bo`lmasada, davriy ravishda bu sayyora sirti ravshanligining o`zgarib
turishi yaqqol
seziladi.
1977 yilning 10 martida Uranning hayotiga tegishli fizik bir yangilik ochildi:
uning
atrofida ham, Saturn atrofidagi kabi, xalqa topildi. Bu kun amerikalik yosh astronom
olimlardan YA. Elliot, E. Danxem va D. Minklar “uchar observatoriya” deb nom olgan
maxsus samolyotga o`rnatilgan teleskop orqali Uranni Sao 158687 deb nomlangan
yulduzni bekitib o`tishini kuzatdilar. Kutilmaganda, yulduzning Uran bilan tutilishiga
40 minut qolganda, uning
ravshanligi keskin kamayib, bir necha sekunddan so`ng
dastlabki xolatiga kelgan. Shundan so`ng planeta yulduzni to`sgunga qadar bunday xol
yana to`rt marta qaytarilgan va nixoyat, yulduzning planeta diski bilan to`silishi 25
minutcha davom etgach, yana navbat bilan yulduzning ravshanligi besh marta kamayib
oldingi xolatiga kelgan. Kuzatuvchilar bunday xodisaning sababchisi, Uran atrofida
birin - ketin beshta xalka joylashganligidan deb to`g`ri faxmladilar.
1986 yilning 24 yanvarida AQSH ning “voyajer-2”
planetalararo avtomatik
stantsiyasi esa, Yerdan jo`naganidan 8 yarim yil keyin Uran sayyorasidan 81 ming 200
kilometr naridan o`tayotib, u haqida qiziq ma`lumotlar to`pladi. Uning “aytishicha”,
planeta atmosferasining asosiy qismi molekulyar vodoroddan iborat bo`lib, uning ustki
qismini atomlar vodorodli “toj” bezaydi.
Neptun
“Qalam uchida topilgan sayyora” 1820 yilga qadar Quyosh oilasi asosan quyidagi
ettita sayyora: Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter, Saturn va Uran hamda ularning
yo`ldoshlaridan tashkil topgan deb qaralardi.
1820 yili parijlik astronom A. Buvar, Yupiter, Saturn va Uranlarning kordinatalari
jadvalini juda katta aniqlik bilan hisobladi. Biroq o`n yil o`tgach, Uran oldindan
hisoblangan o`z o`rnidan 200 sekundli yoyga ilgarilab ketdi. Yana o`n yil o`tgach,
ilgarilash 90 sekundga, 1846 yilga kelib esa 128 sekundga etdi. Osmon mexanikasi,
nazariy hisoblashlar bilan praktika orasida bu qadar katta farq chiqishiga yo`l
qo`ymasligi kerak edi. Astronomlar, Uranning harakatidagi bu chetlashish, uning
orbitasidan tashqaridagi boshqa planetaning ta`siri tufayli degan qarorga keldilar.
Bunday murakkab matematik masalani hal qilish uchun bir vaqtda bir-birlaridan
bexabar xolda ikki astronom “bel bog`ladi”. qizig`i shundaki, Neptunning ochilishidan
ancha ilgari 1795 yili 8 va 10 mayda - ikki marta astronom Laland kuzatdi. Biroq
o`shanda u planetani xira bir yulduz deb o`ylab, bu ikki kunda olingan foto
plastinkalarda kuzatilgan sayyora siljishini - o`lchashning xatoligidan deb tushundi.
Agar o`shanda Laland xulosa qilishga shoshilmay, bir - ikki kun bu “xira yulduzcha”
ni e`tibor
bilan kuzatganda edi, u Neptunni Lever`e va Galledan yarim asr oldin topgan
bo`lardi.
Neptun Urandan birozgina katta bo`lib, uning diametri 50 ming 100 kilometrdir.
Zichligi 1 kub santimetrida 1,6 gramm. Quyoshdan o`rtacha uzoqligi 30,1 astronomik
birlik. Massasi ernikidan 17,2 marta katta. Planetaning orbital tezligi sekundiga 5,5
kilometr bo`lib, Quyosh atrofida aylanish davri 164 yilu 280 kun. O`z o`qi atrofida
Neptun 15,8 soatda bir marta aylanib chiqadi. Spektroskopik kuzatishlar, Neptunda
vodorod va metan borligini ma`lum qildi. Shuningdek, sayyoraning bu yirik yo`ldoshi
anchayin qalin atmosfera bilan ham qoplangan deb faraz qilinadi.