Osh tuzi
- qatlamlar xolida sho`r kullar va dengiz kultiklaridagi yotkiziklar
orasida uchraydi. Osh tuzining rangi hosil bo`lish
sharoitiga va tarkibidagi
aralashmalarga qarab, oq, sariq, qizil, havo rang bo`ladi. Suvda oson eriydi. Asosan u
galit (NaCl) mineralidan tashkil topgan.
Gips va angidrit
bug`lanish kuchli bo`lgan va suvi
oqib chiqib ketmaydigan
dengiz qo`ltiqlarida tuzlarning cho`kishidan hosil bo`ladi. Gips mayda donli zich yoki
tolasimon oq, kulrang, sariq rangdagi jinsdir. Xajmiy og`irligi 2200 kgG`m3.
mustaxkamligi 20MPa
Oxaktoshlar
juda keng tarqalgan cho`kindi tog` jinsi hisoblanadi. Ularning
tarkibiga kaltsit qisman dolomit minerali xam kiradi.
Asosan oxaktoshlar kaltsiy
karbonatdan tarkib topsada kvarts, pirit, gil aralashmalari xam uchraydi. Shunga ko`ra
- kulrang, oq, sariq yoki qo`ng`ir tusli xillari uchraydi. Tuzilishiga ko`ra loyqa
aralashsa loyqali, qum aralashsa ko`li, dolomit aralashsa dolomitli, kremniy aralashsa
kreniyli oxaktosh deb ataladi. Hosil bo`lishiga
qarab organogen, xemogen, chaqiq va
aralashma oxaktoshlar bo`ladi.
Oroganogyen oxaktoshlar
asosan dengiz mallyuskalarining chig`anoqlari,
marjonlar, mayda dengiz xayvonlari xamda o`simlik qoldiqlaridan paydo bo`ladi.
Bunday jinslar tuzilishi serg`ovak va g`alvirak bo`lib, keng tarqalgan. Xajmiy og`irligi
1200 dan 3100 kgG`m3 gacha o`zgaradi.
Orgonagen oxaktoshlar turkumiga bur xam kiradi. Bur yumshoq gilli jins bo`lib,
panjalar bin ishqalanganda eziladi. Rangi oq, kulrang, sarg`ish yoki bo`zrang bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: