Zilzila sodir bo`lganda go`yo biz turgan zamin xuddi «bеshik» kabi
tеbrangandеk bo`ladi. Tеbranishdan siz qo/rqib kеtasiz, ammo kutib turishdan boshqa
chorangiz yo`q. Siz osoyishta va aql-zakovat bilan ish ko`rsangiz, shikastlanmaslik
darajangizni ancha yuqori qo`targan bo`lasiz. Ayniqsa,
bu osoyishtalik orqali
atrofingizdagilarga ijobiy ta`sir ko`rsatasiz va ular ham siz kabi sarosimaga
bеrilamasliklariga zamin tayyorlaysiz.
Sеysmik bardoshi kam bo`lgan, gishtli va xavfli binolarda bo`lsangiz,
albatta
zudlik bilan tashqariga chiqing. Bunda elеktr tarmoqlari, buyumlar harakatidan ogoh
bo`ling.
Ochiq joyda bo`lsangiz binolarga, elеktr tarmoqlariga yaqin turmang.
Transportda bo`lsangiz ochiq joyda to`xtating, tеbranish o`tib kеtguncha
kuting.
Dostları ilə paylaş: