ralarni va fleksuralarni har tomonlama o`rganish
foydali qazilma konlarini
qidirishda, razvedka va eksplutatsiya qilishda katta amaliy ahamiyatga ega.
Uzilmali strukturalar va ularning morfologik turlari
.
Uzilmali
strukturalar (er yoriqlari) er po`stida rivojlanadigan tektonik kuchlar ta`sirida
sodir bo`lib, burmali tog`larda keng tarqalgan.
Yer po`stining yaxlitligi buzilishi orqali bir-biridan ajralgan bo`laklari
o`zining fazoda tutgan o`rni va surilishda qatnashish faolligi bilan ajralib turadi.
Surilish
yuzasi
bilan
ajralgan
tog`
jinslarining
bo`laklari
surilmali
strukturalarning
bloklari
yoki
qanotlar
i
deb ataladi. Uzilmali strukturalar er
yuzasidagi relef shakllari bo`yicha yaqqol ko`rinib turadi.
Uzilmali strukturalarning surilish yuzasi tekis va notekis bo`lishi mumkin.
Birinchi holda u odatda silliqlangan bo`ladi. Bunday
silliq va yaltiroq yuza -
sirpanish oynasi
deb ataladi.
Surilish yuzasi notekis bo`lsa, o`zaro xarakatda bo`lgan bloklar orasida
tektonik brekchiyalar
hosil bo`lishi mumkin.
Tektonik brekchiyalarning
harakatdagi bloklar orasida maydalanib ezilishi va zichlashishi oqibatida
milonitlar
hosil bo`ladi.
Tektonik brekchiyalar katta bo`shliq hajmiga ega bo`lganligi uchun ko`p
hollarda ularning ichiga gidrotermal eritmalar kirib, tomirli va ma`danli mineral
yotqiziqlar hosil qiladi. SHuningdek tektonik brekchiyalar orasida erosti suvlari,
gaz va neft mahsulotlri to`planishi mumkin.
Uzilmali strukturada ko`tarilgan blok yoki yotgan qanot, cho`kkan blok
yoki
osma qanot, surilish yuzasi, surilish yuzasining yotish burchagi, surilish
amplitudasi kabi elementlar
ajratiladi
Uzilmali strukturalar o`zining xima-xilligi bilan ajralib turadi va
bloklarning surilish yuzasi yo`nalish chizig`i bo`yicha (gorizontal), surilish
yuzasining yotish chizig`i bo`ycha (vertikal) va
ularning har ikkisiga ham
ma`lum burchak ostida (diagonal) harakatlanishi orqali bir-biridan farqlanadi.
Bulardan tashqari bloklarning surilish yuzasiga perpendikulyar yo`nalishdagi
xarakati, surilish yuzasining yotish burchagi, uning yotish tomoni va boshqa
xususiyatlari ham hisobga olinadi. Ular orqali
uzilmali strukturalar uzilma,
aksuzilma, siljima, ustsurilma, qoplama va ochilma singari turlarga ajratiladi.
Uzilmali
struktura-larning
bunday xilma-xilligi tog` jinslariga
ta`sir qiluvchi tektonik kuchlarning
harakat yo`nalishi
va ular orasidagi
munosabatga
bog`liq.
Tektonik
kuchlar harakat yo`nalishiga qarab
siquvchi, cho`zuvchi va juft kuchlarga
bo`linadi
Siquvchi
tektonik kuchlar bir-
biriga qarshi yo`nalishdagi harakati tufayli tog` jinslarida burmali strukturalardan
Dostları ilə paylaş: