartibga 
solish masalalari; mehnat psixofiziologiyasi, ergonomikasi 
va mehnat estetikasini amalga oshirilishini kuzatish va 
shunga muvofiq choralar ko’rishdan iboratdir. Shunga ko’ra 
kadrlar bo’limining ham bajradiga vazifalar doirasi 
kengayib, ayni paytda kadrlar bo’limi tarkibiy jihatdan 
mehnatni tashkil etish va ish haqi bo’limlari, mehnatni 
muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi bo’limlari va shu kabi 
bo’limlar bilan birgalikda xodimlarni boshqarish sohasidagi 
vazifalarni amalga oshirishdan iborat bo’ladi.Yangi 
xizmatlarning vazifasi korxon va tashkilotlardagi kadrlar 
siyosatini amalga oshirishdan, mehnat patinsialini 
boshqarish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirishda iborat. 
Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitida ikkinchi darajali 
deb qaralgan bu vazifalarga bozor munosabatlari sharoitida 
alohida e’tibor qaratib, ularning bajarilishidan har bir 
korxona manfaatdordir. 
Boshqaruv tarixiga nazar tashlansa, inson faoliyatining bu 
sohasiga oid g’oyatda muhim muayyan tamoyillari bundan 
yuzlab, hatto minglab yillar ilgari mavjud bo’lganligini 
kuzatish mumkin. Jumladan, Qadimiy Misrda ehromlarning 
bunyod etilishi bugungi kunda “personalni boshqarish” 
nomini olgan ushbu faoliyat turini rejalashtirilishiga misol 
bo’la oladi. Shuni ta’kidlash joizki, ehromlar har biri qariyb 
2,5 tonna og’irlikka ega og’ir toshlardan qad rostlagan. Bu 
toshlar ehromlar barpo etilayotgan joydan ancha olisda 
tayyorlangan. Shuning uchun ularni tayyorlash, olib kelish 
va o’rnatish puxta rejalashtirishni talab etgan. Ayniqsa, 
ehromlarni barpo qilayotgan, asosan qullardan iborat 100 
ming kishilik mehnat armiyasini yigirma, o’ttiz yil davomida 


boshqarib turish oson bo’lmagan. Mehnatni tashkil etishning 
yuqori samarali usullari qadimgi Rim va SHarqda ham 
mavjud edi. O’zbekiston Respublikasi mustaqil taraqqiyot 
yo’liga o’tib, nafaq iqtisodiy, balki madaniy va ma’naviy 
yuksalish jarayoniga dadil kirib bormokda. Ayniqsa, buyuk 
Amir Temurning davlatni boshqarish, bunyodkorlik, harbiy 
va boshqa sohalardagi tashkilotchilik usullari juda katta 
ahamiyatga egadir. Amir Temurning daho darajasidagi 
sarkarda bo’lganini butun dunyo tan oladi, Sohibqiron Amir 
Temur asos solgan markazlashgan buyuk saltanatni idora 
etish tartibi o’z davrida boshqaruv namunasi deb 
hisoblanadi. Buyuk Amir Temur hokimi mutlaq bo’lgan, 
ijroiya hokimiyatni devonbegi - bosh vazir boshliq 7 
vazirlikdan iborat arkoni davlat - Vazirlik Mahkamasi 
boshqargan. Vazirlardan biri - mamlakat va raiyat vaziri 
viloyat va tumanlardan to’planadigan hosil, soliq-o’lponlar 
va obodonchilik masalalari bilan shug’ullan-gan. Ikkinchisi - 
vaziri sipoh, deb atalib harbiy ishlar 18 vaziri hisoblangan. 
Saltanatda tijorat (savdo), moliya ishlari vazirlari bo’lgan. 
Qolgan uchta vazir esa chegara viloyatlari va tobe 
mamlakatlar boshqaruvini nazorat qilgan. Bu uch vazir 
saltanatning “xolisa”, deb yuritilgan bosh nazorat hay’atini 
ham tashkil etgan.

Yüklə 361,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin