Agar tog` jinslariga ta`sir qiluvchi tashqi kuchlar kattaligi elastiklik
chegarasidan ortiq bo`lib, bunda ularning yahlitligi buzilmasa, tashqi kuchlar
ta`siri to`xtagandan keyin hajmiy va shakliy o`zgarishlar birlamchi holatiga
qaytmasa, qoldiq deformatsiya hosil bo`ladi va u
plastik deformatsiya
deb
yuritiladi. Bu deformatsiya kristalli jinslardagi minerallar kristall panjaralari
qatlamlarining bir biriga nisbatan qaytmas siljishi bilan bog`liq. Tashqi kuchlar
ta`siri to`xtagandan keyin ular yangi muvozanat sharoitida hosil bo`lgan
vaziyatini saqlab qoladi.
Qoldiq deformatsiya tog` jinslari yaxlitligining buzilishi (darzliklar hosil
bo`lishi, parchalanish) orqali sodir bo`lsa
mo`rt deformatsiya
rivojlanadi.
Deformatsiya
turlarini
ko`rgazmali
tasavvur etish uchun rezina tasma, plastilin
parchasi va bir varaq qog`oz olamiz (45-rasm).
Ushbu jismlarga bir xil cho`zuvchi kuchi ta`sir
etayotgan bo`lsin. Bunda rezina tasma va
plastilin parchasi cho`ziladi, ammo qog`oz
varag`i yirtilib ketadi (46-rasm). Demak qog`oz
varag`i uchun mo`rt deformatsiya xosdir.
CHo`zuvchi kuch ta`siri to`xtagandan so`ng
plastilin parchasi keyingi cho`zilgan holdagi
shaklini
saqlab qoladi.
Bu
esa
plastik
deformatsiya
uchun
yaqqol
misoldir.CHo`zuvchi kuch ta`siri to`xtagandan
so`ng rezina tasmasi o`zining dastlabki shakliga
qaytadi.
Tog` jinslariga faqat
cho`zuvchi tektonik kuchlar
emas,
balki
siquvchi
va
burovchi
xarakterdagi
tektonik kuchlar ham ta`sir
ko`rsatadi.
Bularning
natijasida
murakkab
tuzilishdagi
turli
tektonik
strukturalar vujudga keladi.
Ularni o`rganish ham nazariy,
ham amaliy ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: