1)
Yirik bo`lakli jinslar (psafitlar 2-200 mm). Silliqlanmagan bo`laklilar: katta
toshlar;
taqir toshlar, dresvalar; silliq bo`laklilar: valular (qo`la toshlar),
shag`allar, mayda shag`allar, konglomeratlar.
2)
Qumli jinslar (psamitlar) yoki o`rtacha bo`laklilar (0,1-2,0 mm) - qumlar,
qumtoshlar.
3)
Alevrolitlar (mayda bo`laklilar: 0,1-0,01mm), lyosslar, alevrolitlar, alevrolitli
slanetslar.
4)
Gili cho`kindi jinslar (pelitlar) 0,01 dan kichik – kolloid cho`kindilar va
zarrachasi 0,01mm kichik bo`lgan mayda bo`lak jinslardan tuzilgan. Gili
jinslarning mineralogik tarkibi: gidroslyudalar, kaolinit, montmorinonit,
beydellit va boshqalar.
Gillarning muhim xususiyatlariga ularning plastikligi, o`tga chidamliligi, namlikni
o`ziga ko`p shimishi, suv o`tkazmasligi va ko`pchishi,
tuproq suspenziya berish
qobiliyati kiradi. Zichlanish darajasiga qarab,
gili jinslar, gill, argillitka gili slanetslar
bo`ladi.
2.
Orgonogen va xemogen cho`kindi jinslar.
Orgonogen jinslar organizmlarining qattiq qoldiqlarining yig`ilishidan (ohak
toshlar, diatomitlar, torf va boshqalar); makro organizmlarning
hayot jarayoni vaqtida
hosil bo`lgan mahsulotlarning to`planishidan (temir va marganets rudalari) hosil
bo`ladilar.
Xemogen cho`kindi jinslarning hosil bo`lish sharoitlari.
1. Ximik nurash qoldiq maxsulotlarning yig`ilishi (qoldiq kaolinlar va boksitlar);
2. Haqiqiy toza eritmalardan kristallangan moddalarning cho`kishidan (tuzlar, gips,
angidrit, ohak toshlar, dolomit);
Dostları ilə paylaş: