Norboyev Anvarning "Personalni boshqarish"



Yüklə 361,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix25.11.2023
ölçüsü361,93 Kb.
#134602
1   2   3   4
Personalni boshqarish 1

 
 
 
 
 
1.2.Personalni boshqarish yoki personal menejmenti 


Personalni boshqarish yoki personal menejmenti deyilganda 
ham alohida menejerlar, ham umuman boshqaruv butun 
apparatining faoliyat turlari, eng avvalo boshqaruv faoliyati 
tizimi tushuniladi. Korxona mehnat bozorida ishchi kuchi 
qidiradi, ammo ishlab chiqarishda aniq insonlar bilan o’zaro 
munosabatda bo’ladi. Shu sababli personalni boshqaruv 
funkdiyasining ikki sohasi mavjuddir: 1.Insonlarga rahbarlik 
qilish (etakchilik). 2.Tahliliy ish. Bu hisob-kitob va tahliliy ishlar 
(personalga bo’lgan ehtiyojni hisoblash, uning qiymatini 
aniqlash va tahlil etish, shtatlar jadvalini tuzish), shuningdek, 
personalga qo’yiladigan talablarni ishlab chiqishdan iboratdir. 
Personalni boshqarish vazifalar ko’lami va ular ijrosi muddatiga 
muvofiq quyidagi uch darajada amalga oshiriladi: 1.Tezkor 
daraja. U bevosita personal mehnat faoliyati va personalni 
boshqarishning tegishli ta’sir ko’rsatuvchi sohasiniqa,mrab oladi. 
Ya’ni bu darajada personalni boshqarishning barcha funktsiyalari 
- xodimlar to’g’risidagi ma’lumotlarni tahlil etishdan ular uchun 
sarf-xarajatlar qiymatini aniqlashgacha bo’lgan funktsiyalar 
hamda personalga rahbarlik amalga oshiriladi. 2.Taktik daraja. 
Bu personal bilan ishlash personal umumiy menejmentiga 
taalluqli ekanligini anglatadi. 3.Strategik daraja. U personalni 
boshqarishni ishlab chiqarish menejmenti bilan uzviy 
bog’liqligini ko’rsatadi. Strategik daraja raqobat kurashiga 
tayyorlikni oshirish, korxona ishlab chiqarish strategiyasini 
qo’llab-quvvatlash, ishchi kuchi tashqi bozorini prognoz qilish 
maqsadlariga yo’naltirilgan bo’ladi. Personalni boshqarish asosiy 
tushunchalari va ularning mohiyati quyidagilardan iboratdir: 
Kadrlar siyosati - personal bilan ishlash tamoyillari, maq-sadlari 


va strategiyasi. Korxonada xodimlar bilan ishlash bo’yicha 
barcha tadbirlar shu maqsadga yo’naltiriladi. Personal - korxona 
xodimlari: rahbarlar, mutaxassislar, ishchilar, xizmat ko’rsatuvchi 
kichik personal. Personalga ega bo’lish - korxona uchun 
xodimlarni ishga yollash bilan bog’liq barcha jarayonlar, 
shuningdek, yangi xodimlarni o’z vazifalarini bajarishga 
kirishishlariga tayyorlash. Personalni rejalashtirish - personal 
bilan ish olib borish barcha yo’nalishlarini belgilab olish. 
Personalni rivojlantirish - personalning yangi bilimlarga 
ehtiyojlarini aniqlash va bu ehtiyojlarni qondirib borish, bosh-
qaruv uslublarini muttasil takomillashtirib borish, xodimlarga 
ularning faolligini oshirishda har taraflama yordam berish. 14 
Personalni bo’shatish - shtatlarni qisqartirish va ortiqcha 
xodimlarni ishdan bo’shatish bilan bog’liq barcha tadbirlar. 
Personalni baholash - korxona yoki uning bo’linmasi ishlab 
chiqarish pirovard yoki oraliq natijalariga alohida xodimlarning 
hissalarini aniqlash. Personal ish sifatini baholash - xodimlarning 
egallab turgan xizmat vazifalariga loyiqlik darajasini aniklash. 
Personalga rahbarlik - personalni bevosita rahbarlar - bo’lim 
rahbarlari tomonidan boshqarish. Personalni nazorat qilish - 
ishlab chiqarish nazorati tizimidan foydalangan holda rahbariyat 
qarorlari va ishlab chiqarish topshiriqlari ijrosi nazoratini amalga 
oshirish. Personalni boshqarishning asosiy maqsadi korxona 
personalini shakllantirish, rivojlantirish va uning salohiyatidan 
eng samarali ravishda foydalanishdan iboratdir. Bu - korxona har 
bir xodimi bilan olib borilayotgan ishni muttasil yaxshilab borish 
orqali uning o’z mehnat va ijodiy qobiliyatini oshirib borishiga 
erishish va bu qobiliyatidan korxona maqsadlariga erishish 


uchun iloji boricha to’la foydalanishni ta’minlash demakdir. Bu 
1.3- rasmda o’z ifodasini topgan

Yüklə 361,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin