konlarida, asosan, sulfidli tomir konlarda, odatda
eng keyin kristallangan
minerallarning biri bo`ladi.
2.
Nurash protsessida kalsit
katta uyum holida uchramasa ham lekin ruda
konlari va tog` jinslarining oksidlanish zonasida yoriq
va darzlarda yangidan hosil
bo`lgan mineral sifatida tez-tez uchrab turadi. Bunday hollarda nurash po`stida
parchalanayotgan, tarkibida ohak bo`lgan endogen minerallar bilan havodagi karbon
oksidi kaltsit hosil qiluvchi manba bo`lib xizmat qiladi.
3.
Cho`kish yo`li bilan kalsitning
juda
katta
massalari, ayniqsa, dengiz
havzalarida ohak skeleti umurtqasiz hayvonlar va dengiz o`simliklari qoldiqlaridan,
avvalo balchiqdan hosil bo`ladi. Keyinchalik bu moddalarning
hammasi ohaktoshga
aylanadi.
Kalsit qanday yo`l bilan hosil bo`lmasin, bari bir u nurash zonasida uncha
barqaror mineral bo`lmaydi. Kislotalarda oson eruvchanligiga ko`ra, elyuval zonasida,
ayniqsa, sulfidli ruda konlarining oksidlanish zonasida eritmaga o`tib ketadi. O`rta
Osiyoda Zarafshon-Hisor, Pskom-Ugom rayonlarida
va boshqa joylarda keng
tarqalgan.
Malaxit SiSO
3
[OH]
2
-kristallari mustahkam massali monoklin singoniyada.
Qattiqligi 3,5-4, zichligi 3,7-4,1 g/sm
3
. Yer massali malaxit yashil mis deb nomlanadi,
chegarasi och yashil, yaltiroqligi shishasimon. Kislotalarda shiddatli qaynaydi mis
sulfidli konlarning oksidlanishi zonasida shakllanadi. Jiloli
toshlar va kraska ishlab
chiqarishda, mis rudasi sifatida ishlatiladi.
Uraldagi ikkita katta yirik mis koni butun dunyoga mashhur edi. Bular
Mednorudyansk (Quyi Tagil yaqinida) bilan Gumeshevsk (Sverlovskdan janubi-
g`arbda) konlardir. O`zbekiston xududida Nurota tog` tizmasidagi konlarda mavjud.
Sulfatlar
Bu guruh minerallariga sulfat kislotaning selenatli va selenitli birikmalari kiradi.
Bu sinfga kiruvchi minerallar 175
dan ortiq, ularning ayrimlari qo`shimcha anionlar
[PO
4
], [AsO
4
](CO
3
] tufayli hosil bo`ladi. Sulfatlarning tuzilishida [SO
4
]-2 anionining
ahamiyati ulkan, bunda olti valentli oltingugurtni kislorodni
qurshab olgan va ular
faqat yirik ikki valentli kationlar bilan birikishi natijasida barqaror panjaralar hosil
qiladi. Sulfat minerallarini hosil qilishda faol kationlardan: Ca, Ba, Na, Pb, K, Mg, Cu,
Zn ning roli katta.
Dostları ilə paylaş: