Noyob va radioaktiv metallar rudalarni qazish va qayta ishlash


Vaqtinchalik suv oqimlari



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/155
tarix25.11.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#134495
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   155
Geologiya majmua

Vaqtinchalik suv oqimlari
tog` hududlarida jala yog`ishi va qorning tez 
erishi tufayli vujudga keladi. Bunday oqimlar 
sellar
deyiladi. Sellar asosan 
o`simlik qoplamasi yaxshi rivojlanmagan quruq iqlimli o`lkalarda hosil bo`ladi. 
Ular o`zining katta tezligi, zichligi va eroziya xususiyatlari bilan boshqa 
oqimlardan ajralib turadi. Sellar shakllanishida suv dastlab tog` yonbag`irlarida 
butun maydon bo`yicha oqaboshlaydi va keyinchalik ma`lum o`zanlarga 
birlashib, yaxlit oqimni tashkil qiladi. 
Sel to`satdan paydo bo`lib, tog` daralari va soylaridan juda katta tezlik (20 
- 25 m/sek) bilan pastga intiladi va yo`lida uchragan to`siqlarni emirib, oqizib 
ketadi. SHu vaqtda o`zandagi suv loyqasi 5-20 m gacha ko`tariladi va sel ketish, 
toshqin jarayoni bo`ladi. Masalan, 1966 yilda Isfayram soyda, 1967 yili Kichik 
Almati soyida va 1978 yili Karpat tog`ida sel bo`lib, bir-ikki soatda har qaysisi 
3000 - 4000 m
3
shag`al va loyqani tashigan. 1969 yili may oyida huddi shunday 
hodisa CHirchiq daryosi va uning irmoqlarida sodir bo`lgan. CHunonchi, 
Oqsoqota irmog`ida 2 soat davom etgan sel o`zan qayirusti supasidagi ekin 
maydonlarini, tegirmonlarni oqizib ketgan. SHu qisqa vaqt ichida bir necha yuz 
tup mevali daraxt va bir necha ming m
3
shag`al CHirchiq daryosiga quyilgan va 
konus yoyilmasi (Bo`stonliq qishlog`i) bortlarini yuvib ketgan. 
Sel oqiziqlari odatda tog` etaklarida prolyuviy yotqizig`ini hosil qiladi. 
YOnbag`irlardagi ellyuviy, delyuviylar yog`in suviga to`yingandan so`ng 
harakatga kelgan mahsulotlarni pastga oqizib tushadi. Sel faqat tosh 
bo`laklarinigina emas, balki ildizi bo`shroq daraxtlarni ham oqizib ketadi.
Sel oqimlari zichligining yuqoriligi bir tomondan tezligining kattaligiga, 
ikkinchi tomondan esa yil davomida nuragan mahsulotlarni birdaniga 
ko`chirishiga bog`liqdir. Sel oqimlari butun oqim yo`lidagi barcha materiallarni 
oqizib, tog`oldi tekisliklariga olib chiqadi. Ular keltirgan materiallarning miqdori 
shu hududdagi doimiy oqar suvlarnikiga qaraganda ko`proqdir. Bu prolyuvial va 
delyuvial 
yotqiziqlarning 
allyuvial 
yotqiziqlarga 
qaraganda 
keng 
tarqalganligidan ma`lum. Sel oqimlari xar doim turbulent xarakterga ega bo`ladi. 


Yotqiziqlari 
differensiatsiyalanmagan 
va 
saralanmagan, 
bo`laklari 
dumaloqlanmagan, o`tkir qirrali bo`ladi. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin