1-AMALIY ISHI
JINS HOSIL QILUVCHI MINERALLARNING FIZIK XOSSALARINI
O`RGANISH
ISHNING MAQSADI:
Talabalar minerallar tog` jinslari haqida ma`ruzada olgan nazariy bilimlarini
mustahkamlash uchun, jinsni hosil
qiluvchi asosiy minerallarning, hamda tog`
jinslarining qo`yidagi tavsiflarini o`rganadilar:
-
minerallarning fizik xossasi va xususiyatini;
-
minerallarining kimyoviy tarkibini va kimyoviy klassifikatsiyasi bo`yicha
qaysi guruhga ta`luqli ekanligini;
-
asosan qaysi tog` jinslarida ko`p uchrashishini;
-
tog` jinslarining mineralogik tarkibini
-
tog` jinslarining strukturasi va teksturasini.
NAZARIY QISM
Yer qobig`ining ichida va uning sirtida bo`lib
turadigan xilma-xil fizik-
ximiyaviy jarayonlar natijasida vujudga kelgan tabiiy ximiyaviy birikmalar yoki sof
tug`ma elementlarni minerallar deb yuritiladi. Ya`ni ular yer qobig`idagi
mavjud
bo`lgan ma`lum fizik-ximiyaviy va termodinamik (temperatura, bosim, komponentlar
tarkibi) sharoit mahsulotidirlar. Hozirgi vaqtda ma`lum bo`lgan va mineralogiya
kursida tekshiriladigan 3000 ga yaqin minerallarni
juda oz qismi tabiatda keng
tarqalgan bo`lib, ular asosan tog` jinslarining tarkibida uchraydilar. Shuning uchun
ham ularni jins hosil qiluvchi minerallar deb yuritiladi.
Minerallarning muhim fizik xossalari murakkab asboblar va ko`p
mehnat talab
qiluvchi ximik, termik va boshqa analizlar jins yaratuvchi minerallarni muhim
xususiyatlarini aniqlashda katta yordam beradi. Ularga qo`yidagilar kiradi:
1.
Morfologik
xossalari
-kristall
formalari,
ularning
tabiiy
o`simtalari
agregatlarini tuzilishi, konkretsiyalar, keodalar, solitlar.
2.
Dostları ilə paylaş: