12-MAVZU: YER USTI SUVLARINING GEOLOGIK ISHI.
Reja:
1. Yer usti suvlarining oqimlari.
2. Daryo vodiylarining tuzilishi.
3. Oqar suvlarning geologic ishi.
4.
Vaqtinchalik suv oqimlarining geologik ishi.
Tayanch so`zlar
: yuza suvlari, turbulent va laminar oqimlar, vaqtincha oqar
suvlar, soylik, jar, jarlik, denudatsiya, ellyuviy, dellyuviy, prolyuvial, yoyilma, lyoss,
sel, daryo, eroziya, daryo xavzasi.
12.1. Yer ustki suvlarining oqimlari.
Yer yuzasidagi oqar suvlar quruqlik denudatsiyasining eng muhim
omillaridan biri. Suv oqimlari relefning parchalanishiga va materiklar yuzasining
pasayishiga olib keladi. Ular atmosfera yog`in-sochinlari va qorlarning erishi
tufayli vujudga keluvchi differensiatsiyalanmagan mayda jilg`alardan
tortib to
azim daryolar tizimigacha bo`lgan suv oqimlarini o`z ichiga oladi.
Yer yuzasi oqim suvlarining geologik ishi suvning massasiga va uning
oqim tezligiga bog`liq bo`ladi. Uning ishi tog` jinslarini yuvish, nurash
mahsulotlarini tashish va yotqizishdan iborat. YUza suvlari bajarayotgan barcha
jarayonlar va bunda hosil bo`lgan yotqiziqlar majmuasi flyuvial (lotinchada
«flyuvios» – daryo, oqim degan ma`noni anglatadi) jinslar deyiladi.
Nurash mahsulotlarining asosiy qismi suv oqimlari yordamida ko`chiriladi.
Bunday oqimlar quruqlik oqimlari (daryolar, soylar) va havza oqimlaridan
(sohilbo`yi, kontur, tranzit va turbid oqimlari) iborat bo`ladi.
Quruqlikda suv oqimlari relef qiyaligi tufayli vujudga keladi. Bunday suv
oqimlarining tezligi tekisliklarda 1,5-1,6 m/sek, tog`larda 5-8 m/sek gacha
boradi. Oqim tezligining o`zgarishi o`zan kengligiga,
chuqurligiga va relef
qiyaligiga bog`liq. O`zanning torayishi oqim tezligini oshiradi.
Suyuqlikning turli kinematik va dinamik xususiyatlariga asosan laminar va
turbulent oqimlar ajratiladi.
Laminar oqimlarda
oqim chiziqlari (suyuqlik zarralarining harakat
yo`nalishi) bir-biriga parallel va bir xil tezlikda bo`ladi. Bunda oqim parallel
qatlamlar to`plami sifatida harakatlanadi. Laminar oqimlar nisbatan sekin, asosiy
oqimga mos kelmaydigan komponentlari amalda hisobga olinmaydigan darajada
kichik bo`ladi.
Turbulent oqimlarda
oqim chiziqlari buralib o`zgaruvchi uyurmalar
tizimini tashkil etadi. Bunda o`zgaruvchi uyurmalarning yo`nalishi
va tezligi
o`rtacha arifmetik oqimnikidan farq qiladi. Boshqacha qilib aytganda,
uyurmalarda suv massasi chapdan o`ngga, pastdan yuqoriga va aksincha
harakatlanib, “o`ynab” oqadi.
Turbulent oqimlarda uyurmalarning tezligi o`rtacha oqim tezligidan uncha
farq qilmasada, butun oqimga kuchli ta`sir etadi. CHunki turbulentlik orqali
terrigen zarralar doimo muallaq holda (gil zarralari) yoki vaqtincha muallaq
holda (qum donalari) ko`chiriladi.
Daryolarda turbulentlikni asosan og`irlik kuchining o`zan bo`ylab
yo`nalgan tashkil etuvchisi - urinma vujudga keltiradi va o`zan
tubining
notekisligi orqali kuchayadi.
