Sirli Pluton Lever`ening muvaffaqiyatidan ilhomlangan ingliz astronomi Forbs 1880 yildayoq,
Neptundan uzoqda ham Quyosh oilasining a`zolaridan bo`lishini gumon qilib, uning
o`rnini hisoblashga kirishdi. Murakkab hisoblashlar natijasida astronom noma`lum
sayyoraning o`rni tarozi yulduzlar turkumida yotishini aniqladi. Forbs bir necha
tunlarni uyqusiz o`tkazdi, osmonning bu soxasini rasmga oldi va tunda lupa bilan
fotoplastinkalardan, tashqi planetaning “avtog`rafi” ni tinim bilmay izladi. Biroq
barcha urinishlar foydasiz bo`lib chiqdi. Neptun ortidagi planeta ko`zga ilinmadi. U
bilan bir vaqtda bu ishga “bel bog`lagan” boshqa bir astronom Toddning urinishlari
ham natijasiz bo`lib chiqdi.
Nihoyat, bir necha yillik hisoblashlar natijasida olim noma`lum sayyoraning aniq
o`rnini topdi. Biroq olingan fotoplastinkalarda planeta Lovellga ham nasib qilmagan
ekan, u 1930 yili vafot etdi. Xuddi shu yili 13 martda Lovell observatoriyasining yosh
astronomi K. Tombo fotoplastinkada, transNeptunni ko`rdi va Lovellni hisoblagan
o`rnining naqadar katta aniqlikka ega ekanligiga ishonch hosil qildi. Afsus qiladigan
joyi shunda ediki, Lovell vafot etgach, u olgan fotog`rafiyalarni tekshirilganda,
ularning bir nechtasida Plutonni qayd qilganligi ma`lum bo`ldi. Aftidan, Lovell planeta
ravshan ko`rinishi kerak degan gumon bilan Pluton ko`z ilg`aydigan eng xira
yulduzlardan ham ming marta xira ravshanlikka ega. Uning orbitasi juda cho`zinchoq
ellips shaklida bo`lib, perigeliyni (Quyoshga eng Yaqin kelganda) Quyoshga
Neptundan ham Yaqinroq keladi, afeliyida (orbitasining Quyoshdan uzoqdagi
nuqtasida) Neptun orbitasidan salkam milliard kilometr nariga ketadi. Quyoshdan
o`rtacha uzoqligi esa 5,9 milliard kilometrni (39,5 astronomik birlik) tashkil etadi.
Agar bunday katta masofadan turib Quyoshga nazar tashlansa, u kichkina yorituvchi
nuqtaga aylanib, planeta sirtini, Yer sirtiga nisbatan 1600 marta kam yoritishi
hisoblashlardan aniq keladi. Temperaturasi minus 220 gradus atrofida, bu sayyoraning
fizik tabiati ham shu tufayli Yaxshi o`rganilmagan.
Plutonning diametri aniq o`lchami olinganicha yo`q, hisoblashlar u 3700
kilometrdan katta emasligini ko`rsatadi. Uning ravshanligi 6,4 kunlik davu bilan qarab
turadi va bu vaqt, planetaning aylanish davriga taxmin qilinadi,
Pluton atrofida topilgan yo`ldosh xaron, sayyoradan 18 - 20 ming kilometr uzoqda
turib, uning atrofida 6,4 kunda aylanib chiqadi. Olimlar uning diametrini 1200
kilometrdan kam emas deb baholashdi.
Hozirgi vaqtda olingan ma`lumotlar va Quyosh sistemasi tuzilishi haqidagi yangi
fikrlar sayyoralarning sonini 1 taga kamaytirishni taklif etdi. Bundan kelib chiqib
Plutonni asteroid deb hisoblash lozim.