Neotektonikani akademik V.A.Obruchev (1863 - 1956) birinchi bo`lib
umumiy tektonika fanidan ajratishni taklif qilgan va buni asoslagan.
Er po`stining rivojlanish tarixi unda muttasil tektonik harakatlar bo`lib
turganligidan darak beradi. Bunday harakatlar tog`
jinsi qatlamlarining
yotish holatini, tuzilishini, relefini o`zgartiradi. Yer qatlamlaridagi,
ayniqsa yosh qatlamlardagi bunday o`zgarishlarni aniqlash, ularni o`rganish
muhim ahamiyatga egadir. CHunki ular hozirgi relef shakllarini hosil qilgan
bo`lib, neft, gaz, ko`mir kabi foydali qazilmalarni bashorat qilish va
qidirishda etakchi mezon hisoblanadi.
Neotektonik harakatlar kechgan joylarni bir necha xil usullar
yordamida aniqlash mumkin.
Tektonik harakatlar tufayli neogen, to`rtlamchi davr yotqiziqlarida
darz ketgan, bukilgan strukturalar hosil bo`lgan va balandliklarda qadimgi
tekislanish yuzalari kabi qoldiq relef shakllari uchraydigan joylar mavjud. Ana
shular tahlil qilinib, neotektonik harakatlarning tezligi va yo`nalishi, qanday
geologik strukturalarni hosil qilganligi hamda ularga relefning qanday
shakllari mos kelishi aniqlanadi.
To`rtlamchi davr yotqiziqlarning darz ketgan va uzilgan joylari
Qorjontovda, Norin daryosi vodiysida va boshqa joylarda uchraydi. Er
po`stining ko`tarilishi tufayli antropogen davri yotqiziqlari tog`larning 1800 -
2000 m mutlaq balandliklarida, ya`ni daryo o`zanidan 600-700 m tepada qolib
ketgan. Masalan, Pskom daryosi chap qirg`og`idagi
nanay supasi
(Q
1
)
bunga
misol bo`laoladi. Qadimgi tekisliklarning baland tog`
oralig`ida qolib ketishi
neotektonik harakat kechganligidan darak beradi. Masalan, CHotqol, Pskom
tog`lari orasidagi Maydontol (platosi) dengiz yuzasidan 2500 - 2800 m balandlikda
joylashgan.
Neotektonik va hozirgi zamon tektonik harakatlar vulkan otilishi, zilzila
harakatlarida namoyon bo`ladi (zilzila bobiga karang). To`rtlamchi
davrning boshlarida yer yorilishidan Afrikadagi Viktoriya va Tanganika
ko`llari, Qizil dengiz va O`lik dengizlar hosil bo`lgan. Rossiya hududidagi
Baykal ko`li ham antropogen davrida xosil bo`lgan deb hisoblanadi.
Neotektonik harakatlar tufayli hozirgi davrdagi quruqlik va okean
tublaridagi asosiy relef shakllari: tog`lar, tekisliklar, daryo vodiylari paydo
bo`lgan.
Dostları ilə paylaş: