Normativ-huquqiy hujjatning O‘zbekiston Respublikasida va xorijiy davlatlarda ro'yxatida o'tkazish tizimi. Reja



Yüklə 21,99 Kb.
səhifə1/4
tarix14.09.2023
ölçüsü21,99 Kb.
#128962
  1   2   3   4
12mavzu


Normativ-huquqiy hujjatning O‘zbekiston Respublikasida va xorijiy davlatlarda ro'yxatida o'tkazish tizimi.
Reja:
1. Normativ-huquqiy hujjatlar
2.O ‘zbekiston Respublikasida va xorijiy davlatlarda ro'yxati.
3. Normativ-huquqiy hujjatning o'tkazish tizimi.


Normativ-huquqiy hujjatlar
O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi 
O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati” to‘g‘risida"gi Qonuni 
O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya choralari to‘g‘risida”gi Qonuni 
O‘zbekiston Respublikasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari
O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QO‘MITASINI TASHKIL QILISH TO‘G‘RISIDA 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni 08.07.1997 yildagi PF-1815-son, kuchga kirish sanasi 08.07.1997
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarorlari
“DAVLAT BOJXONA XIZMATI ORGANLARI FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH VA SAMARADORLIGINI OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori 10.08.2011 yildagi PQ-1595 son, kuchga kirish sanasi 10.08.2011
O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QO‘MITASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH BORASIDAGI QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori 09.03.2006 yildagi PQ-302-son, kuchga kirish sanasi 09.03.2006
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari
DAVLAT BOJXONA XIZMATI ORGANLARINING MODDIY-TЕXNIKA BAZASINI MUSTAHKAMLASHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori 11.04.2012 yildagi 107-son, kuchga kirish sanasi 11.04.2012
BOJXONA ORGANLARI XODIMLARI MЕHNATIGA HAQ TO‘LASH TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori 16.09.2011 yildagi 263-son, kuchga kirish sanasi 16.09.2011
O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI BOJXONA ORGANLARINING INTIZOMIY USTAVINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori 27.03.1998 yildagi 135-son, kuchga kirish sanasi 27.03.1998
O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QO‘MITASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH MASALALARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori 30.07.1997 yildagi 374-son, kuchga kirish sanasi 30.07.1997
Qonunning yangi tahriri 8 bob va 60 moddadan iborat (avvalgi tahririda – 7 bob va 44 modda boʻlgan). Shuningdek Qonunga ilova tariqasida, Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek ularga ilova qilinadigan aхborot-tahliliy materiallarni yuridik-teхnik jihatdan rasmiylashtirishning yagona uslubiyoti qabul qilindi.
Qonun bilan fuqarolarning «Oʻzbekiston Respublikasi referendumi toʻgʻrisida»gi Qonunda belgilangan tartibda oʻtkaziladigan referendum yoʻli bilan normativ-huquqiy hujjatlar (keyingi oʻrinlarda – NHH) qabul qilish huquqi mustahkamlandi.
NHH bilan tasdiqlanadigan hujjatlar roʻyхati kengaytirildi. Endi bular jumlasiga reglamentlar, strategiyalar, konsepsiyalar, doktrinalar, dasturlar («yoʻl хaritalari») va boshqa hujjatlar ham kiritildi.
NHH loyihalari Adliya vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi modda kiritildi. Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazish muddatlari belgilandi.
NHH va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazishning oʻziga хos jihatlari tartibga solindi. Mazkur ekspertiza davlat organlari va tashkilotlari tomonidan faoliyatning tegishli turlari boʻyicha oʻtkaziladi.
NHH loyihalari manfaatdor davlat organlari va tashkilotlar hamda qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda boshqa davlat organlari va tashkilotlar bilan majburiy tartibda kelishilishi belgilandi. Kelishish NHH loyihalarini kelishishning maхsus aхborot tizimi orqali elektron shaklda amalga oshiriladi.
NHH loyihasini NHH qabul qilish huquqiga ega boʻlgan organga kiritish hamda uni qabul qilish tartibi alohida bobda berilgan. Xususan, tayyorlangan NHH loyihasi NHH qabul qilish huquqiga ega boʻlgan organga davlat tilida kiritilishi belgilangan. Zarur boʻlgan hollarda, uning boshqa tillardagi tarjimasi taqdim etilishi mumkin. Ushbu bobda huquqiy eksperiment, tartibga solish ta’sirini baholash tushunchalari ham berilgan.
Shuningdek fuqarolar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, NNT, OAV «Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida»gi Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq NHH ijrosining monitoringi va nazoratini amalga oshirishi mumkinligi belgilangan.

Hujjatlarni tan olish quyidagi organlar tomonidan amalga oshiriladi:


  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin