QO`YIDA METOMORFIK TOG` JINSLARINI JADVALINI
KELTIRAMIZ.
Nomi
Tarkibi
Tuzilishi va tashqi ko`rinishi
1
2
3
Fillit
Seritsit, xlorit kvarts
Oqish, mayda donador, slanetslan-
gan yoki jim-jima teksturali jins.
Xlorit va seritsit tangachalaridan
iborat, kvarts yaxshi ko`rinmaydi.
Slyudali slanets Slyuda va kvarts, bazan
granat, disten, stavrolit,
grafit
O`rta yoki yirik donador, slanets-
langan
teksturali
jins
bo`lib,
kumush rangli slyuda tangacha-
laridan iborat, kvarts juda yomon
ko`rinadi, ba`zan pushti granat
uchraydi.
Ortoklazli
gneys
Kvarts, ortoklaz va biotit,
ba`zan, piroksen, rogo-
vaya obmanka va granat
uchrashi mumkin.
Slanetslashgan
yoki
massiv,
ko`pincha
lentasimon
(ko`zliga
o`tadigan) teksturali (kul rang yoki
sarg`ish jins).
Plagiokladli
gneys
Plagioklazlar kvarts,
piroksenlar, rogovaya
obmanka, biotit.
Slanetslashgan
yoki
massiv,
ko`pincha
lentasimon
(ko`zliga
o`tadigan) teksturali (kul rang yoki
sarg`ish jins).
Kvartsit
Kvarts
Massiv, mayda donador (ayrim
donasini ko`pincha ko`rib bo`l-
maydi), oq, pushti, oqish sariq
rangli (sinimi) yaltiroq jins.
Slyuda-kvartsli
slanets
Kvarts va slyuda (biotit
va muskovit).
Slanetslashgan
tekisliklari
shishadek yaltiraydigan slanets-
simon och rangli jins.
Marmar
Kaltsit, ba`zan dolomit va
moxanik aralashmalar
Qo`ng`ir, oq, kul rang, sariq qizil
rangli
kristallik
jins.
Ba`zan
qatlamchanlik
(rangida)
va
mollyuska chig`anoqlarining asari
saqlanib qoladi.
Yashil slanets
Xlorit aktinolit, epidot va
albit
Slanetslashgan teksturali, shoyidek
yaltiraydigan mayda donador yashil
jins.
Amfibolit
Yashil yoki qora amfibol
va
asosiy
plagioklaz,
kvarts bo`lishi mumkin.
Massiv yoki slanetslangan to`q
yashil qora rangli jins.
Zmeyevik
(serpentinit)
Serpentinlar, xromit va
magnetit
Yashil, har turli rangdagi (yashil,
sariq, qizil, oq, qora) hollari
bo`lgan, yuzasi oynadek silliq jins.
Xloritli slanets
Xlorit, ba`zan har xil
aralashmalar
Xloritning tangachasi yoki qatlamli
massasi.
Talkli slanets
Talk
Tangachali talk massasi.
Biotitli ragovik
Kvarts, biotit, magnetit,
ko`pincha
andaluzit,
granat
Kul rang, qo`ng`ir kul rang, ba`zan
pushti kul rang mayda donali zich
jins.
Amfibolli yoki
piroksenli
rogovik
Plagioklaz
amfibol
piroksen
To`q kul rang, yashil yoki qora
mayda donali jins.
Skarn
Granat, diopsid, plag-
ioklaz, epidot, aktinolit,
karbonat ruda minerallari.
Tashqi ko`rinishi qaysi mineralning
ko`pligiga qarab juda xilma-xil
bo`ladi.
NAZORAT SAVOLLARI
1. Metamorfik tog` jinslari qanday hosil bo`ladi?
2. Metamorfik jinslarning muhim jins yaratuvchi minerallariga qaysi minerallar kiradi?
3. Metamorfik jinslarni o`rganishdan maqsad va uning ahamiyati?
4. Tog` jinslari metamorfizmining sabablari?
|