Turbulentlik oqimda ko`chirilayotgan zarralarning suspenziya holatida
bo`lishiga yordam beradi. Turbulent oqimlarning siljituvchi kuchi shu tezlikdagi
boshqa oqimlarnikiga qaraganda 3-4 marta katta bo`ladi. Bu xususiyat cho`kib
ulgurgan zarralarni qaytadan ko`tarib, oqim suspenziyasiga qo`shishda katta
ahamiyatga ega. CHunki cho`kib ulgurgan zarralarni o`z joyidan ko`tarib,
ko`chirish uchun oqimning katta suruvchi kuchlanishi kerak bo`ladi. Ayniqsa, bu
mayda plastinka shaklidagi zarralarga va yuzasi suv o`tlari bilan qoplanib
ulgurgan yotqiziqlarga taalluqlidir. CHo`kib ulgurgan zarralarni qaytadan
oqimga qo`shishda oqimdagi mavjud zarralarning tirnash kuchi ham katta
ahamiyatga ega bo`ladi.
Turbulent oqimlarda yirik bo`lakli jinslar (g`o`laklar va graviy) dumalab,
qum donalari saltatsiya (sakrab-sakrab) yo`li bilan, alevrit
va gil zarralari esa
muallaq holda ko`chiriladi. Turbulent oqimlar laminar oqimlarga aylanib, tezligi
susayganda yirik bo`lakli jinslar oqim o`zanida cho`kib qoladi, qum donalari
dumalash orqali, alevrit va gil zarralari oqim tufayli, hali suspenziyada
bo`lganligi sababli, muallaq holda ko`chiriladi. Laminar oqimlarda o`zan
tubidagi notekisliklar cho`kindi materiallar bilan to`lib, tekislanib boradi.
Turbulent oqimlarda esa chuqurlatish eroziyasi tufayli o`zan tubi notekisligicha
qolaveradi.
Laminar oqimlarning ham, turbulent oqimlarning ham cho`kindining
sirtiga ta`siri
suyuqlikning zichligi, dinamik qovushoqligi, tezligi bilan bog`liq
bo`lgan bir qancha gidrodinamik parametrlar va suv-cho`kindi chegarasining
geometriyasiga bog`liq.
Suv va havo kabi har bir oquvchi muhit
qovushoqlik
deb ataluvchi
ishqalish kuchi tufayli vujudga keluvchi ichki qarshilikka ega bo`ladi. Suyuqlik
yoki
gazning
qovushoqligi
sekin
harakatlanayotgan
massaning
tez
harakatlanayotgan massani tormozlovchi kuchi o`lchami hisoblanadi.
Terrigen donalarning o`lchami, solishtirma og`irligi va shakli kabi
xususiyatlari oqimda ko`chirilishi uchun muhim omildir. Bu o`zgaruvchi
parametrlarning umumiy samarasi oquvchi muhitning
zichligi va qovushoqligi
bilan birgalikda cho`kish tezligini belgilaydi.
Terrigen zarralarning havoda cho`kishi suvdagiga qaraganda katta farq
qiladi. Masalan, qum zarralarining havoda cho`kishi suvdagiga nisbatan 30-50
marta tez sodir bo`ladi. Zarralarning o`lchami kichrayishi bilan bu farq kamayib
boradi.
Havoning, chuchuk va dengiz suvlarining zichligi turlichadir. Bir xil
hajmdagi qum zarralari o`z og`irligini dengiz suvlarida ko`p, chuchuk suvlarda
kamroq, havoda esa undan ham kam yo`qotadi. SHuning uchun ham bir
hajmdagi og`ir va engil minerallarning cho`kish tezligi orasidagi farq havodan
dengiz suviga qarab kamayib boradi. Bu xususiyatlari orqali terrigen zarralarning
genezisi aniqlanadi.
Suv oqimlari bilan ko`chiriladigan materiallarning
miqdori oqimning
tezligi, faoliyatining doimiyligi yoki vaqtinchaligiga bog`liq. Suv oqimlari bilan
ko`chiriladigan materiallarning miqdori oqim zichligi bilan belgilanadi. Bu
kattalik o`zgaruvchan bo`lib, ba`zi oqimlarda u juda yuqori bo`ladi.
Suv oqimlari yil bo`yi faoliyat ko`rsatuvchi doimiy va bahor oylaridagina
faoliyat ko`rsatuvchi vaqtinchalik suv oqimlariga bo`linadi.
Dostları ilə paylaş: