11-MA`RUZA. SHAMOLNING GEOLOGIK ISHI
Reja:
1.
Shamolning paydo bo`lishi va uning geologik ishi.
2.
Shamol ta`sirida hosil bo`ladigan eol yotqiziqlar.
3.
Shamoldan himoyalanish tadbirlari.
4.
Shamolning yer yuzasidagi bo`ladigan o`zgarishlardagi mohiyati.
Tayanch iboralar:
Shamol, nurash, jins, sirt, gorizontal, chuqurlik, deflyatsiya,
qum, tepalik, amplituda, qatlam, eol, muz, parchalash, relef, denudatsiya,
akkumulyatsiya.
Daryo sohillarida o`simlik bo`lmasa shamolning ishini yaxshi kuzatish mumkin.
Shamol ayniqsa cho`llarda katta ishlarni bajaradi. Bu ish shundan iboratki, shamol
qumlarni surib ketib, harsang va toshlarga olib borib uradi. Qumlar tog` jinsi sirtiga
kelib uriladi, sirtning yuzi tekislanadi, juyaklar, chuqurliklar va xatto ikkala tomoni
bo`sh joylar hosil bo`ladi.
Shamol tog` jinslarining buzilish maxsulotlarini bir joydan ikkinchi joyga
ko`chirish ishini ham bajaradi. Shamol faqat gorizontal sathlarni shipirib ketish
bilangina chegaralanib qolmay, balki mayda-mayda chuqirliklarga ham kirib, u yerdan
tog` jinslarining nurash mahsulotlarini olib chiqib ketadi. Faqat mana shu “deflyatsiya”
ishi natijasida cho`l tog` jinslari batamom buziladi.
Shamol faqat mayda changlartinigina uzoq joyga uchirib keta oladi. Qumni esa yer
yuzasidan bir oz ko`tarib uchirib ketadi va uzoq joyga bormay qum tepaliklar
ko`rinishida to`playdi. Qum tepaliklar faqat saxrolarda va dengiz soxillarida, shuning
dek qisman katta daryolarning buyida xam hosil bo`ladi. Qumtepaliklar taqsimlashgan
xolda, shamolga perpendikulyar joylashgan bo`lib, ba`zan ularning balandligi 120-
130m ga yetadi. Ularning yillik siljish amplitudasi 20 m ga yetadi.
Nurashdan hosil bo`lgan maxsulotlarni ko`chirishda ham shamol katta ish bajaradi.
Doimo shamol bo`lib turganda chang katta qatlamlar hosil qilishi mumkin.
Umuman shamol ta`sirida hosil bo`lgan barcha tog` jinslari
eol
(yunoncha shamol
xudosi) tog` jinslari deyiladi. Shamol suv va muzliklar nurash mahsulotlarini bir
joydan ikkinchi joyga ko`chirish bilangina chegaralanmay, balki ular tog` jinslarini
mexanik ravishda parchalaydi va yer yuzasi relyefini o`zgartiradi. Bu narsa
geologiyada denudatsiya jarayoni deyiladi.
Shamolning geologik ishi asosan mana bulardan: deflyatsiya (uchirish),
akkumulyatsiya (to`planish) va korroziya (uyish, silliqlanish)dan iborat.
Dostları ilə paylaş: