2. Fizik bog`langan suvlar: gigroskopik va plyonkasimon suvlar.
3. Erkin suvlar: kapillyar va gravitatsion suvlar.
4. Qattiq holatdagi (muz) suvlar.
5. Kristallashgan (kristallogidratlar) va kimyoviy birikma (gidroksil) holatidagi
suvlar.
Yer osti suvlari daryo, ariq suvlariga nisbatan ancha sekin harakatlanadi. Ular
tog` jinslari orasidan ko`pincha nishab tomonga qarab sizib o`tadi. Relefning bunday
joylaridan erosti suvlari buloq yoki sizot suvi tarzida chiqib turadi.
Bunday suvlar
Sirdaryo viloyatidagi yangi o`zlashtirilgan joylarda ko`plab uchraydi.
Yer osti suvlari kelib chiqishi bo`yicha yuvenil, sedimentogen, singenetik,
epigenetik suvlar ajratiladi.
Yuvenil suvlar.
Er po`stining ichki qismidagi magmadan ajralayotgan
minerallashgan issiq suv bug`larining erosti suvlariga aylanishidan hosil bo`ladi.
YUvenil suv erning chuqur qatlamlarida va tez - tez vulkan otilib turadigan o`lkalarda
ko`p uchraydi.
Sedimentogen
(yunoncha cho`kindi) suvlar eng chuqurdagi cho`kindi
jinslari
qatlamlari orasidagi yuqori darajada minerallashgan (sho`rlangan) erosti suvlaridir.
Olimlarning hisoblashicha bu suvlar genezisiga ko`ra dengiz suvidan paydo bo`lgan.
Ularning ikki - singenetik va epigenetik turlari tabiatda ko`p uchraydi.
Singenetik
(yunoncha singenez - cho`kindi bilan bir vaqtda hosil bo`lish
demakdir) erosti suvlari. Havza yotqiziqlarining to`planish jarayonida ular orasida
qolib ketgan qoldiq suvlardir.
Epigenetik
(yunoncha epigenenez - keyin paydo bo`lgan) erosti suvlari tog`
jinslari vujudga kelgandan so`ng yoki dengizdan sizib o`tgan suvlardan hosil bo`ladi.
Tog` jinslarida flyuidlarning harakat qonuniyatlarini tahlil qilishda g`ovaklik va
kirituvchanlik asosiy ahamiyatga ega.
G`ovaklik.
Terrigen jinslardagi g`ovaklik qattiq komponentlar egallamagan bo`shliq
hisoblanadi. G`ovaklar o`zaro tutashgan yoki tutashmagan bo`lishi mumkin.
G`ovaklik skalyar kattalik singari foyizlarda ifodalanadi. Bunda umumiy va
samarali g`ovaklik ajaratiladi. Ular:
R
um
+ V
um
- V
q
/V
um,
R
sm
+ V
t
/V
um
formulalar yordamida aniqlanadi. Bunda R
um
- umumiy g`ovaklik
,
R
sm
- samarali
g`ovaklik, V
um
-
umumiy hajm, V
q
- qattiq faza hajmi, Vt- tutashuvchi g`ovaklar
hajmi.
Umumiy g`ovaklik terrigen jinslardagi butun bo`shliqlarning, ularning o`zaro
tutashgan yoki tutashmaganligidan kat`iy nazar, foyiz miqdorida ifodalanadi.
Samarali g`ovaklik esa faqatgina o`zaro tutashgan g`ovaklarning foyiz miqdori bilan
belgilanadi. Samarali g`ovaklik miqdori har doim umumiy g`ovaklikdan past
bo`ladi. Pemza va penoplastlar juda yuqori umumiy g`ovaklikka, ammo juda kam
samarali g`ovaklikka ega bo`lgan materiallar jumlasiga kiradi.
Terrigen jinslarda g`ovaklik struktura hosil qiluvchi donalarning joylashish
tartibiga va saralanish darajasiga bog`liq. O`lchami bir xil bo`lgan sferasimon
donalar rombaedr tartibida joylashganda g`ovaklik 25,9% ni, tartibsiz joylashganda
87,5% ni tashkil qilishi mumkin. YAxshi saralanmagan materiallarda donalar
orasidagi bo`shliqlar mayda zarralar bilan to`lib, g`ovaklik darajasini kamaytiradi.
Zichlashish va sementlanish natijasida ham g`ovaklik miqdori juda pasayib ketadi.
Neftli gorizontlarda g`ovaklik 5-20% bo`ladi.
Kirituvchanlik
terrigen jinslarning suyuqliklarni o`tkazish qobiliyatidir. U
Darsi formulasi bilan ifodalanadi:
Q + KA x (dp/dl),
bunda Q – vaqt birligida singadigan suyuqlik hajmi, A – ko`ndalang kesim yuzasi,
dp/dl-konkret o`lchamlarga bog`liq bo`lmagan gidravlik gradient.
Kirituvchanlik kattaligi suyuqlik xususiyati va muhitning g`ovakligi hamda
shu muhitdagi kirituvchanlik yo`nalishiga bog`liq.
Solishtirma kirituvchanlik (k) kirituvchanlik o`lchami bo`lib, u faqatgina
muhitga bog`liq:
Q + KAf/M x dp/dl
bunda f- suyuqlikning solishtirma og`irligi, M – esa uning qovushoqligi. Solishtirma
kirituvchanlik
darsi
birligida o`lchanadi va
uni oqim harakatlanayotgan
g`ovaklarning yig`indi yuzasi sifatida qarash mumkin.
Tog` jinslarining kirituvchanligiga bo`laklarning o`lchami, ularning saralanish
darajasi, mo`ljallanganligi, joylashish tartibi hamda sementlanishi va qatlamlanish
xususiyatlari ta`sir etadi. Terrigen cho`kindilar donalarining o`lchami qancha kichik
va saralanish darajasi past bo`lsa, kirituvchanligi shuncha kamayishi eksperimental
yo`l bilan aniqlangan. Gradatsion qat-qatlikka ega bo`lgan turbidit yotqiziqlarining
qatlamlarida pastdan yuqoriga qarab, donalar o`lchamining
kichirayib borish
yo`nalishi bo`yicha kirituvchanlik ham pasayib boradi. Qum donalarining
joylashishi qancha zich bo`lsa, boshqa barcha teng sharoitlarda, samarali g`ovaklik
va shu tufayli kirituvchanlik ham shuncha past bo`ladi.
Kirituvchanlik g`ovaklikka to`g`ri va solishtirma yuzaga teskari proporsional
bo`ladi. Terrigen jinslardagi bo`laklarning o`lchami kichiklashib borgan sari
kirituvchanlik ham pasayib boradi. Bunga bo`laklarning
kichrayib borishi tufayli
solishtirma yuzaning oshishi sabab bo`ladi. Natijada oqimga bo`lgan qarshilik
ortadi.
Qumtoshlarning kirituvchanligi g`ovakligiga qaraganda kuchli o`zgaruvchan
bo`ladi. Bunga ikki sabab bor. G`ovaklik bo`shliqlari yuzasidagi notekisliklar ham,
oqim o`tadigan ikki nuqta orasidagi masofa ham oqimga qarshilik qiladi. Bu
xususiyatlardan birining yoki ikkalasining birgalikda o`zgarishi, g`ovaklik qiymati
o`zgarmaganda ham, kirituvchanlikning o`zgarishiga olib keladi.
Erosti suvlari joylashish sharoitlari bo`yicha sizot, grunt va qatlam suvlariga
bo`linadi. Qatlam suvlari esa o`z navbatida bosimli va bosimsiz turlarga ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: