HISOB
1
MA’LUMOTLAR
BAZASI
DTBS16MBK
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI
7-MAVZU
MA’LUMOTLAR
BAZASINI
NORMALLASHTIRISH:
1NF, 2NF, 3NF VA KODD
NORMAL FORMALARI
Reja:
1.
Ma’lumotlar bazasini normallashtirish
2.
Funksional bog‘lanishlar va ularning turlari
3. Birinchi normal forma va uning talablari
4. Ikkinchi normal forma va uning talablari
5. Uchinchi normal forma va uning talablari
6.
Ma’lumotlar bazasi va MBBT ni fizik tashkil etish
7. Nazorat savollari
8. Foydalanilgan
adabiyotlar
Tayanch so`zlar:
funksional bog‘lanish, tranzitiv bog‘lanish, normal forma,
normallashtirish, 1 NF, 2 NF, 3 NF.
NAZARIY
BILIMLAR
HISOB
2
MA’LUMOTLAR
BAZASI
DTBS16MBK
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI
1.
Ma’lumotlar bazasini normallashtirish
Ma’lumotlar bazasida axborotlarni ko‘payishi hisobiga jadval o’lchamlari
dinamik ravishda o‘zgarib turadi. Unda yangi ma’lumot elementlari qo‘shiladi.
Ular orasida yangi aloqalar yoki bog‘lanishlar o‘rnatiladi
va ulardagi
ma’lumotlarni qayta ishlash samaradorligini yaxshilash maqsadida
normallashtirish
usullari qo‘llaniladi.
Bu muammoni hal qilish uchun ma’lumot elementlarini asosli ravishda
guruhlarga birlashtirish va ular uchun kalitlarni aniqlash yo‘li bilan hal qilinishi
mumkin.
Ma'lumotlar
bazasini
normallashtirish
ma'lumotlar
bazasidagi
ma'lumotlarning takrorlanishini oldini olish uchun
jadvallarni kichikroq va
ko'proq bog'liq jadvallarga bo'lish orqali amalga oshiriladi. Bu jadvallar
o'rtasidagi bog'lanish qoidalarini o'rnatadi, masalan, birdan ko'pga
munosabatlar, ko'pdan ko'pga munosabatlar va boshqalar.
Koddning
normal
shakli relyatsion ma'lumotlar bazalari strukturasini optimallashtirish uchun
foydalaniladigan qoidalar to'plamidir. Ushbu qoidalar
Edgar Kodd tomonidan
1970-yillarda ishlab chiqilgan.