Sof tug`ma elementlar
Bu elementlar soni 30 dan ortiq, ko`pchilik qismini metallar tashkil etadi. Sof
elementlarning yer qobig`idagi miqdori - 0,1%.
Metall xillariga oltin, kumush, mis, platina va nometall turlariga oltingugurt,
grafit, olmos kiradi.
Oltin Au -
Asosan nomunofiq donador, varaqsiimon, juda kamchilik hollarda
kubik kristall shaklidagi sof tug`ma holatda uchraydi. Qattiqligi 2,5–3; zichligi 15,6–
19,0 g/sm
3
(toza oltinniki – 19,3 g/sm
3
), rangi oltinsimon sariq; chegarasi metalldek,
sariq; metalldek yaltiroq. Faqatgina «Shox arog`ida» KSN va ozod xlor, brom
ajraladigan reaktivlarda eriydi. Gidrotermik va sog`ilma konlari asosan ko`plab
uchraydi. Qimmatbaho metallarga oltindan tashqari sof tug`ma holatda uchraydigan
platina va kumushlar ham kiradi.
Ma`lumki oltin asosiy pul va valyuta metallidir. U bezak ishlarida, zebi-ziynat
buyumlarini tayyorlashda, fizik va ximik asboblar ishlashda, tishni protezlash ishlarida
va boshqa maqsadlar uchun sarf qilinadi.
Oltingugurt S
–Ko`pchilik xollarda piramida va rombik kristall yaxlit, yersimon va
kukunsimon massa uchraydi. Qattiqligi 1-2; zichligi 2g/sm
3
, turli xil sariq rangda
himoyalanadi. Chegarasi deyarli yo`q, sinish yuzasida yog`dek. Yengil eriydi va
o`zidan oltingugurt SO
2
ajratib yonadi. Sof tug`ma oltigugurtning asosiy massasi
organik tarkibi ta`sirida gips va turli oltingugurt birikmalarining qayta shakllanishidan
hosil bo`ladi.
Sof tug`ma oltingugurt yer qobig`ining faqat eng ustki qismlarida va yer yuzida
topiladi. U turli yo`llar bilan hosil bo`ladi:
1.
Vulqon harakatlari natijasida uning kraterlarida va jins yoriqlarida yopishib
qotadi. Hozirgi vaqtda vulqonlar uchraydigan rayonlarda ba`zan solfatlar manbalaridan
erigan holda yonuvchi suvlar bilan birga chiqadi chiqadi va jarlik soylarda oqimlar
ko`rinishida qotadi.
2.
Ruda konlari oksidlanish zonasining osti qismlarida metallarning oltingugurtli
birikmalari, asosan piritning parchalanishidan paydo bo`ladi.
3.
Cho`kindi gips qatlamlarining parchalanishi natijasida hosil bo`ladi. Ko`pincha
sof tug`ma oltingugurt gips bilan bir paragenezisda uchraydi, gipsning tarqalgan
joylarida u kristall va kukunsimon massalar bo`lib topiladi. Bunday yo`l bilan hosil
bo`lgan oltingugurtning ko`pgina massalari hozirgacha aniq emas.
4.
Cho`kish (bioximiyaviy) yo`li bilan orasida gips, qattiq va suyuq bitumlar
(asfalt, neft) va boshqalar bo`lgan qatlamlardan iborat rasmiy cho`kindi jinslarda hosil
bo`ladi. Bu tipdagi konlar yer sharida keng tarqalgan bo`lib, sanoat uchun katta
ahamiyatga egadir. Bunda sof tug`ma oltingugurtning asosiy massasi senergetik,
yani boshqa cho`kindilar bilan bir davrda paydo bo`lgan bo`lsa kerak. Shunga
qaramay ko`pincha oltingugurtning atrofdagi jinslar orasida epigenitek yo`l bilan
paydo bo`lganlari ham topiladi.
|