NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR Vakolatli davlat organlari va mansabdor shaxslarning umummajburiy ko`rsatmasi. Ular huquq normalarini (qonun, kodeks, farmon, qaror, yo`riqnoma va boshqalar) o`rnatadi, o`zgartiradi va bekor qiladi
O`zbekiston Respublikasining ,,Normativ-huquqiy hujjatlar to`g`risida``gi yangi tahrirdagi Qonuni 2012-yil 24-dekabrda qabul qilingan. Ushbu qonun 33 ta moddani o`z ichiga olgan.
Quyidagilar normativ-huquqiy hujjatlar hisoblanadi
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
O`zbekiston Respublikasi qonunlari;
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalari qarorlari;
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari;
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;
Vazirliklar, davlat qo`mitalari va idorlarining hujjatlari;
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.
Normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega
Oliy Majlis Davlat qo`mitalari va idoralari Vazirlar Mahkamasi Mahalliy davlat hokimiyati organlari Mansabdor shaxslar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Vazirliklar
Normativ-huquqiy hujjatlarning asosiy belgilari quyidagilar:
vakolatli davlat organi tomonidan umumiy qoidalarga asosan chiqariladi, aniq o`rnatilgan tartiblar asosida qabul qilinadi;
normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish jarayoni huquq ijodkorligi mahsuli bo`lib hisoblanadi;
normativ-huquqiy hujjatlar ushbu hujjatning nomidan kelib chiqib umumiy xarakterdagi xulq-atvor qoidalarini huquq normalari ko`rinishida mujassamlashtiriladi;